Get Mystery Box with random crypto!

Hujjat topshirish jarayonlari

Telegram kanalining logotibi grantlar_namuna — Hujjat topshirish jarayonlari H
Kanaldagi mavzular:
Natija
Telegram kanalining logotibi grantlar_namuna — Hujjat topshirish jarayonlari
Kanaldagi mavzular:
Natija
Kanal manzili: @grantlar_namuna
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 23.65K
Kanalning ta’rifi

🌍 Chet el oliygohlariga hujjat topshirgan o'zbekistonliklardan maslahat, ma'lumot va hujjat namunalari
✅ Murojaat uchun: @GN_Murojaat_bot
👉 Hamkor kanal: @grantlar
Reklama: @gn_work

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 25

2023-03-15 12:39:20 Work and Travel (AQSH) dasturi haqida: 1-qism

Summer Work and Travel (SWT)
dasturi chet ellik talabalarga oliy taʼlim muassasasidan yozgi ta’til vaqtida AQSHda yashash va ishlash imkoniyatini beradi. Bu dastur ishtirokchilarga Amerika xalqi bilan muloqot qilish va Amerika madaniyati bilan yaqindan tanishish imkonini beruvchi almashinuv dasturidir.

Dasturning maqsadi dunyoni ta'lim va madaniy almashinuv orqali o‘rganishdan iborat bo'lib, barcha ishtirokchilardan dasturni tamomlangandan so‘ng o‘z davlatlariga qaytish va yangi tajribalarni o‘rtoqlashish kutiladi. Dastur odatda yoz oylarida bo'lib o'tadi. O'zbekistonlik talabalar 4 oy davomida (2023-yilda 20-maydan 20-sentabrgacha) dasturda ishtirok etishi mumkin. Talabalar o'qish boshlanishidan oldin o'z vataniga qaytishlari kerak.

Dasturda kimlar ishtirok eta oladi?
AQSH hududidan tashqaridagi oliy taʼlim muassasasining bakalavriat, magistratura va doktorantura bosqichida kunduzgi (full-time) ta'lim tizimida tahsil olish va o'qishning kamida 1 semestrini yakunlagan bo'lish kerak. Bitiruvchi kurs talabalari ham ariza topshira oladi, lekin bunda ariza oʻqishni rasman bitirishdan oldin topshirilishi lozim.
— Ingliz tilida yetarlicha erkin so'zlasha olish lozim. Til sertifikati talab etilmaydi.
— Viza uchun suhbatga kirishdan avval AQSHda tegishli ishga joylashgan bo'lishi kerak. Ish topishda amerikalik homiylar bilan bog'lanish tavsiya etiladi.

ESLATMA: Sirtqi, kechki, masofaviy shaklda taʼlim olayotgan talabalar hamda kasb-hunar kollejlari talabalari dasturda qatnasha olmaydi.

Dastur manfaatli jihati qanday?
Dastur chet ellik talabalarga yozgi ta’til davomida AQSHda yashash va ishlash, shuningdek, u yerdagi mahalliy aholi bilan muloqot qilish hamda Amerika madaniyati bilan tanishish imkonini beradi.

Dastur uchun qanday ishlar taklif qilinadi, maoshlar qoniqarlimi?
Dastur uchun doimiy bo'lmagan, mavsumiy ishlar taklif etiladi. Jumladan, chakana savdo xodimi, qabulxona xodimi, texnik xizmat ko'rsatish xodimi, uy xo'jaligida yordamchi, uy-joy qo'riqchisi va istirohat bog'ida xodim kabi ishlar bilan shug'ullanishi mumkin. Ish soatlari haftasiga 40-50 soatni tashkil etadi. Maosh esa soatiga o'rtacha 8-14 AQSH dollari atrofida bo'lishi mumkin.

Davomi bor

@grantlar_namuna
3.3K viewsedited  09:39
Ochish/sharhlash
2023-03-15 12:35:51 AQSHda Work and Travel

Juda koʻpchilik AQSHda oʻtaladigan Work and Travel dasturi haqida maʼlumot tayyorlashimizni soʻrab yozadi.

