Get Mystery Box with random crypto!

Kecha siz aziz o'quvchilar ishtirokida faoliyati jamoatchilikk | Ilyos Safarov

Kecha siz aziz o'quvchilar ishtirokida faoliyati jamoatchilikka umuman sezilmayotgan va yopib yuborilsayam birov sezib, birov sezmay qoladigan tashkilotni aniqlashga qaratilgan so'rovnoma o'tkazgandik.

Juda shaffof tarzda o'tgan shu so'rovnoma natijalarini ruхsatingiz bilan ma'lum qilib qo'ysam.

Qarangki, so'rovnomada faxrli birinchi o'rin Davlat tilini rivojlantirish departamentiga nasib etdi.

Telegram foydalanuvchilari mehrini chindan qozongan ekanmi, tashkilot murosasiz kurashlar yakunida deyarli 40 foizga yaqin ovoz oldi.

Ikkinchilik esa kichik farq bilan Monopoliyaga qarshi kurashish davlat qo'mitasiga nasib etdi.

Shu o'rinda so'rovnoma davom etarkan, tashkilot vakillari shirin so'z va tilaklari bilan meni qizg'in qo'llab turganini ham eslatib ketsam.

So'rovnomaning uchinchi va to'rtinchi o'rinlari uchun ham kun yakuniga qadar murosasiz kurash bordi. Ammo bu kurashda omad raqibidan ildamroq chiqqan, ko'proq ovoz yig'gan Ma'naviyat va marifat markaziga kulib boqdi.

Minhojiddin Mirzo yetakchiligidagi tashkilot kichik farq bilan Mahalla va Nuroniylar vazirligini ortda qoldirdi. Nuroniylarda charchoq sezildi shekilli-da.

Nimayam derdik, Til departamentining yangi rahbariyati ter to'kib ishlamoqda. Shapaloqlar bo'lsin.

Kuy qo'shiq, raqs, "paklon", guldasta, fotosessiya...

Nuqta qo'ymayman, so'rovnomamiz davom etadi