Get Mystery Box with random crypto!

Ilyos Safarov

Telegram kanalining logotibi haqiqatdailyos — Ilyos Safarov I
Telegram kanalining logotibi haqiqatdailyos — Ilyos Safarov
Kanal manzili: @haqiqatdailyos
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 6.40K
Kanalning ta’rifi

Jurnalist Ilyos Safarovning rasmiy telegram sahifasi.

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 14

2022-08-02 10:24:19 Россиянинг собиқ президенти ва собиқ бош вазири, ҳозирда Россия Хавфсизлик кенгаши раиси ўринбосари ҳисобланган Дмитрий Медведевнинг «ВКонтакте»даги саҳифасида 2 августга ўтар кечаси СССРни қайта тиклашга бағишланган катта бир пост эълон қилинибди. Бу постда таъкидланишича, Россия Украинани бир ёқлик қилгач (бу довдирлар ҳали ҳам Украинани бир ёқлик қила олишига ишоняпти), «сарҳадлари ҳеч қаерда тугамайдиган Россиянинг чегараларини қайта тиклаш бўйича кейинги юриш»га киришаркан.

Медведевнинг каналида эълон қилинган постда ёзилишича, Россия таркибига қўшиб олинмагунича, Грузия деган давлат умуман бўлмаган экан — алоҳида таъкидланишича, 1801 йили ҳозирги Грузия ўрнида бешта суверен сиёсий тузилма (ҳатто давлат демаптие): Картли-Кахетия, Имеретия, Мегрелия, Гурия ва Сванетия деган князликлари бўлган ва улар Россия империяси таркибидагина ҳозирги Грузия кўринишига келган.

Қозоғистон эса, Медведевнинг саҳифасида қайд этилишича, «рус ерларида тузилган сунъий бир давлат» (Путин Украина ҳақида шу гапни айтишни яхши кўрарди, масалан); постни ёзганлар бу маълумотларни қаердан олган, билмадиму, лекин уларнинг фикрича, Қозоғистон расмийлари XXI асрда «республикадаги турли этник гуруҳларни кўчириш бўйича ташаббусларни амалга ошира бошлабди», буни «ўрисларга нисбатан геноцид» деб баҳолаш мумкин экан. Пост: «Биз бунга жим қараб тура олмаймиз. У ерга ўрислар бормагунича, тартиб бўлмайди», — деган гаплар билан тугаган.

Биринчидан, ўрисларга нисбатан жуда геноцид бўлмаса-да, бир бошқачароқ, номаъқулроқ назар айнан мана шунақа баёнотлардан кейин пайдо бўлади. Бунақанги баёнотлардан кўзланган мақсад ҳам шу аслида — ўрислар ҳеч қанақасига камситилмаётган бўлса-да, мана шундай провокациялар билан бирор байроқ қилгулик ҳодисани келтириб чиқариш, кейин, худди Украинада бўлгани каби, ўша ҳодисанинг видеосиними, аудиосиними ўз пропаганда каналлари орқали тарқатиб, «мана, ўрисларни оммавий қийнашяпти», деб жар солиш.

Иккинчидан, бу ҳали ҳам «Россиядан бизга хавф йўқ, чегарамиз йўқ-ку», деб хомхаёл қилиб юрганларга огоҳлик қўнғироғи. Нима деб ёзилганини кўряпсизми? Бешта князликни бирлаштириб, битта Грузия қилиб берган Россия бўлади, демоқчи. Атрофингизга, тарихингизга қараб кўринг — Грузия билан Бухоро, Хоразм ва Туркистон республикалари Ўзбекистонга айлантирилгани ўртасида параллел кўринмаяптими? Шу баҳона Ўзбекистонни ҳам «сунъий тузилган давлат» деб эълон қилиши ҳеч гап эмас бу босқинчиларнинг.

«Россиядан эҳтиёт бўлинг!» деган огоҳлик қўнғироғининг энг яхшиси ва энг жарангдорини Россиянинг тепасида турган ақлдан озганлар айтяпти. Бу огоҳлантиришни кўрмаслик, эшитмаслик, кўриб кўрмасликка, эшитиб эшитмасликка олиш — ўз жонига суиқасддан бошқа нарса эмас. Эҳтиётимизни қилайлик, эсимизни йиғайлик.

