Get Mystery Box with random crypto!

Hujjat topshirish jarayonlari

Telegram kanalining logotibi grantlar_namuna — Hujjat topshirish jarayonlari H
Kanaldagi mavzular:
Natija
Telegram kanalining logotibi grantlar_namuna — Hujjat topshirish jarayonlari
Kanaldagi mavzular:
Natija
Kanal manzili: @grantlar_namuna
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 23.65K
Kanalning ta’rifi

🌍 Chet el oliygohlariga hujjat topshirgan o'zbekistonliklardan maslahat, ma'lumot va hujjat namunalari
✅ Murojaat uchun: @GN_Murojaat_bot
👉 Hamkor kanal: @grantlar
Reklama: @gn_work

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 27

2023-03-03 19:01:00 ​​#bepul_oliygohlar

Bugun Germaniyada joylashgan oʻqish bepul boʻlgan oliygohlardan biri – Technical University of Munich (TUM) haqida maʼlumot beramiz.

TUM nafaqat Germaniyadagi, balki butun dunyodagi eng nufuzli universitetlardan biri hisoblanadi. Jumladan, TUM QS reytingi boʻyicha 2023-yil mart oyi holatiga koʻra dunyoning eng yaxshi oliygohlari roʻyxatida 50-oʻrinni band etib turibdi.

Universitetda bakalavr, magistratura yoki doktorantura bosqichida nemis yoki ingliz tilida tahsil olish mumkin.

Xarajatlar

– Universitetdagi barcha bosqich talabalari uchun aksariyat yoʻnalishlarda oʻqish – bepul, yaʼni kontrakt summasi (tuition fee) toʻlanmaydi.

– Faqat Executive Master's Programs (Rahbar kadrlar uchun magistratura dasturlari)ning 3 tasi uchun kontrakt summasi undiriladi (yiliga 39 ming yevro).

– Qolgan dasturlar uchun kontrakt summasi undirilmasa-da, qaysi kampusda joylashganida qarab har semestr 62 yevrodan 152 yevro 30 sentgacha semestr toʻlovi toʻlanadi (keyingi yillarda bir oz oʻzgarishi mumkin). Yaʼni dunyoning eng nufuzli universitetlaridan biri boʻlgan TUMda siz bir yilga atigi 124-304,6 yevro toʻlab oʻqishingiz mumkin.

– Shuningdek, TUMning Singapurda joylashgan TUM Asia filialida oʻqitiladigan baʼzi dasturlar uchun ham kontrakt toʻlanadi.

Yoʻnalishlar

Bakalavr
bosqichi uchun jami 48 ta yoʻnalish bor. Shulardan 6 tasi ingliz tilida oʻqitiladi. Bular:
– Aerospace
– Chemical Engineering
– Electronics and Data Engineering
– Management and Technology (TUM-BWL)
– Management and Technology
– Sustainable Management and Technology

Barcha bakalavriat yoʻnalishlari bilan BU YERDA tanishing.

Magistraturada jami 103 ta yoʻnalish mavjud. Shulardan 65 tasi ingliz tilida oʻqitiladi.
Ingliz tilidagi yoʻnalishlar

Doktorantura bosqichida tadqiqot olib borishni xohlovchilar uchun 4 xil doktorantura dasturlari taklif etiladi va ularning barchasida oʻqish mutlaqo bepul. Ular bilan BU YERDA tanishing.

Doktoranturada ingliz tilida ham, nemis tilida ham oʻqish mumkin.

Talablar

Talablar nihoyatda uzun boʻlgani uchun faqat til talablariga toʻxtalib, qolgan talablarga havola beramiz:
– Ingliz tilidagi bakalavr kurslari uchun ham, magistratura kurslari uchun ham kamida IELTS 6.5 yoki unga teng boʻlgan boshqa xalqaro sertifikat talab etiladi. BATAFSIL

– Nemis tilidagi bakalavr kurslari uchun ham, magistratura kurslari uchun ham kamida Goethe Certificate B2 yoki TestDaF (barcha boʻlimlarda 4-daraja boʻlishi kerak) yoki ularga teng boʻlgan sertifikat talab etiladi. BATAFSIL

– Doktorantura uchun aniq til talablari belgilanmagan. Lekin doktorant tadqiqoti davomida ilmiy rahbari bilan ravon suhbatlasha oladigan darajada yo nemis, yo ingliz tilini bilishi kerak.

