Get Mystery Box with random crypto!

Hujjat topshirish jarayonlari

Telegram kanalining logotibi grantlar_namuna — Hujjat topshirish jarayonlari H
Kanaldagi mavzular:
Natija
Telegram kanalining logotibi grantlar_namuna — Hujjat topshirish jarayonlari
Kanaldagi mavzular:
Natija
Kanal manzili: @grantlar_namuna
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 23.65K
Kanalning ta’rifi

🌍 Chet el oliygohlariga hujjat topshirgan o'zbekistonliklardan maslahat, ma'lumot va hujjat namunalari
✅ Murojaat uchun: @GN_Murojaat_bot
👉 Hamkor kanal: @grantlar
Reklama: @gn_work

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 26

2023-03-10 16:02:00 JACAFA stipendiyasi boʻyicha konsultatsiya kursi!

@Grantlar_namuna loyihasi JACAFA stipendiyasi boʻyicha toʻliq tartibli konsultatsiya (mentorlik) kursini eʼlon qiladi.

Bu dastur Oʻzbekiston OTMlarida oʻqiyotgan bakalavrlariga 2 yil davomida oyiga 110 AQSH dollari stipendiya olish va boshqa imkoniyatlarni beradi.

Kursning asosiy jihatlari:
– Stipendiyani yutish imkoniyatingizni oshiradi.
– Hujjatlarni tayyorlashda bevosita yordam koʻrsatiladi. Motivatsiya xati, CV va boshqalarni tayyorlashda koʻmak beriladi.
– Ariza va hujjatlarni xatolarsiz, 100% toʻgʻri va muvaffaqiyatli topshirishingizni taʼminlaydi.
– Onlayn testda tushadigan savollar, ularning darajasi, taxminan qanday savollar tushishi mumkinligi haqida maʼlumot beriladi.
– Ariza topshirishdan boshlab, to qabul qilinishgacha boʻlgan jarayonda istalgan payt istalgan savolingizni berishingiz va javob olishingiz mumkin boʻladi.

Kursni kim olib boradi?

Kurs JACAFA stipendiyasi gʻolibi Abdulaziz Murtozayev tomonidan olib boriladi.

Abdulaziz grantlar boʻyicha boy tajribaga ega. Uning ayrim yutuqlari:
“Türkiye burslari & IsDB joint scholarship” toʻliq grantini yutgan (2021).
“Erasmus Mundus in Smart cities and communities MSc program” toʻliq grantini yutgan (2021).
– Amerika kengashlarining “Young Professional Internships Program” haq toʻlanadigan amaliyot dasturini yutgan (2020).
“The Nippon Foundation JACAFA scholarship” stipendiyasini yutgan (2019).
– Toshkentdagi Amerika markazining onlayn loyihalar uchun grantini qoʻlga kiritgan (2022-yil).

Dastur mashgʻulotlari Zoom/telegram konferensiyalar, telegram guruh va shaxsiy yozishmalardagi savol-javoblar orqali oʻtiladi.

Kursga qatnashish pulli.

Kursga roʻyxatdan oʻtishning oxirgi sanasi: 2023-yil 25-mart, 23:59.

Kurs, uning haqi toʻgʻrisida batafsil maʼlumot va roʻyxatdan oʻtish uchun murojaat: @abdulaziz_murtozaev

@grantlar_namuna
10.4K views13:02
Ochish/sharhlash
2023-03-10 11:33:45 Grant yutish boʻyicha qisqa maslahatlar

1. Topshirishdan oldin grant dasturini erinmasdan oʻrganib chiqing.
Grantning maqsadi, talablari, topshiriladigan hujjatlar va boshqalar bilan yaxshilab tanishib oling. Grantning qoʻllanmalari boʻlsa – oʻqing, videolari boʻlsa – koʻring, FAQ boʻlsa – oʻqing. Erinchoqlik qilmang.

2. Yozilishi kerak boʻlgan insholarni imkon qadar ertaroq tugating va tajribaliroq ustozingiz/tanishlaringizga oʻqiting. Grammatik, imlo va boshqa xato yoki kamchiliklarini boʻlsa aytadi ular. Tuzatib olishga imkoningiz boʻladi shunda. Hujjatlar maksimal darajada xatolardan xoli boʻlishi kerak.

3. Hujjatlarni rasmiylashtirishda tartibli boʻling. Agar hujjatlarni nomlashda qandaydir shart belgilangan boʻlsa (masalan, har bir hujjatda nomzodning ismi boʻlishi kerak va h.k.), shu shartga qatʼiy amal qiling.

