Get Mystery Box with random crypto!

Ilyos Safarov

Telegram kanalining logotibi haqiqatdailyos — Ilyos Safarov I
Telegram kanalining logotibi haqiqatdailyos — Ilyos Safarov
Kanal manzili: @haqiqatdailyos
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 6.40K
Kanalning ta’rifi

Jurnalist Ilyos Safarovning rasmiy telegram sahifasi.

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 11

2022-08-20 16:28:15
Bolaligimda eshitgan ertaklar, ko'rgan multfilmlarim ta'siri shekilli, biror eski kutubxonadan oxirgi pulimga antiqa kitob sotib olaman-u, u kitob mutolaasi hayotimni butunlay o'zgartirib yuboradi, degan orzularga ishonch saqlanib qolgan.

Chilonzor yo'lida bugun kashf qilganim, eski kitoblar bozoridan orzumdagi antiqa kitobni topmagan bo'lsam-da, kitoblarga yaqinlik, bir necha o'n yillar avval o'qigan kitoblarimni yana varaqlab ko'rish zavqini topdim.

Kelib ko'rmaganlar bo'lsa, tavsiya qilaman.

@haqiqatdaIlyos
641 views13:28
Ochish/sharhlash
2022-08-20 15:45:36
Chilonzor yo'lidan uyga qaytyapman.

Ko'ryapmanki, yaqindagina noto'g'ri loyihalashtirish tufayli ildizlari kesilgan daraxtlar suv quyib parvarishlanmoqda.

Ammo shu emanlar bilan bog'liq mana bu holat meni xafa qildi. Unda allaqachon qurib qolgan emanni ko'rishingiz mumkin (shahar prokuraturasining qurilayotgan yangi binosi to'g'risida). Daraxtning qurib qolishiga uning ildizlari kesib tashlanishi sababmi yoki boshqa narsa, buni bilmayman.

Holatni Ekologiya qo'mitasi vakillari o'rganib ko'rishi kerak. Bu ularga keys bo'yicha birinchi signal.
637 views12:45
Ochish/sharhlash
2022-08-19 18:20:20
Endi menda ham akvarium va baliqchalar bor .

Asab va ko'zdagi charchoqlardan biroz bo'lsa-da, qutilish uchun akvarium, suv o'tlari va 15 dona baliq sotib oldim.

Birinchi kungi natija yomon emas, odam suvga, baliqlarga tikilib, chindan tinchlanadi, dam oladi.

Akvariumda baliq boqish bo'yicha tajribalaringizni bo'lishib tursangiz, xursand bo'laman. Masalan, hozir meni mustaqillik bayramiga uyga – Samarqandga ketsam, baliqchalarim 3-4 kunlik ochlikka chiday olarmikin yoki ularni qo'shnimning uyiga o'tkazib ketganim ma'qulmi, degan savol o'ylantiryapti.
843 viewsedited  15:20
Ochish/sharhlash
2022-08-17 16:49:10 — Vasiliy Vasiliyevich! Batalyondagi yigitlar zerikib qoldi. Shaharga bir o‘t qo‘yib kelmaymizmi?
— E hech narsa yoqmayapti, - dedim men.
—Bormaysizmi? Mayli, o‘zim boraman, “Nazarov Samarqandni yondirib kul qildi”, deyishsin.
Birozdan so‘ng shahar tomondan quyuq tutun ko‘tarildi. Nazarov aytganini qildi, shekilli.
....Kaufman hazratlari manavi ipirisqilarga qat'iyat qanaqa bo‘lishini ko‘rsatish maqsadida butun shaharni jazolash, hech kimga shafqat qilmaslik haqida buyruq beribdi.
Jazolovchi qo‘shin safida bo‘lgan bitta askar menga quyidagilarni gapirib berdi:
«Bir qancha askar bilan bitta hovliga bostirib kirdik. Hech kim yo‘q. Ayvonda bitta keksa kampir askarlarga “omon, omon” deb yolvorardi. Bu “shafqat qilinglar” degani shekilli. Qarasak uning yonidagi ko‘rpacha tagida nimadir qimirlayapti. Kampir qurmag‘ur 16 yoshli nevarasini yashirmoqchi bo‘lgan ekan. Albatta uni tortib chiqarib, peshonasidan darcha ochdik. Buvisini ham ortidan jo‘natdik, albatta!”
Askarlar do‘konlarni ham rosa talon-toroj qilishibdi. Ba'zilari yovvoyilarning do‘konlaridan olingan rang-barang choponlarni kiyvolib tomosha ko‘rsatishdi. Rosa tomosha bo‘ldi, bunaqa miriqib kulmagandim yaqin orada.