Bunga oid bitta yaxshi, bitta yomon xabarimiz bor.

Yaxshi xabar: Work and Travel (AQSH) dasturiga oid batafsil post tayyorlab, kanalga joylaymiz.

Yomon xabar: oʻtgan yili (2022-yil) Work and Travel orqali AQSHga borgan oʻzbek talabalarning aksariyati vizasining amal qilish muddati tugagach Oʻzbekistonga qaytmagan. Yaʼni noqonuniy ravishda AQSHda qolgan (dastur tugagach, Oʻzbekistonga qaytish shart).

Shu sababli, bu yili AQSH elchixonasi Work and Travel uchun deyarli viza bermayapti. Aksariyat agentliklar bu yil ham AQSHga Work and Travel dasturi boʻyicha xizmat koʻrsatishni toʻxtatgan (deyarli viza berilmayotgani sababli).

Shunday boʻlsa-da, Work and Travel haqidagi post tayyorlab, joylashga qaror qildik. Bu yil viza berilmasa, keyingi yillarda harakat qilib koʻrish mumkin. Va postlarimiz bunda siz uchun foydali boʻladi.

Quyida Work and Travel dasturi haqida tanishasiz:

Summer Work and Travel: 1-qism

Summer Work and Travel: 2-qism

Summer Work and Travel: 3-qism

@grantlar_namuna
3.6K viewsedited  09:35
Ochish/sharhlash
2023-03-15 07:59:12 Aprelda qabul tugaydigan dasturlar

Eʼtiboringizga 2023-yil aprel oyida qabul tugaydigan dasturlar roʻyxatini taqdim etamiz.

Talabalar, OTM oʻqituvchilari va tadqiqotchilariga Latviyadagi yozgi maktablar uchun grantlar! (dedlayn: 1-aprel)

Latviyada barcha bosqichlarda oʻqish uchun oyiga 700 yevrogacha stipendiya! (dedlayn: 1-aprel)

Hajviy she'rlar uchun Wergle Flomp Humor Poetry Contest tanlovi: mukofot – 2000 AQSh dollari! (dedlayn: 1-aprel)

Bakalavriat va magistratura uchun Koreya milliy san’at universitetining AMA+ toʻliq granti! (dedlayn: 3-aprel)

Coe College: AQSHda bakalavriat bosqichida oʻqish uchun toʻliq grant! (dedlayn: 3-aprel)

Oxford University: Ayol-qizlarga Executive MBA kursida tahsil olish uchun qisman grantlar (dedlayn: 3-aprel)

Italiyada joylashgan Calabria universitetida magistraturada oʻqish uchun 240 ta toʻliq grant! (dedlayn: 12-aprel)

JACAFA: Bakalavriat talabalari uchun 2 yil davomida 110 oylik stipendiya olish imkoniyati! (dedlayn: 15-aprel)

OIST Research Internship: Yaponiyada xarajatlari toʻliq qoplanuvchi amaliyot dasturi! (dedlayn: 15-aprel)

SABF: Barcha bosqich talabalari uchun Argentinada 3 kunlik forum – xarajatlar qoplanadi; joy 100 ta! (dedlayn: 16-aprel)

Jurnalist, bloger va tadqiqotchilar uchun Germaniyada 2 haftalik bepul yozgi maktab; transport, turar joy va oziq-ovqat xarajatlari qoplanadi! (dedlayn: 22-aprel)

The Geneva Challenge 2023 tanlovi: pul mukofoti va Shveytsariyaga bepul sayohat! (dedlayn: 23-aprel)

Dubayda biznes sohasi boʻyicha barcha xarajatlari qoplanadigan 9 oylik oʻqish va amaliyot dasturi! (dedlayn: 23-aprel)

Bristol Short Story Prize: havaskor va professional yozuvchilar uchun hikoyalar tanlovi; sovrinli oʻrinlar 20 ta! (dedlayn: 26-aprel)