Agar nomlash boʻyicha shart boʻlmasa, nomlarini hujjat nomi va ism-familiyangiz bilan nomlab chiqing. Masalan: Eshmatov-Toshmat-CV, Eshmatov-Toshmat-Diploma, Eshmatov-Toshmat-IELTS va h.k.

Qoʻlda toʻldiriladigan hujjat boʻlsa, bo'yamasdan, chiroyli yozuv bilan to'ldiring. Yozuvingiz nihoyatda xunuk boʻlsa, boshqa birovdan yozib berishini soʻrashingiz mumkin.

4. Koʻchirmang. Motivatsiya xati, shaxsiy bayonot, insho va shu kabi boshqa hujjatlarni yozishda internetdan tayyor namuna topib, ularning gaplarini koʻchirib olmang.

Namuna uchun oʻqib, oʻrganishingiz va ayrim soʻzlari, iboralaridan foydalanishingiz mumkin. Lekin har qanday hujjat aynan sizga xos boʻlishi kerak.

Hamma yerdan topish mumkin boʻlgan umumiy fikrlar va gaplar, ular qanchalik chiroyli yozilgan yoki kuchli boʻlishidan qatʼi nazar, qabul komissiyasidagilarni koʻnglini ozdiradi. Ular bunaqa shablon gaplarni oʻqiyverib, bezor boʻlib ketgan. Shu uchun oʻzingizga xos boʻlgan xislatlar asosida yozing.

5. Imkoni boʻlsa, topshirmoqchi boʻlgan grantingizni yutgan kishidan maslahatlar oling.

6. Javobi topilmagan savollaringizni, avvalo, grant eʼlon qilgan muassasaning oʻzidan soʻrang (email, telefon yoki boshqa vosita orqali). Boshqalar notoʻgʻri yoki toʻliq boʻlmagan javob berishi mumkin.

Agar grant eʼlon qilgan muassasaning oʻzidan javob olishning imkoni boʻlmasa, boshqa manbalardan/kishilardan javob qidirishingiz mumkin.

7. ENG MUHIMI: mana shu postni boshqa guruhlar va tanishlaringizga maksimal tarqating hamda smayliklardan birini bosing. Shunda yoʻlingiz ochilib, qatorasiga grant yutib tashlaysiz.

@grantlar_namuna
7.1K views08:33
Ochish/sharhlash
2023-03-09 06:01:00 #bepul_oliygohlar

Bugun Rossiyada joylashgan navbatdagi oʻqish bepul oliygoh – Skolkovo fan va texnologiya instituti (Skoltech) haqida maʼlumot beramiz.

Bu oliygoh 2011-yilda AQSHning Massachusetts texnologiya instituti bilan hamkorlikda tashkil etilgan boʻlib, hozirda 1200 dan ortiq talaba tahsil oladi. Institutdagi darslarning barchasi ingliz tilida olib boriladi.

Skoltek oliygohi faqat magistratura va PhD dasturlarini taklif etadi, bakalavriat kursi mavjud emas.

Xarajat va imtiyozlar

– Skoltech institutida oʻqish mahalliy talabalar uchun ham, xorijiy talabalar uchun ham mutlaqo bepul. Yaʼni qabul qilingan hech bir talaba kontrakt summasi toʻlamaydi. Shuningdek, ariza topshirish uchun toʻlov ham, semestr badali ham mavjud emas.

– Qabul qilingan har bir talaba uchun tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplab beriladi.

– Qabul qilingan har bir talaba oylik stipendiya bilan taʼminlanadi. Mazkur oylik stipendiyaning eng kam miqdori 2023-yil holatiga koʻra quyidagicha:
a) Magistratura uchun – 40 000 rubl (taxminan 526 AQSH dollari);
b) PhD bosqichi uchun – 75 000 rubl (taxminan 986 AQSH dollari).

Nomzodning koʻrsatkichlariga qarab stipendiya miqdori bundan ham yuqori qilib belgilanishi mumkin.

Yiliga oʻrtacha 400 nafar magistr va PhD talabasi qabul qilinadi. Ularning barchasi yuqoridagi imtiyozlar bilan taʼminlanadi.

