Get Mystery Box with random crypto!

Xalq ta'limi vaziri Baxtiyor Saidov vazirlikka kelganidan 9 o | Ilyos Safarov

Xalq ta'limi vaziri Baxtiyor Saidov vazirlikka kelganidan 9 oy o'tib ilk bor matbuot anjumani o'tkazyapti.

Tadbirda vazirga:

1. Maktablarda o'quvchini testga emas, fikrlashga o'rgatish, jamiyatga tayyorlash borasida qanday rejasi, konsepsiyasi borligi;

2. O'zbekiston xalq ta'limi tizimini isloh qilishda qator davlatlar tajribasini o'rganayotgani va buning natijasini qachon ko'rishimiz mumkinligi borasida savol bilan yuzlandim.

Balki boshlovchining ha deb vaqt kam deyaverganidan javob uchun vaqt yetarli bo'lmagandir, lekin vazirning bergan javoblari meni umuman qoniqtirmadi.

Ta'limda eng yuqori lavozimdagi inson bilan suhbatdan keyin ta'lim borasidagi savollarim, xavotirlarim karrasiga oshdi. Boshimam g'uvillab ketdi.