Etnografiya uchun qimmatli narsalarni ham bu askarlarning qo‘lidan arzimas chaqaga sotib olish mumkin edi. Essiz, yong‘in paytida juda ko‘p hunarmandchilik buyumlari, yog‘ochdan ishlangan o‘ymakorlik namunalari ham yonib ketibdi. Rosa ichim achishdi.

Nazarov, sakkiz kunlik qarshilik va yetkazilgan zarar uchun yovvoyi shaharliklardan ayovsiz o‘ch oldi. Ular orasidan Sherdor madrasasi minoralaridan chiqib, askarlarimizni rosa o‘qqa tutgan ifloslar ham bor edi. Bu la'natilar shunaqa mergan ekan-ku, qancha mard yigitlarimizni halok qilishdi.

“Yaramaslarning ko‘pini madrasaning ichida qirib tashladim!” deya maqtandi Nazarov. Shu masjidda bitta mulla bilan tanishib qolgandim. Garchi u ham boshqalar qatori bizga o‘q otganidan shubhalansam-da, negadir unga achingandek bo‘ldim. Shu madrasani to‘pga tutgan askarlardan biridan so‘radim:

-Ichkarida odam ko‘pmidi?

-Yo‘q, uncha ko‘pmasdi, lekin ko‘pini qo‘ldan chiqardik, suvarakdek qochishdi o‘ziyam.

“Balki chol o‘lmay qolgandir” deb o‘yladim o‘zimcha.

-Faqat bitta qari mulla xuddi mushukdek minora tepasiga qochib chiqdi, - dedi askar.

-Xo‘sh, xo‘sh?

-Orqasiga nayza tirab, minoradan itarvordik, tushgan joyida jon berdi.

-Obbo...

Nihoyat shahar ahlidan boplab o‘ch olgan Kaufman hazratlari qo‘rg‘onimizga tashrif buyurdi. Ofiserlar qurshovidagi muhtaram Konstantin Petrovich papiros chekkancha, shohona kursida savlat to‘kib o‘tirar va beparvolik bilan bir gapni qaytaradi:

“Bularni otish kerak, otish kerak, otish kerak!”...



V.V.Vereshagin, «Russkaya starina» jurnali, Sankt-Peterburg, 1888, № 9.



Rustam Iqbol tarjimasi.

@haqiqatdaIlyos
2.7K viewsedited  13:49
Ochish/sharhlash
2022-08-15 15:47:14 Samarqanddagi “Zarafshon” milliy tabiat bog‘i O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasidan Ekologiya qo‘mitasi qaramog'iga o‘tkazilgani haqida yozgandim.

Qaror bilan endilikda tabiat bog’i yonidan oqib o’tuvchi “Zarafshon” daryosida ishlayotgan karyerlar faoliyati ham tartibga keltiriladi.

Karyerlar ishi tartibga solinarkan, Samarqand viloyati hokimligi daryo bo’yida joylashgan va hozirga kelib o’rnida quruq yerning o’zi qolgan plyaj faoliyatini ham qayta tiklashi kerak.