Дарвоқе, ўриспарастлар ва путинпарастлар сал енгилроқ нафас олиши учун бир сабаб бор — Медведевнинг саҳифасида эълон қилинган реваншистик кайфиятдаги бу пост 10 дақиқадан сўнг ўчириб ташланибди. Лекин нима бўлган ўзи — хакерлик ҳужумими ё муддатидан аввал эълон қилиб қўйилган баёнотми, бу ҳақда ҳозирча бирор изоҳ берилгани йўқ.
684 views07:24
Ochish/sharhlash
2022-08-01 17:21:13 «Davlat tili to‘g‘risida»gi qonunni qayta ko‘rmaslik bo‘yicha qaror qabul qilingan


Oliy Majlis qonunchilik palatasi «Davlat tili to‘g‘risida»gi qonunning yangi tahririni Qonunchilik palatasining bundan buyongi ko‘rib chiqishidan olib tashlash bo‘yicha qaror qabul qilgan.

Batafsil: https://kun.uz/94999347

@haqiqatdaIlyos
816 viewsedited  14:21
Ochish/sharhlash
2022-08-01 14:35:39 O'zbekistonda "Twitter", "WeChat" va "Vkontakte" ijtimoiy tarmoqlariga qo'yilgan cheklovlar olib tashlandi.

"TikTok" platformasi bilan muzokaralar davom etmoqda.
730 viewsedited  11:35
Ochish/sharhlash
2022-07-29 18:09:33 G'afur G'ulom bog'i yonidan o'tib ketyapman. O'rtoqlar, sizni bilmadim-u, men hali bitta attraksioniyam to'liq o'rnatilmagan bu bog'ning Senat aytganidek, sentabr oyida ochilishiga ishonmayapman.

Hudud haliyam urushdan keyingi holatni eslatib turibdi.

Mendagi bu ishonchsizlikka yana bir sabab bor. Esingizda bo'lsa, bog'ning ochilishi bo'yicha aytilayotgan muddatlar har safar o'zgarib qolmoqda.

Masalan, Chilonzor hokimligi shu yil fevralida aytgandi, bog'ni dam oluvchilar uchun yozda topshiramiz, deb. Mana endi sentabr deyilyapti.

O'zingniki o'zingnikilarni kiydirsa yomon.
1.0K viewsedited  15:09
Ochish/sharhlash
2022-07-28 08:15:08
Kun.uz'dagi hamkasbim, qalami o'tkir jurnalist, qadrdon opam Gulmira Toshniyozovaga biroz bemorlik yetibdi.

Opa, tezroq tuzalib chiqing, sizni hali mana bunday ajoyib stand up'lar kutyapti.

Suv toshqini bo'lishi shartmas (Sardoba hammamizga yetib ortadi), yonimizdagi Bo'rijar kanaliga tushib olaversangiz ham bo'ladi.
320 viewsedited  05:15
Ochish/sharhlash
2022-07-27 19:16:52
Bu muhtasham sahnada yakka turgan ayol - o‘zbekistonlik soprano Barno Ismatullaeva. U Avstriyadagi Bregenzer Festspiele festivalida namoyish qilingan "Madam Batterflyay" operasida bosh rol' - Chio-chio-san rolini ijro etdi. Bu festival suvda qalqib turadigan sahnalarda 1946 yildan beri o‘tkaziladi. Barno ijro etgan rolni esa opera yulduzlari orzu qiladi.

Ibrat Safo
728 views16:16
Ochish/sharhlash
2022-07-27 18:46:14 Kecha siz aziz o'quvchilar ishtirokida faoliyati jamoatchilikka umuman sezilmayotgan va yopib yuborilsayam birov sezib, birov sezmay qoladigan tashkilotni aniqlashga qaratilgan so'rovnoma o'tkazgandik.

Juda shaffof tarzda o'tgan shu so'rovnoma natijalarini ruхsatingiz bilan ma'lum qilib qo'ysam.

Qarangki, so'rovnomada faxrli birinchi o'rin Davlat tilini rivojlantirish departamentiga nasib etdi.

Telegram foydalanuvchilari mehrini chindan qozongan ekanmi, tashkilot murosasiz kurashlar yakunida deyarli 40 foizga yaqin ovoz oldi.

