Get Mystery Box with random crypto!

​​#bepul_oliygohlar Dunyoda oʻqish bepul boʻlgan bir qancha o | Hujjat topshirish jarayonlari

​​#bepul_oliygohlar

Dunyoda oʻqish bepul boʻlgan bir qancha oliygohlar bor. Bugun shulardan biri – AQSHda joylashgan va musiqa sohasiga ixtisoslashgan Curtis Institute of Music haqida maʼlumot beramiz.

Xarajatlar

– Mazkur oliygohga qabul qilingan barcha talabalar – bakalavrlar ham, magistrlar ham va boshqa kurs talabalari ham kontrakt (tuition fee) toʻlamaydi.

– Lekin barcha talabalar oliygohdagi kitoblar va boshqa oʻquv materiallari uchun 1750 AQSH dollari miqdoridagi toʻlovni (Comprehensive Fee) amalga oshirishi kerak.

– Shuningdek, talaba yashash, sugʻurta xarajatlari kabi boshqa xarajatlarni oʻzi qoplashi kerak.

Talablar

Bakalavriat, magistratura, diplom kurslari va boshqa dasturlarda nomzod uchun qoʻyilgan alohida talablar mavjud.

Bakalavriat uchun xorijlik talabalar quyidagi koʻrsatkichlarga ega boʻlishi kerak:
– Kamida TOEFL sertifikat: 550 (yozma imtihon) yoki TOEFL iBT: 79-80 yoxud IELTS 6.5;
– Shuningdek, SAT sertifikatiga ega boʻlish tavsiya etiladi (majburiy emas)

Magistratura uchun:
– Musiqa sohasidagi bakalavrlik diplomi yoki unga teng daraja;
– TOEFL iBT: 79-80.

Curtis Institute of Music IELTS sertifikatini qabul qilmaydi. Faqat TOEFL qabul qilinadi.

Qolgan talablar bilan BU YERDA tanishing.

Qabul jarayoni

Qabul jarayoni va topshirilishi kerak boʻlgan hujjatlar bilan BU YERDA tanishing.

Yoʻnalishlar

Oliygohda Pianino, Organ, Torli musiqa asboblari, Gitara, Musiqa yozish kabi koʻplab yoʻnalishlar mavjud. Barcha yoʻnalishlar bilan BU YERDA tanishing.

Ariza toʻlovi

Mazkur oliygohga ariza topshirish pulli. 2023-yil mart oyi holatiga koʻra, nomzodlar ariza topshirish uchun 150 dollar toʻlov qilishi kerak.

Shuningdek, keyingi bosqichga oʻtganlarni saralash uchun ham turli badallar undiriladi. Ular bilan toʻliq tanishish uchun BU YERGA kirib, “Application Fees” boʻlimini bosing.

Qabul qachon?

Arizalar qabuli har yili kuz faslining boshida boshlanib, dekabr oyi oʻrtalarida yakunlanadi. Qabul boshlanganda oliygoh saytida bu haqida eʼlon qilinadi.

Savolim bor edi, sizlardan soʻrasam boʻladimi?

Afsuski, bu borada alohida savollarga javob bera olmaymiz. Universitet saytida barcha maʼlumotlar berilgan. Savollaringiz boʻlsa, saytga kirib, mustaqil javob topishingiz mumkin.

@grantlar_namuna