Qabul jarayoni

– Bakalavriatga
arizalar har yili oʻqishni qishki semestrda boshlash uchun 15-maydan 15-iyulgacha va yozgi semestr uchun noyabr yoki dekabr oyidan 15-yanvargacha qabul qilinadi. Qabul tartibi va jarayoni bilan BU YERDA tanishing.

– Magistratura dasturlari uchun umumiy qabul sanalari mavjud emas. Chunki qabul sanalari yoʻnalishga qarab farq qilishi mumkin. Qabul sanalarini bilish uchun BU YERGA kirib, kerakli yoʻnalishni tanlab, qabul sanasini koʻring. Shunda ham qabul sanasini aniq bila olmasangiz, tanlagan yoʻnalishingiz kafedrasiga qabul qachon boʻlishini soʻrab email yozishingiz mumkin.

– Doktoranturaga qabul yil boʻyi davom etadi. Doktorantura uchun talablar va qabul jarayoni bilan BU YERDA tanishing.

Savolim bor edi, sizlardan soʻrasam boʻladimi?

Afsuski, bu borada alohida savollarga javob bera olmaymiz. Universitet saytida barcha maʼlumotlar berilgan. Savollaringiz boʻlsa, saytga kirib, mustaqil javob topishingiz mumkin.

@grantlar_namuna
2.8K viewsedited  16:01
Ochish/sharhlash
2023-03-03 17:01:00
Koreya davalatining TOP universitetlariga topshirmoqchi bo'lgan talabalar

Diqqat!

TOP
universitetlarga qabullar davom etmoqda. Bizning Korea Forever agentiligimiz sizga quyidagi xizmatlarni taqdim etadi

Koreya da oliy ta'lim
Barcha yo'nalishlar
O'qishga kirish kafolati
Grantlar va stipendiyalar

Mart oyining oxirigacha 50% chegirma bilan hujjat topshiring!

Qo'shimcha ma’lumot:
+998990435056 | Online
+998949598210 | Online
TELEGRAM

Murojaat uchun: +998946756515

Kanal: https://t.me/KOREA_FOREVERUZ
3.4K views14:01
Ochish/sharhlash
2023-03-03 10:45:12
#foydali

Toshkentdagi rasmiy EducationUSA markazi AQSHda oʻqish uchun muvaffaqiyatli ariza topshirish boʻyicha bepul maslahat xizmatini taklif qiladi.

Bu xizmatdan onlayn yoki oflayn formatda foydalanish mumkin.

Xizmatdan foydalanish uchun oldindan roʻyxatdan oʻtish lozim.

Yodda tuting:
onlayn maslahat uchun kamida 2 kun oldin;
oflayn maslahat uchun kamida 1 hafta oldin roʻyxatdan oʻtilishi kerak.

Kimlar foydalanishi mumkin?

Bu xizmatdan maktabning yuqori sinf oʻquvchilari, kollej/litsey oʻquvchilari, universitet talabalari, ota-onalar, taʼlim muassasasi rasmiylari va boshqalar foydalanishi mumkin.

Aynan nimalar boʻyicha maslahat olish mumkin?

Bakalavriat, magistratura, PhD, ingliz tili dasturlari va boshqa taʼlim dasturlariga muvaffaqiyatli ariza topshirish boʻyicha maslahat olishingiz mumkin.

Maslahat olish uchun arizani BU YERDA toʻldirishingiz kerak.

Roʻyxatdan oʻtilganidan keyin sizga maslahat xizmati uchrashuvi haqidagi maʼlumotlar berilgan tasdiq emaili yuboriladi.