Anthem Essay Contest: Maktab, kollej va litsey oʻquvchilari uchun insholar tanlovi; sovrinli oʻrinlar – 84 ta! (dedlayn: 28-aprel)

Talabalar va maktab, kollej hamda litseyning oxirgi sinf/kurs oʻquvchilari uchun insholar tanlovi! (dedlayn: 28-aprel)

The Fountainhead Essay Contest: insho yozib, 5000 dollargacha mukofot yutib oling; sovrinli oʻrinlar 84 ta! (dedlayn: 28-aprel)

“EO Global Wildlife & Natural World Photography Competition” fototanlovi: 1000 dollargacha mukofot (dedlayn: 28-aprel)

Chexiya: Bakalavriat va magistraturada oʻqish uchun toʻliq grantlar (dedlayn: 30-aprel)

Birlashgan Arab Amirliklaridagi Khalifa University oliygohida magistratura va doktorantura uchun toʻliq grantlar! (dedlayn: 30-aprel)

Tom Howard/John H. Reid Fiction & Essay Contest: mukofoti 3000 dollargacha boʻlgan hikoya va insholar tanlovi (dedlayn: 30-aprel)

Fevral oyida qabul tugaydigan dasturlar roʻyxatini BU YERDAN topasiz.

Hujjat topshirish muhlatini oʻtkazib yubormang!

@grantlar
2.6K views04:59
Ochish/sharhlash
2023-03-14 18:01:00
Mutlaqo bepul onlayn darslarimiz davom etadi!

Biz yanada katta formatda bepul onlayn darslarimizni davom ettiramiz va aprel oyi uchun 50 ta ishtirokchini saralab olishni boshladik.

Asosiy maqsad - Scopus ma'lumotlar bazasidagi bepul jurnallar va ularda maqolalar chop qilish ko'nikmalarini shakllantirish, shuningdek soxta (klon) veb-saytga ega jurnallarni aniqlash va ulardan himoyalanishga qaratilgan.

Darslar Zoom platformasi orqali va mutlaqo bepul tashkil qilinmoqda.

Aprel oyidagi kursimiz jami 15 ta moduldan tashkil topgan va 1 ta modul davomiyligi 60 daqiqa.

Shoshiling. Joylar soni chegaralangan!

Bepul online darslarimiz uchun hoziroq ro'yxatdan o'ting:
https://t.me/joinchat/AAAAAEYVfyROKAjdr3FzLA

Savollar yuzasidan murojaat: @publicationu
2.5K viewsedited  15:01
Ochish/sharhlash
2023-03-14 06:01:00 ​#bepul_oliygohlar

Bugun oʻqish bepul boʻlgan navbatdagi oliygoh – Germaniyaning Myunxen shahrida joylashgan Ludwig Maximilian University of Munich (LMU) universitetining magistratura bosqichida oʻqish haqida maʼlumot beramiz.

Hozirda 52 mingga yaqin talaba oʻqiydigan mazkur universitet dunyoning eng nufuzli oliygohlaridan biridir. Jumladan, LMU, 2023-yil mart oyi holatiga koʻra, THE reytingi boʻyicha dunyoning eng yaxshi oliygohlari roʻyxatida 33-oʻrinni egallab turibdi.

Xarajatlar

– LMUda magistratura bosqichida oʻqish mahalliy talabalar uchun ham, xorijiy talabalar uchun ham bepul, yaʼni kontrakt summasi toʻlanmaydi.

– Biroq talaba har semestrda semestr badali va transport chiptasi uchun toʻlov qilishi kerak. Bu toʻlov 2023-yil mart oyi holatiga koʻra, quyidagicha (keyingi semestrlarda biroz oʻzgarishi mumkin):
a) semestr badali (1 semestr uchun) – 62 yevro;
b) transport chiptasi (1 semestr uchun) – 66,5 yevro. Chipta talabaga jamoat transportidan bepul foydalanish imkonini beradi.