Yoʻnalishlar

Magistratura bosqichida quyidagi 11 ta yoʻnish bor:
Data Science
Advanced Computational Science
Petroleum Engineering
Photonics and Quantum Materials
– Mathematical and Theoretical Physics
– Life Sciences
Space and Engineering Systems
– Advanced Manufacturing Technologies
– Materials Science
– Internet of Things & Wireless Technologies

PhD bosqichida quyidagi 7 ta yoʻnalish mavjud:
– Mathematics and Mechanics
– Physics
– Materials Science and Engineering
– Life Sciences
– Computational and Data Science and Engineering
– Engineering Systems
– Petroleum Engineering

Talablar

Nomzodga qoʻyilgan umumiy talablar quyidagilar:
– Bakalavr (magistratura uchun) yoki magistrlik (PhD uchun) darajasiga ega boʻlish.
– Kamida IELTS 6.0/TOEFL iBT 80 balli sertifikat. Til sertifikatiga ega boʻlmaganlar sertifikatni keyinchalik taqdim etishi yoki universitetdagi ingliz tili testidan oʻtishi mumkin.

Qabul

Hozirda (2023-yil 9-mart) oʻqish uchun arizalar qabul qilinmoqda va bu yil oʻqishga kirganlar uchun oʻqish 2023-yil kuzdan oyida boshlanadi.

2023-yil uchun qabul sanalari quyidagicha:
– Magistraturaga 2023-yil 10-iyulgacha;
– PhD bosqichida 2023-yil 3-iyulgacha arizalar qabul qilinadi.

Kerakli hujjatlar:
– Onlayn ariza. Arizaga quyidagi hujjatlar ham ilova qilinadi:
– CV/rezyume.
– Motivatsion xat.
– 2 ta tavsiyanoma.
– Diplom yoki baholar (magistratura uchun bakalavriat, PhD uchun bakalavriat va magistratura diplomlari va baholari).
– Kamida IELTS 6.0 yoki TOEFL iBT 80 ball. Nomzodda til sertifikati boʻlmasa, uni keyinchalik topshirishi yoki institutdagi TOEFL iTP testidan oʻtish mumkin.

Shuningdek, PhD bosqichiga ariza topshirishda tanlangan soha boʻyicha ilmiy rahbar koʻrsatilishi kerak. Ilmiy rahbarlar haqida ma’lumot PhD kurslarning sahifalarida mavjud.

Qabul bosqichlari

Magistraturaga
qabul 3 bosqichda amalga oshiriladi:
1. Kerakli hujjatlarni topshirish.
2. Onlayn test.
3. Saralash bosqichi. Bunda nomzodlar bilan suhbat qilinadi va ular ingliz tilidan test topshiradi.

PhD bosqichiga qabul 2 bosqichda amalga oshiriladi:
1. Kerakli hujjatlarni topshirish.
2. Saralash bosqichi. Bunda nomzodlar suhbatdan oʻtadi. Til sertifikati yoʻqlar ingliz tilidan testidan ham oʻtadi.

Skoltech instituti, unga qabul jarayoni va boshqalar haqida oʻzbek tilida koʻproq maʼlumot olish uchun BU YERGA kiring.

Savolim bor edi, sizlardan soʻrasam boʻladimi?

Afsuski, bu borada alohida savollarga javob bera olmaymiz. Universitet saytida barcha maʼlumotlar berilgan. Savollaringiz boʻlsa, saytga kirib, mustaqil javob topishingiz mumkin.

@grantlar_namuna
6.4K viewsedited  03:01
Ochish/sharhlash
2023-03-08 07:43:37 Ayol-qizlar uchun maxsus grantlar

Barcha ayol-qizlarni bugungi bayram bilan tabriklaymiz!

Kichik sovgʻa sifatida ayol-qizlar uchun maxsus moʻljallangan grantlar roʻyxatini taqim etamiz.

Eslatma: quyida keltirilgan ayrim grantlarga bu yilgi qabul tugagan yoki hali boshlanmagan. Bunday dasturga keyingi qabulda ariza topshirishingiz mumkin.

1. Helmut Veith Stipend dasturi. Bu dastur ayol-qizlarga Vena texnologiya universitetida magistratura bosqichini o'qish uchun grant taklif qiladi.

Grant imkoniyatlari:
- Kontrakt summasidan to'liq ozod qilinadi.
- Yiliga 6000 yevro stipendiya beriladi.

O'qish ingliz tilida bo'ladi. Dedlayn: 2023-yil 30-noyabr.

Helmut Veith Stipend dasturi haqida batafsil

2. AAUW International Fellowships dasturi. Bu dastur AQSHda magistratura, doktoranturada o’qish va postdoktorlik tadqiqoti uchun ayol-qizlarga 50 000 dollargacha grant ajratadi.