@grantlar_namuna
14.3K viewsedited  07:45
Ochish/sharhlash
2023-03-02 17:02:00 Germaniyada talaba sifatida ishlash, ish vaqti, oylik maosh va xarajatlar haqida

Germaniya — o'qish uchun eng yaxshi mamlakatlardan biri. Oliy ta'lim deyarli bepul bo'libgina qolmasdan, talabalarga o'qish bilan birga ishlashga ham ruxsat etilgan. Ushbu postimizda Germaniyada talaba sifatida ishlash bo'yicha ko'p beriladigan savollarga javob beramiz.

1. Germaniyada o'qish bilan birga ishlash imkoniyati mavjudmi?
— Ha, mumkin, ammo ish soatlarida cheklovlar mavjud. Bakalavr va magistr talabalari haftasiga (part-time) 20 soat ishlay oladi. Ta'til vaqtlari esa haftasiga 40 soatgacha ishlashlari mumkin. Lekin taʼtil vaqtida toʻliq 40 soat ishlagan taqdirda ham, bir yildagi umumiy toʻliq ish kuni 120 kundan (part-time ish kuni 240 kundan) oshib ketmasligi kerak.

2. Germaniyada talaba sifatida ishlab qancha pul topish mumkin?
— Germaniyada eng kam ish haqi 2023-yilgi statistikaga ko'ra, soatiga 9.60 yevro atrofida. Xalqaro talabalar ishlab topishi mumkin bo'lgan pul miqdori ularning malakasi, tajribasi va bajaradigan ish turiga, qolaversa, ishlaydigan hududiga qarab soatiga 9-20 yevrogacha bo'lishi mumkin. Oyiga esa 450 yevrodan 1300 yevrogacha pul topishlari mumkin bo'lsa-da, bu miqdor 850 yevrodan oshib ketmasligi tavsiya etiladi. Chunki talaba yiliga 10.908 yevrodan ortiq pul ishlasa, davlatga daromad solig'i to'lashi kerak.

3. Talabalar uchun qanday ish o'rinlari mavjud?
— Germaniyada deyarli barcha talabalar uchun ish o'rinlari topiladi. Ba'zi hollarda talabalar oddiy ishchilardan ham yaxshiroq pul topishlari mumkin. Bu talabalaning til bilish darajasi va ishlash layoqatiga bog'liq. Oddiy talaba sifatida esa boshlanishiga o'z yo'nalishiga aloqador sohada amaliyotchi bo'lib ishlashi yoki umuman, oftisiant, barmen, oshxonalarda yordamchi; xonadon yoki bog' (tomorqa) ishlarida yordamchi; yuk tashuvchi sifatida ham ishlab maosh olishi mumkin.

4. Germaniyada qanday ish topsa bo'ladi?
— Har qanday davlatda ish topishning eng oson va ishonchli usuli bu networking (tanish-bilish) orqali ish topish hisoblanadi. Bunda o'zingiz birga yashaydigan yoki o'qiydigan kursdoshingiz va do'stlaringizdan so'rab, ular bilan birga ishlashingiz mumkin. Bundan tashqari, onlayn ish topish imkoniyati ham mavjud, bunda sizga stellenwerk.de, appjobs yoki Young Capital saytlari orqali ham o'zingizga mos bo'lgan ish o'rinlarini topishingiz mumkin bo'ladi.

5. Germaniyada talaba qancha miqdorda sarf-xarajat qiladi?
— Sarf xarajatlar, odatda, talabalaning ehtiyojlariga bog'liq. O'qish kontrakti bepul bo'lgan taqdirda, turar joy uchun oyiga taxminan 300 yevrodan ko'proq sarflashlari mumkin. Yashash xarajatlari Yevropaning boshqa davlatlariga qaraganda arzonroq, ya'ni talaba uchun 900 yevro o'rtacha xarajatlarni qoplash uchun yetarli bo'lishi mumkin.

