Get Mystery Box with random crypto!

Ilyos Safarov

Telegram kanalining logotibi haqiqatdailyos — Ilyos Safarov I
Telegram kanalining logotibi haqiqatdailyos — Ilyos Safarov
Kanal manzili: @haqiqatdailyos
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 6.40K
Kanalning ta’rifi

Jurnalist Ilyos Safarovning rasmiy telegram sahifasi.

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 13

2022-08-08 15:11:30
Xalq ta'limi vaziri Baxtiyor Saidov vazirlikka kelganidan 9 oy o'tib ilk bor matbuot anjumani o'tkazyapti.

Tadbirda vazirga:

1. Maktablarda o'quvchini testga emas, fikrlashga o'rgatish, jamiyatga tayyorlash borasida qanday rejasi, konsepsiyasi borligi;

2. O'zbekiston xalq ta'limi tizimini isloh qilishda qator davlatlar tajribasini o'rganayotgani va buning natijasini qachon ko'rishimiz mumkinligi borasida savol bilan yuzlandim.

Balki boshlovchining ha deb vaqt kam deyaverganidan javob uchun vaqt yetarli bo'lmagandir, lekin vazirning bergan javoblari meni umuman qoniqtirmadi.

Ta'limda eng yuqori lavozimdagi inson bilan suhbatdan keyin ta'lim borasidagi savollarim, xavotirlarim karrasiga oshdi. Boshimam g'uvillab ketdi.
2.5K viewsedited  12:11
Ochish/sharhlash
2022-08-08 11:19:56
Rasman: 2026-yilgi XLVI Butunjahon shaxmat olimpiadasi Oʻzbekistonda oʻtkaziladi.

Alisher Sa'dullayevning Shaxmat federatsiyasi raisligidagi faoliyati juda yorqin boshlandi. Davomiy bo'lsin.
935 viewsedited  08:19
Ochish/sharhlash
2022-08-08 06:30:43 Toshkentda daraxtlarga bo'layotgan munosabat haqida shahar hokimi bilan yarim soatcha gaplashdik.

Hokim savollarimga javob berarkan, Dubay haqida ko'p esladi. Dubayni bilasizmi, kimga yoqmaydi hozir bu shahar, degan savolni gap orasida bir necha marta takrorladi.

Sezdimki, Ortiqxo'jayev Toshkentni Dubaydek shahar bo'lishini istaydi. Ya'ni tabiati qanday bo'lmasin, lekin rivojlangan, baland binolari ko'p shahar.

Ammo u bir narsani esdan chiqargan ko'rinadi. Birlashgan Arab Amirliklari tabiiy geografik joylashuvi jihatidan yirik cho’l va sho‘rxok yerlardan iborat.  Mamlakat aholisi bu kabi tabiat va joylashuvni o'zlari tanlamagan. Lekin ular shu joylashuvda mamlakatni yashillashtirish, yashash uchun qulaylashtirishda davom etmoqda.

Toshkent esa Chirchiq daryosi vodiysining o'rta qismi va tog'oldi tekisliklarida joylashgan qulay iqlimli shahar (yaqin-yaqingacha ham shunday edi).

Xo'sh, biz shunday iqlimli shaharni avval Dubay kabi cho'lga aylantirib, keyin yashillashtirmoqchimizmi?

Qani mantiq?

@haqiqatdaIlyos
1.2K viewsedited  03:30
Ochish/sharhlash
2022-08-07 10:09:12 Daraxtlarga nisbatan navbatdagi varvarlik. Chilonzordan reportaj



Doimgidek, hokimlik yo‘lni kengaytirmoqchi ekanini shu yo‘lning haqiqiy egalari – shahar aholisi ishlar boshlanib bo‘lgandagina eshitdi. Rasmiylarning o‘zboshimchaligi yana qimmatga tushdi: agronomning aytishicha, ko‘p yillik daraxtlar sekin-asta o‘lishga mahkum. Voqeaga faollar munosabati, shahar hokimining aralashuvi, ikki eko-amaldorning bir-biriga zid bayonotlari – Kun.uz reportajida.





