Get Mystery Box with random crypto!

Ilyos Safarov

Telegram kanalining logotibi haqiqatdailyos — Ilyos Safarov I
Telegram kanalining logotibi haqiqatdailyos — Ilyos Safarov
Kanal manzili: @haqiqatdailyos
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 6.40K
Kanalning ta’rifi

Jurnalist Ilyos Safarovning rasmiy telegram sahifasi.

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 15

2022-07-26 12:43:34 O‘zbekistonda havo harorati keskin ko‘tarilib borarkan, odamlarda Gidrometeorologiya xizmati berayotgan ma'lumotlarga shubha bilan qarash kuchaygan.

Bu qarashlarga ko‘ra, O‘zbekistonda ayni kunlarda 50-60 daraja issiq harorat kuzatilyapti-yu, Gidrometeorologiya xizmati odamlarni xavotirga solmaslik uchun haroratni 5-6 daraja pastroq qilib ko‘rsatmoqda. Yoki hukumat shu orqali turli to‘lovlardan qochmoqda.

Xo‘sh, chindan ham Gidrometeorologiya xizmatining rasmiy ma'lumotlari haqiqiy haroratni pasaytirib ko‘rsatish orqali e'lon qilinadimi?





@haqiqatdaIlyos
974 viewsedited  09:43
Ochish/sharhlash
2022-07-26 05:55:50 Jamiyatshunos Dilsora Fozilova ozodlikka bergan intervyusidagi bir fikrida haq: davlat fuqarolarini yo maktab yo din tanlovi oldida qoldirmasligi kerak.

Ayrim manbalarga ko'ra, vazirlik bugun maktab formasi masalasida bayonot bilan chiqishi mumkin.

Umid qilamanki, hukumat va turli organlarimiz barcha fuqarolari uchun manfaatli bir qarorga kela olgan.
6.5K viewsedited  02:55
Ochish/sharhlash
2022-07-25 21:48:52 Toshkent shahar Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi poytaxtda ogohlantirilmagan tarzda bo'layotgan elektr uzilishlari uchun uzr so'rab chiqibdi.

Ammo men ekranga qarab o'qib berilgan bu bayonotga ham, uning samimiyligiga ham ishonmadim.

Adashmasam, har bir injener tarmoqlari loyihalashtirilayotganda unga bo'ladigan o'rtacha va maksimal yuklamalar hisobga olinishi kerak. Injenerlik loyihalari esa hech qachon o'rtacha quvvat bilan belgilanmaydi.

Unda doim maksimal zo'riqish, quvvat belgilanadi. Bunda o'rtacha va maksimal ko'rsatkichlar bir-biridan 50 foizgacha farq qiladi. Ammo bayonotni eshitsangiz, aytilayotgan ortib ketish foizi 20ga ham borayotgani yo'q.

Shuning uchun bu bayonotga umuman ishonmadim.

Bu yerda vazirlik hamma muammo ortiqcha elektrda emas, energetika sohasi uchun ajratilgan pullar butunlay noto'g'ri yo'nalishlarga sarflanganini tan olishi kerak (garchi bunga ishonmayman).

Masalan, sohaga ajratilgan pullar o'tgan yillar davomida elektr energiyasi ishlab chiqarishni ko'paytirishga emas, elektr hisoblagichlarni almashtiraverish kabi behuda ishlarga sarflangandek.

Buni nimaligini tushunish uchun so'nggi o'n yilda uyingizdagi elektr hisoblagichlarni necha marta almashtirishganini bir eslab ko'ring.

Shuningdek, so'nggi yillarda vazirlik tomonidan 60-70 -yillardan qolgan eski transformatorlarni yangilash o'rniga boshqa bir qator keraksiz loyihalarga ham qo'l urildiiki, bu umuman samara bermadi.

Bugungi holat ana shu noto'g'ri yuritilgan siyosatning natijasi bo'lyapti, nazarimda.

Chunki bir narsa aniq, agar elektr energiya bo'lsa, uni taqsimlash oson, bo'lmagan energiyani taqsimlash esa qiyin.
3.5K viewsedited  18:48
Ochish/sharhlash
2022-07-25 21:48:40
3.5K views18:48
Ochish/sharhlash
2022-07-25 20:07:07 Aytgancha, til mavzusida yana bir ma'lumot: Bir yil avval rosa qidirganimiz va senatorlar qayerdaligini eslolmagan "Davlat tili to'g'risida"gi qonunning yangi tahriri qayta ko'rilmaydigan qilib, qonunchilik palatasi arxiviga uloqtirilgan ekan. O'zi nogiron…
4.0K viewsedited  17:07
Ochish/sharhlash
2022-07-25 11:16:37
Gidrometeorologiya xizmati kunlik havo harorati bo'yicha aholiga yolg'on ma'lumot tarqatadimi?

Ko'chadagi harorat 50 bo'lganda, Gidromet ma'lumotlari nega 41-42 darajani ko'rsatadi?

Bu savollarga tez orada e'lon qiladigan reportajimiz orqali javob topasiz.

Hozir psixrometrik o'lchov qurilmasi yonida turib, shu reportaj uchun kadr, intervyular yig'yapmiz.

Havo esa yondiryapti
2.2K views08:16
Ochish/sharhlash
2022-07-24 17:55:02
Markaziy gazetalarning bugungi sharhi.
1.9K viewsedited  14:55
Ochish/sharhlash
2022-07-24 07:03:44 Esingizda bo'lsa, "Davlat tilida ish yuritishni ta’minlamaganlik uchun mansabdor shaxslarga javobgarlik belgilash to'g'risida"gi qonun loyihasi ham regulation.gov.uz'da joylashtirilgandi. 17095 edi raqami.

Qidirsam, shu loyihaning taqdiri "Davlat tili to'g'risida"gi qonunning yangi tahriri taqdiridan ham alamli tugagan ekan. Shunchaki bedarak yo'qolgan.
794 viewsedited  04:03
Ochish/sharhlash
2022-07-24 06:39:02 Aytgancha, til mavzusida yana bir ma'lumot:

Bir yil avval rosa qidirganimiz va senatorlar qayerdaligini eslolmagan "Davlat tili to'g'risida"gi qonunning yangi tahriri qayta ko'rilmaydigan qilib, qonunchilik palatasi arxiviga uloqtirilgan ekan.

O'zi nogiron tug'ilgandi, shundan ham qo'rqishibdi.

@haqiqatdaIlyos
859 viewsedited  03:39
Ochish/sharhlash
2022-07-24 06:24:17 Madaniyatning oliy belgisi – elita prezidentga tabrigini tarmoqlar orqali rus tilida bosyapti.

O'zbekchalab muborak bo'lsin desa, prezident xafa bo'lib qolarmikin yoki tabrik yetib bormaydimi?
861 viewsedited  03:24
Ochish/sharhlash