Universitetda bundan boshqa toʻlov mavjud emas.

ESLATMA: Ayrim qoʻshma (boshqa taʼlim muassasasi bilan birga oʻtiladigan) magistrlik dasturlari uchun kontrakt summasi toʻlanadi. Bu summa LMUga emas, 2-taʼlim muassasasiga toʻlanadi.

Yoʻnalishlar

Magistrlik yoʻnalishlari nemis yoki ingliz tilida oʻqitiladi. Ayrim nemis tilida oʻqitiladigan yoʻnalishlar ingliz tilini ham bilishni talab qilishi mumkin.

Hozirda universitet 31 ta ingliz tilida oʻqitiladigan magistrlik yoʻnalishlarini taklif etadi. Ularning toʻliq roʻyxati – BU YERDA.

Nemis tilida magistrlik oʻqitiladigan yoʻnalishlar bilan BU YERDA tanishing.

Talablar

Ingliz tilidagi yoʻnalishlarda oʻqish uchun nomzoddan, yoʻnalishiga qarab, IELTS 6.5 yoki 7.0 soʻraladi.

Nemis tilida oʻqitiladigan yoʻnalishlar uchun odatda nemis tilini C1 darajada bilish va buni til sertifikati (TestDAF yoki boshqa) bilan isbotlash lozim.

Qabulga oid boshqa talablar yoʻnalishga qarab nihoyatda farq qiladi. Shu sababli barcha talablar bilan kerakli magistrlik yoʻnalishi sahifasiga kirish orqali tanishib chiqishingiz mumkin.

Hujjatlar

Barcha yoʻnalishda qabul uchun soʻraladigan hujjatlar quyidagilardan iborat:
– Onlayn ariza shakli (saytda toʻldiriladi)
– Bakalavriatdagi baholar
– CV
– Til sertifikati

Yoʻnalishga qarab, yuqoridagilardan boshqa hujjatlar ham soʻralishi mumkin.

Qabul sanalari

Aksariyat yoʻnalishlarga yiliga 2 marta – qishki va kuzgi semestr uchun qabul boʻladi.

Lekin qabul sanalari ham yoʻnalishga qarab juda farq qiladi. Masalan, hozir (2023-yil 14-mart) kuzgi yoki qishki semestr uchun hozirda ariza qabul qilinayotgan yoʻnalishlar ham, kuzgi semestrga qabul tugaganlari ham, qishki semestr uchun hali boshlanmaganlari ham bor.

Qabul sanalarni bilish uchun kerakli yoʻnalish sahifasiga tashrif buyuring (yuqorida nemis va ingliz tilidagi yoʻnalishlar uchun havola berilgan).

Savolim bor edi, sizlardan soʻrasam boʻladimi?

Afsuski, bu borada alohida savollarga javob bera olmaymiz. Universitet saytida barcha maʼlumotlar berilgan. Savollaringiz boʻlsa, saytga kirib, mustaqil javob topishingiz mumkin.

@grantlar_namuna
4.3K views03:01
Ochish/sharhlash
2023-03-13 18:02:00 Slovakiya Respublikasi Milliy Stipendiyasi almashinuv dasturi bo'yicha BEPUL mentorlik kursi

Koʻplab nomzodlarning talabiga binoan, Slovakiya Respublikasining NSP almashinuv dasturi boʻyicha to'liq va professional mentorlik kursi tashkil etilmoqda.

Kurs kimlar uchun?
Bakalavrni kamida 2,5 yilini tugatgan hozirda 3-4-kurs talabalari, magistr va PhD talabalari uchun.

Kursning asosiy jihatlari:
– Bu grantni yutish imkoniyatingizni oshiradi.
– Dasturga hujjat tayyorlash jarayoni bosqichma-bosqich tushuntiriladi.
– Har bir hujjatning qay tartibda tayyorlanishi alohida oʻrgatiladi.
– Asosiysi, kursda ishtirok etish mutlaqo bepul.