@grantlar_namuna
4.1K viewsedited  14:02
Ochish/sharhlash
2023-03-01 17:01:00 ​​#bepul_oliygohlar

Dunyoda oʻqish bepul boʻlgan bir qancha oliygohlar bor. Bugun shulardan biri – AQSHda joylashgan va musiqa sohasiga ixtisoslashgan Curtis Institute of Music haqida maʼlumot beramiz.

Xarajatlar

– Mazkur oliygohga qabul qilingan barcha talabalar – bakalavrlar ham, magistrlar ham va boshqa kurs talabalari ham kontrakt (tuition fee) toʻlamaydi.

– Lekin barcha talabalar oliygohdagi kitoblar va boshqa oʻquv materiallari uchun 1750 AQSH dollari miqdoridagi toʻlovni (Comprehensive Fee) amalga oshirishi kerak.

– Shuningdek, talaba yashash, sugʻurta xarajatlari kabi boshqa xarajatlarni oʻzi qoplashi kerak.

Talablar

Bakalavriat, magistratura, diplom kurslari va boshqa dasturlarda nomzod uchun qoʻyilgan alohida talablar mavjud.

Bakalavriat uchun xorijlik talabalar quyidagi koʻrsatkichlarga ega boʻlishi kerak:
– Kamida TOEFL sertifikat: 550 (yozma imtihon) yoki TOEFL iBT: 79-80 yoxud IELTS 6.5;
– Shuningdek, SAT sertifikatiga ega boʻlish tavsiya etiladi (majburiy emas)

Magistratura uchun:
– Musiqa sohasidagi bakalavrlik diplomi yoki unga teng daraja;
– TOEFL iBT: 79-80.

Curtis Institute of Music IELTS sertifikatini qabul qilmaydi. Faqat TOEFL qabul qilinadi.

Qolgan talablar bilan BU YERDA tanishing.

Qabul jarayoni

Qabul jarayoni va topshirilishi kerak boʻlgan hujjatlar bilan BU YERDA tanishing.

Yoʻnalishlar

Oliygohda Pianino, Organ, Torli musiqa asboblari, Gitara, Musiqa yozish kabi koʻplab yoʻnalishlar mavjud. Barcha yoʻnalishlar bilan BU YERDA tanishing.

Ariza toʻlovi

Mazkur oliygohga ariza topshirish pulli. 2023-yil mart oyi holatiga koʻra, nomzodlar ariza topshirish uchun 150 dollar toʻlov qilishi kerak.

Shuningdek, keyingi bosqichga oʻtganlarni saralash uchun ham turli badallar undiriladi. Ular bilan toʻliq tanishish uchun BU YERGA kirib, “Application Fees” boʻlimini bosing.

Qabul qachon?

Arizalar qabuli har yili kuz faslining boshida boshlanib, dekabr oyi oʻrtalarida yakunlanadi. Qabul boshlanganda oliygoh saytida bu haqida eʼlon qilinadi.

Savolim bor edi, sizlardan soʻrasam boʻladimi?

Afsuski, bu borada alohida savollarga javob bera olmaymiz. Universitet saytida barcha maʼlumotlar berilgan. Savollaringiz boʻlsa, saytga kirib, mustaqil javob topishingiz mumkin.

@grantlar_namuna
2.2K viewsedited  14:01
Ochish/sharhlash
2023-03-01 14:01:00 Oʻqish bepul universitetlar haqidagi maʼlumotlar yangilanadi

Balki xabaringiz bordi, kanalimizga bir qancha oʻqish bepul universitetlar haqida maʼlumotlar joylaganmiz.

Lekin ularning ayrimlari 1 yil, ayrimlari 2 yil avval joylangan. Shu sababli, bu maʼlumotlarni yangilash talab etiladi.

Hatto ayrim oʻqish bepul universitetlar 2023-yil kuzidan boshlab muayyan toifaga kiruvchi xorijlik talabalardan kontrakt summasini undirish masalasini ham koʻrib chiqmoqda.

Shundan kelib chiqib, oʻqish bepul universitetlar haqidagi maʼlumotlarni yangilab, qaytadan kanalga joylab boramiz.