@haqiqatdaIlyos
1.1K viewsedited  07:09
Ochish/sharhlash
2022-08-05 16:14:18 Abiturientlarning saviyasini ko‘rib, yig‘ladim” — faollar maktab bitiruvchilarining bilim va dunyoqarashi haqida

Bir guruh faollar maktablarni bitirayotgan yoshlarning bilim darajasi, dunyoqarashi va siyosiy-geografik tasavvurlari qay darajada ekani borasidagi tanqidiy fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

https://kun.uz/57900035


@haqiqatdaIlyos
1.2K viewsedited  13:14
Ochish/sharhlash
2022-08-05 08:17:16
Entoni Giddensning "Sotsiologiya" darsligini qidiryapman. Sotish niyatidagilar bo'lsa, kelishilgan narxda sotib olaman.
748 viewsedited  05:17
Ochish/sharhlash
2022-08-04 20:11:45 Bugun Senatning navbatdagi yalpi majlisi o'tkazildi. Unda senatorlar 4 ta qonunni deputatlar qayta ishlashi uchun ortga qaytarib yubordi.

Holatni ayrim blogerlar Senat faoliyatida jonlanish kuzatilayotgani bilan izohlamoqda. Ammo meni bu kabi vaziyatlarda Senat chindan jonlandimi yoki ahamiyati kamroq qonunlarni OAV ko'zi uchungina ortga qaytaryaptimi, degan savol o'ylantirmoqda.

Kuzatishlarim bo'yicha, shu yil Senat tomonidan ortga qaytarilgan qonunlar ichida hukumatga keskin qarshi boradigan, katta qonunlar yo'q. Bu o'rganilishi, tahlil qilinishi kerak bo'lgan birinchi jihat.

Ikkinchidan, Senat ortga qaytargan har bir qonun uchun senatorlar va deputatlar ishtirokida kelishuv komissiyasi tuzilishi va qonundagi kamchiliklar birgalikda tuzatilishi kerak (to'g'ri, deputatlarda Senat tasdiqlamagan qonunini to'g'ridan-to'g'ri prezidentga yuborish imkoniyati ham bor, lekin bizning parlament bu kabi amaliyotni ko'rmasa kerak).

Shunday qilib, o'sha qaytarilgan har bir qonun uchun mana shunday yarashuv komissiyalari chindan tuzilayotganmikin? Ishlayotganmikin?

Uchinchidan, o'rganishlarim bo'yicha Senat ortga qaytarayotgan qonunlarning aksari Adliya vazirligi tashabbus qilgan qonunlar. Bu tasodifmikin? Yoki Senat va Adliya vazirligi o'rtasidan qachondir ola mushuk o'tdi-yu, men xabarsiz qoldimmi?

Kun davomida yozilgan xabarlar lentasiga bir-bir qarab chiqarkanman, shu kabi savollar o'ylantirib qo'ydi. Bu savollardan Senat faol bo'lmasin degan ma'no chiqmaydi. Aslo.
934 viewsedited  17:11
Ochish/sharhlash
2022-08-04 11:12:06
Lutfixonim Sarimsoqova, Halima Nosirova va Tamaraxonim. 1977-yil.

Yuriy Novikov to'plamidan.
898 viewsedited  08:12
Ochish/sharhlash
2022-08-02 15:39:56
Bortida AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi uchayotgan samolyot Tayvan tomon harakatlanishda davom etmoqda.

Ma'lumotlarga qaraganda uni 300.000 dan ortiq shaxslar jonli kuzatmoqda. Shu qatori bizam.


@haqiqatdaIlyos
1.1K viewsedited  12:39
Ochish/sharhlash
2022-08-02 15:34:44
Ijodiy jamoa bilan Amirsoy tog' kurortida.
1.0K views12:34
Ochish/sharhlash