Kurs kim tomonidan olib boriladi?
Kurs Slovakiya Respublikasi Milliy stipendiyasi almashinuv dasturi 2 karra gʻolibasi Ozodaxon O'ktamova tomonidan olib boriladi. Ma'lumot uchun, Ozodaxonning avvalgi mavsumlarda tashkil etgan kurslarida qatnashgan ishtirokchilar barchasi ushbu grantni yutishga muvaffaq boʻlgan.

Kurs mashgʻulotlari qachon, qay tartibda olib boriladi?
Darslar telegram guruhida onlayn tarzda bo'lib o'tadi. Kurs 2023-yil 19-martdan boshlanadi.

Bu stipendiya dasturiga qabul boshlandimi?
2023-yil 13-mart sanasi holatiga koʻra, hali boshlanmadi. Qabul mart oyining 2-yarmida ochilishi kutilmoqda.

Kurs haqidagi savollaringizni izohlar qismida qoldirishingiz mumkin.

Kursga qatnashmoqchi boʻlganlar quyidagi Telegram hisobga murojaat qilishi mumkin: @GN_work

NSP stipendiya dasturi haqida batafsil

@grantlar_namuna
5.4K views15:02
Ochish/sharhlash
2023-03-13 07:08:36 Sudlanmaganlik haqidagi maʼlumotnoma qanday olinadi?

Baʼzi grant dasturlarida nomzoddan sudlanmaganlik haqidagi maʼlumotnoma ham topshirish soʻraladi.

Bu hujjat ingliz tilida "Police Clearance", "Police Clearance Certificate", "Criminal Record Certificate" yoki "Certificate of Criminal Record" deb ataladi.

Mazkur hujjatni qayerdan va qanday olish mumkin?

Buning 2 usuli bor:

1-usul. Istalgan tumandagi Davlat xizmatlari markaziga pasportingiz bilan borasiz va sudlanmaganlik haqida maʼlumotnoma olish uchun kelganingizni aytasiz. Xodim maʼlumotnomani olish yuzasidan arizani toʻldirib beradi.

Keyin BHMning 3% miqdorida toʻlov qilinadi.

Soʻng 2 ish kuni ichida maʼlumotnoma tayyor boʻladi. Borib, olib kelaverasiz.

Agar siz boshqa viloyatda oʻqiyotgan boʻlsangiz maʼlumotnomani olish uchun oʻzingizning viloyatga borishingiz shart emas. Oʻqiyotgan viloyatingizdagi istalgan Davlat xizmatlari markazidan mazkur maʼlumotnomani olishingiz mumkin.

Masalan, asli navoiyliksiz, lekin Toshkentda oʻqiysiz. Shunda Toshkentdagi istalgan Davlat xizmatlari markazidan olaverasiz.

2-usul: Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali onlayn tarzda oʻzingiz mustaqil olishingiz mumkin. Bunda maʼlumotnoma taxminan yarim soatda tayyor boʻladi.

Bu uchun:
– Portalga kirasiz.
– Kirish tugmasini bosib, OneID orqali (agar OneID boʻlsa) tizimga kirasiz. OneID boʻlmasa, roʻyxatdan oʻtasiz.
– Keyin portaldagi xizmatlar roʻyxatidan Maʼlumotnomalar boʻlimi tanlaysiz.
– Sudlanmaganlik (yoki sudlanganlik) toʻgʻrisida maʼlumotnoma boʻlimiga kirasiz.
– Xizmatdan foydalanish tugmasini bosasiz va kerakli maʼlumotlarni kiritasiz.
– To'lovni amalga oshirasiz (Upay, Payme yoki Click ilovalari orqali).

Qiziq holat

Aslida dasturlar sizning sudlanmaganligingizni isbotlovchi maʼlumotnomani soʻraydi. Lekin bu hujjat Oʻzbekistonda “Sudlanganlik haqida maʼlumotnoma” deyiladi.