Eslatma: Oʻqish bepul universitetlarda oʻqish yetib boʻlmas darajadagi orzu emas. Bunday universitetlarda koʻplab oʻzbek talabalar oʻqigan va oʻqimoqda. Ularning ayrimlari bilan qilingan suhbatlarni BU YERDAN topasiz.

@grantlar_namuna
3.3K views11:01
Ochish/sharhlash
2023-02-28 17:31:00 Toshkentdagi Amerika Markazi tomonidan 5 kunlik “TоT” (Traning of Traines) dasturi Qarshi shahrida!

Amerika Markazi tomonidan tashkil qilinuvchi WomanUP klubi trenerlar uchun maxsus tayyorgarlik mashg’uloti o'tkazish maqsadida Qarshi shahriga tashrif buyurmoqda. 5 kunlik qizg'in mashg'ulotlar davomida ishtirokchilar ayollarning muammolari, dunyoqarashi, nizoli holatlarni hal qilish hamda muhokamalar o'tkazishga qaratilgan uslublarni o’rganishlari mumkin.

Dastur talablari:
— Ariza topshirayotgan vaqtda 18-25 yosh bo’lishi.
— Hozirda Qarshi shahrida istiqomat qilishi.
— Ingliz tilini yetarlicha bilishi.
— 14-18-mart kunlari oflayn (yuzma-yuz) treningda ishtirok eta olishi lozim.

Ariza topshirish uchun: https://forms.gle/KPemEHfXvpZnQube8

Qabul muddati: 2023-yil 6-mart, soat 23:59 gacha.

Loyiha WomenUp trenerlarini kashf qilish uchun tashkil etimoqda. Savollarga aniq fakt va detallar bilan yetakchilik qobiliyatingizni namoyon qilgan holda batafsil javob berishga harakat qiling.

Dasturga nomzodlar saralanayotganda til bilish darajasi hisobga olinadi, chunki klub mashg'ulotlari asosan ingliz tilida o'tkaziladi. Eng yaxshi asoslab berilgan va keng qamrovli javob egalari tanlab olinadi.

Dastur o'tkazilish joyi: Qarshi shahridagi “Amerika Burchagi”.

Dastur bilan bog'liq qo'shimcha murojaatlar uchun: womanupact@gmail.com

@grantlar_namuna
2.9K viewsedited  14:31
Ochish/sharhlash
2023-02-28 16:31:02
BARCHA TURAR JOY IZLAB YURGAN TALABALAR DIQQATIGA

STARS International University Toshkentda o‘zining PREMIUM CLASS Talabalar Turar Joyini (TTJ) barcha davlat, nodavlat va xalqaro oliy ta‘lim muassasalarida tahsil oluvchi Talabalarga taklif qiladi

TTJ da quyidagi qulayliklar mavjud:

Dam olish hududi + PlayStation 5
Shaxsiy Smart TV + 3000 dan ortiq kanallar, 2000dan ortiq filmlar
(quloqchinlari bilan)
500 mb/s tezlikdagi bepul WI-FI
Shaxsiy javonlar - 2 tadan
Shaxsiy elektron kalit - 2 tadan
Zamonaviy hojatxonalar
Zamonaviy alohida yuvinish xonalari
24/7 issiq va sovuq suv
Muzlatgichlar
Mikroto'lqinli pechlar
Kir yuvish mashinalari
Ibodat uchun xona
24/7 to‘xtovsiz elektr energiyasi (shaxsiy generator)

Bundan tashqari, talabalarning kiyimlari va choyshablari TTJ xodimlari tomonidan BEPUL yuviladi va dazmol qilib beriladi!

Talabalarning shaxsiy mulklari xavfsizliklari uchun video kuzatuv hamda yong'inga qarshi tizim o'rnatilgan.

STARS TTJ Toshkent shahrida eng qulay lokatsiyada ya'ni, Buyuk Ipak Yo'li metrosining chorrahasidan 250metr masofada joylashgan!

