Get Mystery Box with random crypto!

Germaniyada talaba sifatida ishlash, ish vaqti, oylik maosh va | Hujjat topshirish jarayonlari

Germaniyada talaba sifatida ishlash, ish vaqti, oylik maosh va xarajatlar haqida

Germaniya — o'qish uchun eng yaxshi mamlakatlardan biri. Oliy ta'lim deyarli bepul bo'libgina qolmasdan, talabalarga o'qish bilan birga ishlashga ham ruxsat etilgan. Ushbu postimizda Germaniyada talaba sifatida ishlash bo'yicha ko'p beriladigan savollarga javob beramiz.

1. Germaniyada o'qish bilan birga ishlash imkoniyati mavjudmi?
— Ha, mumkin, ammo ish soatlarida cheklovlar mavjud. Bakalavr va magistr talabalari haftasiga (part-time) 20 soat ishlay oladi. Ta'til vaqtlari esa haftasiga 40 soatgacha ishlashlari mumkin. Lekin taʼtil vaqtida toʻliq 40 soat ishlagan taqdirda ham, bir yildagi umumiy toʻliq ish kuni 120 kundan (part-time ish kuni 240 kundan) oshib ketmasligi kerak.

2. Germaniyada talaba sifatida ishlab qancha pul topish mumkin?
— Germaniyada eng kam ish haqi 2023-yilgi statistikaga ko'ra, soatiga 9.60 yevro atrofida. Xalqaro talabalar ishlab topishi mumkin bo'lgan pul miqdori ularning malakasi, tajribasi va bajaradigan ish turiga, qolaversa, ishlaydigan hududiga qarab soatiga 9-20 yevrogacha bo'lishi mumkin. Oyiga esa 450 yevrodan 1300 yevrogacha pul topishlari mumkin bo'lsa-da, bu miqdor 850 yevrodan oshib ketmasligi tavsiya etiladi. Chunki talaba yiliga 10.908 yevrodan ortiq pul ishlasa, davlatga daromad solig'i to'lashi kerak.

3. Talabalar uchun qanday ish o'rinlari mavjud?
— Germaniyada deyarli barcha talabalar uchun ish o'rinlari topiladi. Ba'zi hollarda talabalar oddiy ishchilardan ham yaxshiroq pul topishlari mumkin. Bu talabalaning til bilish darajasi va ishlash layoqatiga bog'liq. Oddiy talaba sifatida esa boshlanishiga o'z yo'nalishiga aloqador sohada amaliyotchi bo'lib ishlashi yoki umuman, oftisiant, barmen, oshxonalarda yordamchi; xonadon yoki bog' (tomorqa) ishlarida yordamchi; yuk tashuvchi sifatida ham ishlab maosh olishi mumkin.

4. Germaniyada qanday ish topsa bo'ladi?
— Har qanday davlatda ish topishning eng oson va ishonchli usuli bu networking (tanish-bilish) orqali ish topish hisoblanadi. Bunda o'zingiz birga yashaydigan yoki o'qiydigan kursdoshingiz va do'stlaringizdan so'rab, ular bilan birga ishlashingiz mumkin. Bundan tashqari, onlayn ish topish imkoniyati ham mavjud, bunda sizga stellenwerk.de, appjobs yoki Young Capital saytlari orqali ham o'zingizga mos bo'lgan ish o'rinlarini topishingiz mumkin bo'ladi.

5. Germaniyada talaba qancha miqdorda sarf-xarajat qiladi?
— Sarf xarajatlar, odatda, talabalaning ehtiyojlariga bog'liq. O'qish kontrakti bepul bo'lgan taqdirda, turar joy uchun oyiga taxminan 300 yevrodan ko'proq sarflashlari mumkin. Yashash xarajatlari Yevropaning boshqa davlatlariga qaraganda arzonroq, ya'ni talaba uchun 900 yevro o'rtacha xarajatlarni qoplash uchun yetarli bo'lishi mumkin.

@grantlar_namuna