Nomi shunaqa vahimali boʻlsa ham, mana shu hujjat sizning sudlanmaganligingizni isbotlovchi maʼlumotnoma hisoblanadi (agar sudlanmagan boʻlsangiz).

Shu sababli maʼlumotnomada “Sudlanganlik haqida” soʻzini koʻrib, qoʻrqib ketmang.

BU YERDAGI rasmda sudlanmaganlikni tasdiqlovchi maʼlumotnoma keltirilgan. Rasm bir oz tartibsiz yerda olingan, lekin koʻrib olishga boʻlaveradi: boriga baraka ;)

@grantlar_namuna
5.4K viewsedited  04:08
Ochish/sharhlash
2023-03-12 12:05:27 Qabul ochiq boʻlgan yozgi/qishki maktablar

Bugun hozirda arizalar qabul qilinayotgan va toʻliq yoki qisman grant ajratadigan shunday dasturlar roʻyxatini tadqim qilamiz.

Kimlar qatnashishi mumkin?
Dasturga qarab, bakalavrlar, magistrlar, doktorantlar, OTM oʻqituvchilari, tadqiqotchilar, jurnalistlar, blogerlar va boshqalar.

1. Polshadagi Jagiellonian universiteti yozgi maktablari. Bunga bakalavr, magistr va doktorantlar ariza topshirishi mumkin. Jami 50 nafar qatnashchiga stipendiya ajratiladi. Mashgʻulotlar ingliz tilida olib boriladi.

Imtiyozlari: Qatnashish bepul, safar va turar joy xarajatlari uchun 954 AQSH dollari beriladi.

Dedlayn: 2023-yil 15-mart.

BATAFSIL

2. Latviya davlati stipendiyalari. Dastur doirasida 9 ta yozgi maktab taklif etilmoqda (ingliz tilida). Talabalar, OTM oʻqituvchilari va tadqiqotchilari qatnashishi.

Imtiyozlari: Yozgi maktabga qatnashish xarajatlarini qoplash uchun 1000 yevro beriladi.

Dedlayn: 2023-yil 1-aprel.

BATAFSIL

3. Boris Nemtsov jamgʻarmasinig yozgi maktabi. Jurnalist, bloger va tadqiqotchilar qatnashishi mumkin (rus tilida, Germaniyada oʻtkaziladi).

Imtiyozlari: Ishtirok bepul, transport, turar joy, oziq-ovqat va tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.

Dedlayn: 2023-yil 22-aprel.

BATAFSIL

@grantlar
2.0K views09:05
Ochish/sharhlash
2023-03-11 16:02:00 ​​​#bepul_oliygohlar

Bugun oʻqish bepul boʻlgan navbatdagi oliygoh – Germaniyaning Halle shahrida joylashgan Martin Luther University of Halle-Wittenberg (MLU) haqida maʼlumot beramiz.

1502-yil tashkil etilgan mazkur oliygohda hozirda 19 300 dan ortiq talaba tahsil oladi. Universitet dunyoning eng nufuzli oliygohlari sirasiga kiradi. Jumladan, 2023-yil mart oyi holatida, MLU QS reytingi boʻyicha dunyodagi eng yaxshi universitetlar roʻyxatida 477-oʻrinni egallab turibdi.

Xarajatlar

– Mahalliy talabalar uchun ham, xorijiy talabalar uchun ham universitetda oʻqish bepul, yaʼni kontrakt summasi toʻlanmaydi.

– Biroq talabalar har bir semestr uchun 56,1 yevro (taxminan 62 AQSH dollari) miqdorida semestr badali toʻlashi kerak.

– Shuningdek, har bir semestr uchun 60 yevro (taxminan 68 dollar) transport chiptasi uchun toʻlov qilinadi. Bu chipta talabaga shahardagi jamoat transportlaridan 1 semestr davomida bepul foydalanish imkonini beradi.

Universitetda oʻqish uchun bundan boshqa xarajatlar mavjud emas.