Dasturga qabul har yili avgust oyi boshlaridan noyabr oyi o'rtalarigacha davom etadi.

AAUW International Fellowships dasturi haqida batafsil

3. Eria Fransic Davies Scholarship dasturi. Bu dasturni Britaniyada joylashgan Swansea universiteti taklif etadi.

Dastur shu universitetdagi Health and Life Sciences fakultetidagi magistratura yo'nalishlardan biriga o'qishga kirgan ayol-qizlarning 1 nafariga kontrakt summasini to'liq qoplab beradi.

Dedlayn:
2023-yil 28-may.

Eria Fransic Davies Scholarship dasturi haqida batafsil

4. TechGirls yozgi oromgoh dasturi. Bu dastur 15-17 yoshli qizlarga AQSHda 1 oylik yozgi oromgohda tahsil olish imkonini beradi.

Qizlar texnologik kompaniya va yetakchi muassasalarga tashrif buyuradi, jamoat xizmatlari va madaniy tadbirlarda ishtirok etishadi.

Dastur AQSHga borish-kelish, turar joy, oziq-ovqat, o'qish va boshqa barcha xarajatlarni to'liq qoplaydi.

Bu dasturga hujjatlar odatda har yili 15-noyabrdan yanvar oyi o'rtalarigacha qabul qilinadi.

TechGirls yozgi oromgoh dasturi haqida batafsil

5. TechWomen dasturi. Dastur ayol-qizlarga AQSHning San-Fransisko va Vashington shaharlarida 5 haftalik shaxsiy rivojlanish mashgʻulotlarini taklif qiladi.

Dastur ishtirokchilarning AQSHga borish-kelish, mashg'ulotlar, turar joy, oziq-ovqat kabi barcha xarajatlarni qoplab beradi.

Dasturga arizalar har yili odatda may yanvar oyi o'rtalarigacha qabul qilinadi.

TechWomen dasturi haqida batafsil

6. SUSIs for Young Women Leaders dasturi. Bu – AQSHda boʻlib oʻtadigan 4 haftalik yetakchilik dasturidir.

Dastur ma’ruzalar, seminarlar, taqdimot, munozara va boshqa masgʻulotlardan iborat boʻladi.

Dasturga bakalavriatning 1, 2 yoki 3-kursida oʻqiyotgan 18-25 yoshli ayol-qizlar qatnashishi mumkin.

Dasturga qatnashish bilan bogʻliq barcha xarajatlar toʻliq qoplanadi.

Arizalar qabuli har yili noyabr oʻrtalarida boshlanib, dekabr oxirlarida tugaydi.

SUSIs for Young Women Leaders dasturi haqida batafsil

7. Oksford universitetining Executive MBA Scholarships for Women dasturi. Dastur Executive MBA kursida o'qishni xohlagan ayol-qizlar uchun 2 xil grantni taklif qiladi:

a) The Forté Foundation Fellowships for Women: kontrakt summasidan 30 000 funt-sterling chegirma qilinadi; joy – 1 ta.
b) The Oxford Executive MBA Scholarship for Women: kontrakt summasidan 50 foiz chegirma qilinadi; joy – 1 ta.

Dedlayn: 2023-yil 3-aprel.

Executive MBA Scholarships for Women dasturi haqida batafsil

8. Simmons universiteti grantlari. AQSHda joylashgan Simmons universiteti bakalavriat bosqichiga faqat ayol-qizlarni qabul qiladi.

Bu universitetda ayol-qizlarning bakalavriatda oʻqishi uchun toʻliq va qisman grantlarni taklif qiladi.

Arizalar har yili 1-dekabr yoki 1-fevralgacha qabul qilinadi.

Simmons universiteti to'liq grantlari

Simmons universiteti qisman grantlari

9. Inspiring Women in Science awards. Bu mukofotlar ilm-fandagi tadqiqotchi ayol qizlarga mo'ljallangan.

Mukofot egalari:
– 50 ming dollar;
– Londonga bepul sayohat imkoni bilan taqdirlanadi.

Dedlayn: 2023-yil 9-may.