Boshqa davlat, nodavlat
va xorijiy OTM-larida tahsil oluvchi talabalar uchun 1 oylik Talabalar Turar Joy to’lovi:

Kunduzgi / Kechki : 1 mln so‘m
Sirtqi : 1 mln 100 ming so‘m

Bu to’lovlar yuqorida sanab o’tilgan barcha qulayliklarni o’z ichiga oladi

Shoshiling!

Joylar soni cheklangan!

Ro’yxatdan o’tish uchun havola

Manzil

Qo‘shimcha savollar uchun
+998942590080

Telegram Instagram | Facebook | YouTube | stars.university.uz
2.6K views13:31
Ochish/sharhlash
2023-02-27 10:36:09 Tavsiyanoma yozish haqida kerakli ma'lumotlar

Har bir xalqaro grant dasturga yoki universitetga ariza topshirayotganda so'raladigan hujjatlardan biri tavsiyanoma — recommendation letter hisoblanadi. Odatda nomzoddan kamida bitta, ko'p hollarda 2 yoki 3 ta tavsiyanoma topshirish talab etiladi.

Tavsiyanoma kim tomonidan yoziladi?
Tavsiyanomalar nomzodni yaxshi biluvchi, kamida 6 oydan beri taniydigan, uning ilmiy va akademik yutuqlaridan xabardor shaxs tomonidan yoziladi. Grant dasturlari uchun tavsiyanomalar nomzodning ilmiy rahbari, fan o'qituvchisi yoki universitetdagi boshqa ilmiy xodim tomonidan yozilgani maqsadga muvofiq. Ilmiy darajasi yuqori professorlardan tavsiyanoma olish tavsiya etiladi. Ayrim hollarda, magistratura va undan keyingi dasturlar uchun ish joyidan tavsiya xati olinishi so’ralishi mumkin. Bu haqida dastur talabida alohida aytib o’tiladi.

Shuningdek, vaziyatga qarab, tavsiyanoma ish beruvchi tomonidan ham berilishi mumkin.

Tavsiyanomalar odatda quyidagi ma'lumotlarni o'z ichiga oladi (ayrim hollarda bundan biroz farq qilishi mumkin):
1. Tavsiya beruvchi shaxs kimligi va uning tavsiya qilinuvchi nomzod bilan aloqadorligi;
2. Nomzodning ilmiy va akademik yutuqlari;
3. Nomzodning darsdan tashqari faoliyati, ijtimoiy faolligi;
4. Nomzodning shaxsiy xislatlari, fe'l-atvori, harakatchanligi va qat'iyatliligi.
5. Boshqa muhim yoki grant beruvchi tashkilot tomonidan soʻralgan jihatlar.

Nomzodning ushbu dastur uchun munosibligi batafsil ta'kidlanishi, qolaversa, har bir jihat haqida gapriliyatoganda misollar bilan aniq ma'lumotlar berilishi lozim.

Xat so'nggida tavsiyanoma yozuvchining kontakt ma'lumotlari berilgan holda, nomzod haqida qo'shimcha savollar bo'lsa, bemalol murojaat qilishlari mumkinligi aytib o'tiladi.

ESLATMA: Tavsiyanoma yozayotganda shaxsiy yondashuv yaqqol aks etishi, aniq, haqiqatga to'g'ri keluvchi ma'lumotlar beriliishi lozim. Shu bilan birga, tavsiyanoma yozib bo'lingandan so'ng uni qayta o'qib, imloviy va grammatik xatolardan holi ekanligiga ishonch hosil qiling.

P.S. Kanalimizda turli grantlarni yutgan nomzodlarga berilgan tavsiyanomalar joylangan. “Tavsiyanoma” deb izlab, ularni topib, namuna sifatida tanishib chiqishingiz mumkin.

