Get Mystery Box with random crypto!

Toshkentda daraxtlarga bo'layotgan munosabat haqida shahar hok | Ilyos Safarov

Toshkentda daraxtlarga bo'layotgan munosabat haqida shahar hokimi bilan yarim soatcha gaplashdik.

Hokim savollarimga javob berarkan, Dubay haqida ko'p esladi. Dubayni bilasizmi, kimga yoqmaydi hozir bu shahar, degan savolni gap orasida bir necha marta takrorladi.

Sezdimki, Ortiqxo'jayev Toshkentni Dubaydek shahar bo'lishini istaydi. Ya'ni tabiati qanday bo'lmasin, lekin rivojlangan, baland binolari ko'p shahar.

Ammo u bir narsani esdan chiqargan ko'rinadi. Birlashgan Arab Amirliklari tabiiy geografik joylashuvi jihatidan yirik cho’l va sho‘rxok yerlardan iborat.  Mamlakat aholisi bu kabi tabiat va joylashuvni o'zlari tanlamagan. Lekin ular shu joylashuvda mamlakatni yashillashtirish, yashash uchun qulaylashtirishda davom etmoqda.

Toshkent esa Chirchiq daryosi vodiysining o'rta qismi va tog'oldi tekisliklarida joylashgan qulay iqlimli shahar (yaqin-yaqingacha ham shunday edi).

Xo'sh, biz shunday iqlimli shaharni avval Dubay kabi cho'lga aylantirib, keyin yashillashtirmoqchimizmi?

Qani mantiq?

@haqiqatdaIlyos