Yoʻnalishlar

Universitetda aksariyat yoʻnalishlar (kurslar) nemis tilida oʻqitiladi.

Biroq ingliz tilida oʻqitiladigan bir nechta yoʻnalishlar mavjud. Ular quyidagilar:

Bakalavriatda faqat 1 ta:
– B.Sc. Business Economics

Magistraturada 5 ta:
– M.Sc. Economics: Data Science and Policy
– M.Sc. Pharmaceutical and Industrial Biotechnology
– M.Sc. Polymer Materials Science
– M.Sc. Molecular and Cellular Biosciences
– M.Sc. Biodiversity Sciences

Nemis tilida oʻqitiladigan kurslar bilan BU YERDA tanishishingiz mumkin.

Talablar

Ingliz tilida
oʻqitiladigan bakalavriat kursi uchun kamida IELTS 6.0 yoki TOEFL iBT 72 talab etiladi.

Ingliz tilidagi magistrlik kurslarining ayrimlari uchun IELTS 6.0, baʼzilari uchun 6.5 talab etiladi. Aniq til talabini kerakli magistrlik kursi sahifasiga kirib, koʻrib olish mumkin.

Nemis tilidagi kurslar uchun esa nemis tilini sertifikati topshirish lozim (yoʻnalish va bosqichlariga qarab, nemis tilini B2, C1 yoki boshqa daraja talab etilishi mumkin).

Qolgan barcha talablar bilan kerakli kurs sahifasiga kirib, tanishib olishingiz mumkin.

Qabul

Bakalavriat
bosqichi uchun qabul har yili 15-yanvar va 15-iyulgacha davom etadi. 2023-yil qishki semestr uchun hozirda (2023-yil 11-mart holati) hujjatlar qabul qilinmoqda.

Magistratura kurslarining aksariyati uchun hujjatlar 15-dekabr va 15-iyungacha qabul qilinadi (qishki semestr uchun hujjatlar qabul qilinmoqda). Biroq baʼzi yoʻnalishlar uchun qabul sanasi farq qiladi. Qabul sanasini aniq bilib olish uchun kerakli magistrlik kursining sahifasiga tashrif buyuring.

Mazkur universitetga toʻgʻridan-toʻgʻri hujjat topshirib boʻlmaydi. Universitetga kirmoqchi boʻlganlar Germaniyadagi Uni-assist tizimi orqali hujjatlarini topshirishi lozim. Qabul haqida BU YERDA batafsil maʼlumot olishingiz mumkin.

Savolim bor edi, sizlardan soʻrasam boʻladimi?

Afsuski, bu borada alohida savollarga javob bera olmaymiz. Universitet saytida barcha maʼlumotlar berilgan. Savollaringiz boʻlsa, saytga kirib, mustaqil javob topishingiz mumkin.

@grantlar_namuna
3.1K views13:02
Ochish/sharhlash
2023-03-11 12:37:00
"KOREALISTIC" bilan Janubiy Koreyada oson talaba bo'lingva 100% gacha GRANT oling!

Biz sizga quyidagi xizmatlarni taklif etamiz:

Bakalavr Magitratura Transfer

Bundan tashqari, rasmiy kanalimiz orqali Janubiy Koreyada o’qish va ishlash mavzusida, oylik xarajatlar va ish topish usullari haqida

Bugun kechki dasturlarimizda 'Voice Chat' amalga oshiriladi. Chatimizda qatnashgan 3 ta eng faol obunachimizga xizmatlarimiz BEPUL

Taklif sizga maqul kelgan bo’lsa, @korealistic kanaliga a’zo bo’ling va dasturlarimizni kuzatib boring!

Imtiyozlar:
Xizmat haqqi (2.5 mln so'm) talaba bo'lganingizdan so'ng to'lanadi va 3 universitetgacha topshirib beriladi
Bakalavr va Magistratura 100% gacha GRANT olish imkoniyati

Konsultatsiya -> @Admin
Kanal: @Korealistic
3.9K viewsedited  09:37
Ochish/sharhlash