@grantlar_namuna
16.3K views07:36
Ochish/sharhlash
2023-02-23 09:03:55 DAAD dasturi suhbat bosqichidan muvaffaqiyatli o’tish uchun namunaviy savollar va maslahatlar

Shu kunlarda Germaniyada magistraturani grant asosida o’qish imkoniyatini taqdim etuvchi DAAD dasturiga ariza topshirib, keyingi bosqichga o’tganlar bilan intervyu (suhbat) bosqichi bo’lib o’tmoqda.

Nomzodlarga yordam bo’lishi uchun avvalgi yillarda intervyuda berilgan savollardan namunalar taqdim etmoqchimiz.

1. O’zingiz haqingizda gapirib bering. Bir qarashda oson tuyilgan ushbu savolga aksariyat nomzodlar javob berishda qiynaladi. O’zingiz va hozirgi faoliyatingiz haqida qisqa va aniq gapirib bering.

2. Nega bu sohani tanlagansiz? Bakalavrda qaysi yo’nalishda o’qiganingiz va magistratura uchun nega shu yo’nalishni tanlaganingiz sababini aniq izohlang.

3. Nega boshqa davlatda emas, Germaniyada o’qimoqchisiz? Tanlagan sohangiz va Germaniya o’rtasidagi aloqadorlikni tekshirib chiqing. Aniq faktlar bilan gapirish suhbat oluvchilarda yaxshi taassurot qoldiradi.

4. Nega shu universitetni tanladingiz? Odatda 3-5 tagacha universitet tanlash imkoniyati berilishidan xabaringiz bor. Suhbatda asosan ro’yxatda birinchi bergan universitetingiz haqida so’ralishi mumkin. Lekin qolganlariga ham tayyor turing.

5. Tanlagan universitetingiz qayerda joylashgan? Aynan qaysi hududda ekanligi va joylashgan hudud nomlarini oldindan bilib oling.

6. Nechta til bilasiz? Nemis tilini bilasizmi? Nemis tilini bilish, albatta, ustunlik beradi. Lekin talabga ko’ra, dasturda ingliz tilini o’zi bilan ham ishtirok etish mumkin. Nemis tilini nega o’rganmagansiz degan savolga ham aniq javob topib qo’ying.

7. Nega DAAD dasturida ishtirok etmoqchisiz? Dastur sizga nima bera oladi, nimalar kutasiz, dastursiz rejalaringiz amalga oshirish qanchalik qiyin, batafsil ayting.

8. Dastur davomida nimalar qilmoqchisiz? O’qimoqchi bo’lgan fanlaringiz, ilmiy faoliyatingiz va o’qishdan tashqari nimalar qilishingiz haqida gapiring.

9. Kelajakdagi rejalaringiz qanday? Dastur yakunlangandan so’ng nima qilmoqchisiz, kelajakdagi kasbiy faoliyatingiz va rejalaringiz haqida ayting.

Keyingi savollar tanlagan sohangizga doir bo’ladi. Yo’nalishingizga bo’yicha tajribali professorlar sizdan turli umumiy va ma’lum sohaga doir savollar so’rashi mumkin.

Bundan tashqari, ko’p savollar CV, motivatsion xatingiz va ariza topshirishda yuklagan boshqa hujjatlaringizdan kelib chiqib so’raladi.

Savollarga javob berishda aniq, qisqa va faktlar orqali ishonch bilan gapiring. Hamma aytadigan umumiy gaplardan qoching. Fikrlaringiz ariza topshirgandagi hujjatlaringizda aytilgan gaplardan keskin farq qilmasligi kerak. Yolg’on gapirmang, ochiq bo’ling.

Yodingizda bo’lsin, siz shu holatingizda grant yutish uchun munosib deb topilganingiz uchun intervyu bosqichiga qabul qilingansiz. Aniq reja va maqsadlaringizni amalga oshira olishingizga ishontirolsangiz, dasturga qabul qilinish ehtimoligingiz oshadi.

ENG MUHIMI suhbat bosqichidan muvaffaqiyatli o’tgandan so’ng biz bilan bog’lanishni yodingizdan chiqarmang. Omad tilaymiz :)

@grantlar_namuna
16.3K views06:03
Ochish/sharhlash