Inspiring Women in Science awards haqida batafsil

@grantlar
1.9K views04:43
Ochish/sharhlash
2023-03-07 19:01:00
"Bright Future" jamoasi sizga quydagi 10 ta kontrakti arzon, qabul qilish ehtimoli yuqori, grandlar ko'p beradigan va viza chiqish ehtimoli juda baland bo'lgan quydagi universitetlarni tavsiya qiladi:

1. Chonnam National University
2. Incheon National University
3. Chungnam National University
4. Jeonbuk National University
5. Kyungpook National University
6. Inha University
7. Dong A University
8. Kyungsung University
9. Keimyung University
10. Busan University of Foreign Studies

Bu universitetlarga kirgan va vizalarini olgan talabalarimizni natijalari bilan link orqali o'tib tanishishingiz mumkin :)

Konsultatsiya uchun: @abdulmukhtor_kubs ga yozing.

To'liq ma'lumot olish uchun yozayotganingizda:

1. Ismi familiangiz
2. Topshirmoqchi bo'lgan dasturingiz (bakalavr yoki magistr)
3. Tel nomeringiz yozib qoldiring va biz sizni qiziqtirgan barcha savollarga javob beramiz!


Note: IELTS 5.5 yoki TOPIK 3 sertifikati bo'lishi shart.
3.6K views16:01
Ochish/sharhlash
2023-03-07 14:18:00 JACAFA dasturiga qabul boshlandi: oʻtgan yilgi kabi noaniqliklar mavjud

Bu qanday dastur?
JACAFA – hozirda (2023-yil mart oyi holatiga koʻra) bakalavriatning 2-kursida oʻqiyotgan talabalarni 2 yil davomida oyiga 110 AQSH dollari stipendiya bilan taʼminlovchi dastur.

Noaniqlik nimadan iborat?
Bu dastur bir necha yillardan beri mavjud. Dastlab qabul eʼlon qilinganda nomzodlarga qoʻyilgan talablar juda aniq qilib yozilardi. Masalan, faqat Toshkent shahrida joylashgan OTMlar talabalari ariza berishi mumkin, deb.

Lekin oʻtgan yili bunday aniq talab yozilmadi va shunchaki, tegishli davlatlardagi(Oʻzbekiston ham bor) universitet talabalari ariza topshirishi mumkin, deb yozildi rasmiy eʼlonda. Natijada Toshkent shahridan boshqa hududlarda joylashga OTM talabalari ham ariza topshirdi.

Lekin ularga bu dastur faqat Toshkent shahridagi OTMlarda oʻqiydigan talabalar uchun moʻljallangani haqida xabar berilib, arizalari koʻrib chiqilmadi.

Bu yilgi rasmiy eʼlonda yana shu holga duch kelinmoqda: umumiy qilib, qaysi davlatlarning (Oʻzbekiston ham bor) talabalari ariza topshira olishi keltirilgan. Lekin faqat Toshkent sharidagi OTM talabasi boʻlish kerakmi yoki boshqa hududlarda joylashgan OTM talabalari ham ariza topshira oladimi, aniq maʼlumot berilmagan.

Bu noaniqlikni qanday aniqlashtirsa boʻladi?
Dastur tashkilotchilariga murojaat qilish orqali aniqlashtirish mumkin. Biz bugun tashkilotchilarga bu masala boʻyicha email yozdik. Javob qilishlari bilan (agar javob qilishsa), bu haqida kanalda maʼlumot beramiz.

Dastur boʻyicha manbalar:

JACAFA stipendiyasi haqida batafsil maʼlumot

2021-yilgi gʻolib talabaning shu dasturga topshirgan hujjatlari

2020-yilgi gʻoliba talabaning shu dasturga topshirgan hujjatlari

Shu dasturni yutgan talaba bilan suhbat

@grantlar_namuna
4.4K views11:18
Ochish/sharhlash
2023-03-06 16:32:00 ​#bepul_oliygohlar

Bugun Germaniyaning Gamburg shahrida joylashgan va oʻqish bepul boʻlgan Gamburg universiteti haqida maʼlumot beramiz. Universitetga 1919-yil asos solingan boʻlib, hozirda mazkur oliygohda 50 mingga yaqin talaba tahsil oladi.

Taʼkidlash joizki, Gamburg universitetining xalqaro reytingi anchagina baland – THE tizimiga koʻra, dunyo oliygohlari orasida 128-oʻrindan joy olgan (2023-yil holati boʻyicha).

Xarajatlar

– Universitetdagi deyarli barcha yo'nalishlarida o'qish uchun taʼlim haqi (Tuition Fee) toʻlanmaydi, yaʼni oʻqish bepul (faqat ayrim yoʻnalishlardagina taʼlim haqi mavjud).