Ikkinchilik esa kichik farq bilan Monopoliyaga qarshi kurashish davlat qo'mitasiga nasib etdi.

Shu o'rinda so'rovnoma davom etarkan, tashkilot vakillari shirin so'z va tilaklari bilan meni qizg'in qo'llab turganini ham eslatib ketsam.

So'rovnomaning uchinchi va to'rtinchi o'rinlari uchun ham kun yakuniga qadar murosasiz kurash bordi. Ammo bu kurashda omad raqibidan ildamroq chiqqan, ko'proq ovoz yig'gan Ma'naviyat va marifat markaziga kulib boqdi.

Minhojiddin Mirzo yetakchiligidagi tashkilot kichik farq bilan Mahalla va Nuroniylar vazirligini ortda qoldirdi. Nuroniylarda charchoq sezildi shekilli-da.

Nimayam derdik, Til departamentining yangi rahbariyati ter to'kib ishlamoqda. Shapaloqlar bo'lsin.

Kuy qo'shiq, raqs, "paklon", guldasta, fotosessiya...

Nuqta qo'ymayman, so'rovnomamiz davom etadi
837 viewsedited  15:46
Ochish/sharhlash
2022-07-27 09:50:13 Qizlarning maktabga milliy ro‘molda kelishi man etilmaydi

Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidovning yagona maktab formasiga oid brifingdagi bayonotidan:

Birinchidan
, moslashuv jarayoni uchun ma'lum vaqt kerakligini inobatga olib, yagona maktab formasi 2025 yilga qadar bosqichma-bosqich joriy etib boriladi.

Ya'ni, yangi o‘quv yili 2022-yil sentyabr oyidan boshlab ota-onalar yagona formani xarid qilishiga majburiy talab qo‘yilmaydi va maktabga yagona formada kelmagan o‘quvchilarga nisbatan hech qanday e'tirozlar bildirilmaydi.

Ikkinchidan, milliy qadriyatlarimizdan kelib chiqib, o‘quvchi-qizlarimizning maktabga ochiq rangdagi milliy ro‘molni boshning orqa tomonidan o‘ragan holda kelishlari ma'n etilmaydi.

Uchinchidan, o‘quvchi-qizlarning liboslari, ya'ni yubka va kofta yenglarining uzunligi borasida ham ayrim tushunmovchiliklar bo‘lmoqda.

Ta'kidlash joiz, tasdiqlangan o‘lchamlarda eng minimal uzunlik belgilangan. Ya'ni o‘quvchi-qizlarning yubka va kofta yenglarining uzunligini uzaytirishga ruxsat beriladi, ammo belgilangan o‘lchamdan kalta bo‘lishi mumkin emas.

To‘rtinchidan, mahalliy hokimliklar tomonidan kam ta'minlangan oilalarga mahalliy byudjetning qo‘shimcha manbalari hamda “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan maktab formasini sotib olinishiga ko‘mak beriladi.

Shuningdek, ota-onalarimizga alohida ta'kidlab o‘tmoqchi edim, maktab formasini aynan biror tadbirkordan/korxonadan xarid qilish bo‘yicha maktab ma'muriyati tomonidan majbur etilmaydi va bunday holatga yo‘l qo‘yilmaydi.

Maktab formasi savdosi avgust oyidan boshlab har bir tuman va shahar markazlaridagi aholiga qulay joylar hamda maktab yarmarkalarida tashkil etiladi.

Xalq ta'limi vazirligi ota-onalar va o‘quvchilarning maktab formasi dizayni va sifati bo‘yicha har qanday takliflarini ko‘rib chiqishga va birgalikda yagona forma dizaynlarini takomillashtirib borishga tayyor ekanligini ma'lum qiladi.

Shu bilan birga hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlarda joriy o‘quv yilidan boshlab o‘qituvchilar uchun ham yagona forma joriy etilayotganligi haqida hech qanday asosga ega bo‘lmagan ma'lumotlar tarqalmoqda.

Xalq ta'limi vazirligi tomonidan o‘qituvchilar uchun bunday talab joriy etilmaganligini, bu oddiy “feyk” xabar ekanligini qat'iy ta'kidlab o‘tmoqchiman.

