Get Mystery Box with random crypto!

Tavsiyanoma yozish haqida kerakli ma'lumotlar Har bir xalqaro | Hujjat topshirish jarayonlari

Tavsiyanoma yozish haqida kerakli ma'lumotlar

Har bir xalqaro grant dasturga yoki universitetga ariza topshirayotganda so'raladigan hujjatlardan biri tavsiyanoma — recommendation letter hisoblanadi. Odatda nomzoddan kamida bitta, ko'p hollarda 2 yoki 3 ta tavsiyanoma topshirish talab etiladi.

Tavsiyanoma kim tomonidan yoziladi?
Tavsiyanomalar nomzodni yaxshi biluvchi, kamida 6 oydan beri taniydigan, uning ilmiy va akademik yutuqlaridan xabardor shaxs tomonidan yoziladi. Grant dasturlari uchun tavsiyanomalar nomzodning ilmiy rahbari, fan o'qituvchisi yoki universitetdagi boshqa ilmiy xodim tomonidan yozilgani maqsadga muvofiq. Ilmiy darajasi yuqori professorlardan tavsiyanoma olish tavsiya etiladi. Ayrim hollarda, magistratura va undan keyingi dasturlar uchun ish joyidan tavsiya xati olinishi so’ralishi mumkin. Bu haqida dastur talabida alohida aytib o’tiladi.

Shuningdek, vaziyatga qarab, tavsiyanoma ish beruvchi tomonidan ham berilishi mumkin.

Tavsiyanomalar odatda quyidagi ma'lumotlarni o'z ichiga oladi (ayrim hollarda bundan biroz farq qilishi mumkin):
1. Tavsiya beruvchi shaxs kimligi va uning tavsiya qilinuvchi nomzod bilan aloqadorligi;
2. Nomzodning ilmiy va akademik yutuqlari;
3. Nomzodning darsdan tashqari faoliyati, ijtimoiy faolligi;
4. Nomzodning shaxsiy xislatlari, fe'l-atvori, harakatchanligi va qat'iyatliligi.
5. Boshqa muhim yoki grant beruvchi tashkilot tomonidan soʻralgan jihatlar.

Nomzodning ushbu dastur uchun munosibligi batafsil ta'kidlanishi, qolaversa, har bir jihat haqida gapriliyatoganda misollar bilan aniq ma'lumotlar berilishi lozim.

Xat so'nggida tavsiyanoma yozuvchining kontakt ma'lumotlari berilgan holda, nomzod haqida qo'shimcha savollar bo'lsa, bemalol murojaat qilishlari mumkinligi aytib o'tiladi.

ESLATMA: Tavsiyanoma yozayotganda shaxsiy yondashuv yaqqol aks etishi, aniq, haqiqatga to'g'ri keluvchi ma'lumotlar beriliishi lozim. Shu bilan birga, tavsiyanoma yozib bo'lingandan so'ng uni qayta o'qib, imloviy va grammatik xatolardan holi ekanligiga ishonch hosil qiling.

P.S. Kanalimizda turli grantlarni yutgan nomzodlarga berilgan tavsiyanomalar joylangan. “Tavsiyanoma” deb izlab, ularni topib, namuna sifatida tanishib chiqishingiz mumkin.

@grantlar_namuna