Esimda, bundan 7-8 yillar avval ham shu plyaj yoz oylarida odamlar kelib cho’miladigan, qayiqlar yuradigan, atrofida hordiq chiqarish mumkin bo’lgan bir chiroyli manzili edi.

Menimcha, loyiha juda katta mablag’ ham talab qilmaydi. Tadbirkorlarga topshirilsa, ularning o'zi eplavoradi.

Bu bilan shuningdek, yana bir yangi sayyohlik yo‘nalishi, turizm manzili paydo bo’ladi.

Umid qilaman, taklifim Ekologiya qo’mitasi va Samarqand viloyati hokimligi e’tiboridan chetda qolmaydi.

Postga ilova etilgan surat aynan o'sha plyajniki emas. Qurib bitgan plyajning suratini qidirgandim, google shunga yaqinini chiqarib beroldi. Suratga olinmagan, olinsayam internetga joylanmagan shekillida.

@haqiqatdaIlyos
569 viewsedited  12:47
Ochish/sharhlash
2022-08-15 15:47:07
528 views12:47
Ochish/sharhlash
2022-08-15 15:03:40
Jahon banki mutaxassislari ishtirokida o'tgan tadbirlardan birida ishtirokchilarga shu ko'rinishdagi budilnik soatlar esdalik uchun tarqatilibdi.

Hamma narsadan mantiq izlaydigan men buni ham ramziy ma'nosi bor, deya tushundim.

Uxlayotgan millatni budilnik soatlar bilan turg'azishni o'ylashgandir balki. Bo'lishi mumkin-ku, a?
606 viewsedited  12:03
Ochish/sharhlash
2022-08-14 19:55:00 Ko'pchilik hurmat qilgan insonlar bugun ikki tomon, ikki qirg'oqqa o'tib, bir-birini haqoratlayapti.

Birinchi tomon e'tiqod erkinligining hurmat chegarasidan chiqqan, ikkinchi tomon qanchalik kulgili bo'lmasin, ilmni inkor qilishga urinyapti. 1+1=3 bo'ladi, deya dindor ekanini ko'rsatmoqchi bo'lyapti ba'zilar.

Tomonlar tutgan pozitsiyalarga to'xtalmayman, lekin aniqki, bahsni bir qismi ko'rib yozilayotgan haqoratli izoh va postlar shusiz ham tarqoq jamiyatimizni yanada tezroq parchalanish sari yetaklayapti.

Mahdudlikni to'xtatib, muhimroq mavzular muhokаmasiga o'tarmiz, balki.

Mamlakat boyliklarini o'g'ri, kazzoblar kemirayotgan, katta-katta qonunlar ayrim shaxslar mafaati uchun o'zgartirib yuborilayotgan, ta'lim bir ahvolda qolayotgan paytda yaxshimikin shu chalg'ish?!
894 viewsedited  16:55
Ochish/sharhlash
2022-08-11 20:32:04 Xavf ostidagi “Zarafshon” milliy tabiat bog‘i Ekoqo‘mita tizimiga o‘tkazildi

Samarqanddagi “Zarafshon” milliy tabiat bog‘i O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimidan Davlat ekologiya qo‘mitasi tizimiga o‘tkazildi. So‘nggi yillarda tabiat bog‘i hududida ayovsiz daraxt kesilishi va daryodagi o‘nlab kar'erlar faoliyati sabab hudud ekotizimi xavf ostida qolgan.

https://kun.uz/66914827

Va nihoyat.

@haqiqatdaIlyos
1.3K viewsedited  17:32
Ochish/sharhlash
2022-08-11 09:44:52 Respublika ta'lim markazi rahbari Shuhrat Sattorov yozyapti: – Kamdan-kam narsadan hayratlanaman. Ammo eng hayratlantiradigan holat bor - yig‘ilishdagilarning hammasi o‘zbek, lekin muhokama boshqa tilda. Ma'lumot uchun, 2022-yilning 10-11-avgust kunlari…
1.5K viewsedited  06:44
Ochish/sharhlash