@haqiqatdaIlyos
4.5K viewsedited  06:50
Ochish/sharhlash
2022-07-27 08:46:17
Расмий баёнот
466 views05:46
Ochish/sharhlash
2022-07-26 21:58:02 Administratsiya rahbariga o'rinbosar bo'lgan Komil Allamjonov o'z bizneslaridan voz kechadimi?

Komil Allamjonov Prezident Administratsiyasi rahbariga o‘rinbosar etib tayinlandi.

U farmon chiqqan 26-iyul sanasidan e'tiboran Prezident administratsiyasida jamoatchilik fikrini o‘rganish va axborot siyosatiga mas'ul bo'ladi.

Allamjonovga kirishayotgan lavozimida omad tilayman. Eng muhimi, xalqimiz uchun manfaatli bo'lsin. Jamoatchilik kayfiyati haqida faqat haqqoniy ma'lumotlar kirib boraversin prezidentga. Tayinlov haqida bundan boshqa fikrim yo'q.

Ammo yangilikni o'qirkanman, menda boshqa tabiiy bir savol tug'ilmoqda: Xo'p, Allamjonov davlatning yuqori lavozimida ish boshlarkan, u shu paytga qadar o'zining yurituvida bo'lgan bizneslaridan voz kechadimi? Kechishga majburmi?

Hozircha Allamjonovga tegishliligini bilganim "Milliy TV" telekanali va Yagona imtihon markazlari bor. U bu tarmoqlarning o'ziga tegishli ekani haqida OAVga bergan qator intervyularida ham gapirgan.

Shu savol bo'yicha izlanarkanman, natijalar meni shu yil 26-may kuni Senat tasdig'idan o'tgan va hozir katta ehtimol bilan Prezident administratsiyasi kabinetlarida aylanayotgan hujjat – “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonuniga to'qnashtirdi.

Ma'lumot uchun, ushbu qonunda:

davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallash ochiq tanlov asosida amalga oshirilishi;

davlat fuqarolik xizmatchisi o‘zaro yaqin qarindoshlikda yoki quda tomondan qarindosh bo‘lgan shaxslarning aynan bitta davlat organi va tashkilotida birga xizmat qilishi mumkin emasligi;

pedagogik, ilmiy va ijodiy faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa faoliyat bilan, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga yo‘l qo‘yilmasligi;

Korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etgan shaxslar davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilinmasligi;

korrupsiya xavfi yuqori bo‘lgan lavozimlarni egallab turgan davlat fuqarolik xizmatchilarining majburiy rotatsiya qilinishi;

xizmat vakolatlarini boshqa shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab bajarish yoki bajarmaslik evaziga ulardan biron-bir mukofot, foyda yoki sovg‘alar olish qat'iy ta'qiqlanishi;

o‘z daromadlari hamda mol-mulki to‘g‘risida deklaratsiya taqdim etishi shartligi;

O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida hisobvaraqlar ochishga va ularga ega bo‘lishga, chet elda ko‘chmas mulkka va boshqa mol-mulkka egalik qilishga haqli emasligi;

odob-ahloq qoidalariga rioya etish shartligi;

davlat organining nufuzini tushirishga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlardan tiyilishi;

o‘z xizmat mavqeidan shaxsiy maqsadlarda foydalanmasligi;

davlat mulkidan faqat xizmat maqsadlarida foydalanishi shartligi kabi muhim normalar belgilab qo'yilmoqda.

Ammo qonunni hali prezident imzolagani yo'q. Davlat rahbari imzolamaguncha esa qonun rasman yuridik kuchga ega bo'lmaydi.

Demak, "Davlat fuqarolik xizmati to'g'risida"gi qonun prezident tomonidan imzolanmaguncha Komil Allamjonov o'z bizneslarini sotishga qonunan majbur emas, lekin imzolangan taqdirda, u shunga majbur bo'ladi.

Umuman, faqat Allamjonov keysida emas, O'zbekistondagi yuzlab boshqa holatlar misolida ham kutilayotgan shu qonunning tezroq qabul qilinishi davlat va jamiyat, shuningdek, boshqaruvdagi ochiqlikning ta'minlanishi uchun ham foydali ish bo'lardi.

@haqiqatdaIlyos
517 viewsedited  18:58
Ochish/sharhlash