– Biroq talabalar har semestrda 289,9 yevro (2023-yil mart oyi holatiga koʻra) semestr badali (Semester Contribution) toʻlashi kerak.

– Bundan tashqari, talabalar har semestr maʼmuriy xarajatlar uchun 50 yevro miqdorida haq ham toʻlashi kerak.

Oʻqish tili va yoʻnalishlar

Gamburg universitetidagi barcha bakalavriat dasturlari nemis tilida olib boriladi. Shu sababli, ushbu universitetning bakalavrlik bosqichida oʻqimoqchi boʻlganlar nemis tilini bilishi va qabul jarayonida nemis tilini bilish darajasini isbotlovchi sertifikat taqdim qilishi lozim.

Bakalavriat uchun nemis tiliga qoʻyilgan talablar bilan batafsil SHU YERDA tanishing.

Bakalavriatga oid maʼlumotlar:
– hujjat topshirish jarayoni haqida;
– bakalavriat yoʻnalishlari roʻyxati.

Magistratura bosqichida nemis tilida oʻqitiladigan dasturlar ham, ingliz tilida oʻqitiladigan dasturlar ham mavjud. Ayrim dasturlarda oʻqish uchun esa har ikkala tilni bilish talab etiladi.

Ingliz tilida oʻqish mumkin boʻlgan magistrlik kurslarini SHU YERDAN koʻrib olishingiz mumkin.

Nemis tilida oʻqitiladigan magistrlik kurslari uchun kerakli til sertifikatlari va ularga qoʻyilgan talablar bilan SHU YERDA tanishing.

Ingliz tilida oʻqitiladigan magistrlik kurslari uchun ingliz tilini bilish darajasini isbotlovchi hujjat (IELTS, TOEFL) topshirilishi lozim. Til sertifikati ballariga qoʻyilgan talab yoʻnalishga qarab farq qiladi (yoʻnalishga qarab IELTS 6.0 yoki 6.5 yoxud 7.0 talab etilishi mumkin). Til darajasiga qoʻyilgan talabni aniq bilib olish uchun kerakli dasturni tanlab, so'ng dastur talablari bilan tanishib chiqish lozim.

Qabul muddatlari

Hujjatlar qabuli odatda qishki semestrdan oʻqishni boshlash uchun 15-fevraldan 31-martgacha (ingliz tilidagi magistrlik dasturlariga) yoki 1-iyundan 15-iyulgacha; yozgi semestrdan oʻqishni boshlash uchun esa 1-dekabrdan 15-yanvargacha davom etadi.

Xalqaro magistrlik dasturlarida hujjat qabul qilish muddatlari farq qiladi. Qabul muddatlari haqida batafsil SHU YERDA tanishing.

Savolim bor edi, sizlardan soʻrasam boʻladimi?

Afsuski, bu borada alohida savollarga javob bera olmaymiz. Universitet saytida barcha maʼlumotlar berilgan. Savollaringiz boʻlsa, saytga kirib, mustaqil javob topishingiz mumkin.

@grantlar_namuna
5.6K views13:32
Ochish/sharhlash
2023-03-05 17:32:00 AQShda talaba sifatida ishlash, ish vaqti, oylik maosh va xarajatlar haqida

Eslatma: bu postda faqat qonuniy ishlash masalasi yoritilgan

Amerika ko'pchilik uchun orzular mamlakati hisoblanadi. Dunyodagi eng nufuzli universitetlar AQShda joylashgan bo'lib, talabalar uchun ham o'qib, ham ishlash imkoniyati mavjud. Ushbu postimizda AQShda xalqaro talaba sifatida ishlash haqidagi savollarga javob beramiz.

1. AQShda xalqaro talaba qonunan ishlashga ruxsat etilganmi?
Odatda F-1 vizaga ega talabalar birinchi o'quv yilida qonuniy jihatdan kampusdan tashqarida ishlay olmaydi, ammo ma'lum shartlar va qoidalarga asosan kampus ichida ishlashlari mumkin. Birinchi o'quv yilidan keyin ham kampusdan tashqarida uch xil ish bilan shug'ullanishlari mumkin:
— Kurikulyar (o'z sohasiga doir o'quv rejasida mavjud) amaliy trening (batafsil BU YERDA).
— Ixtiyoriy amaliy mashg'ulotlar (batafsil BU YERDA).
— Fan, texnologiya, muhandislik va matematika (STEM) sohasidagi ixtiyoriy amaliy mashg‘ulotlar (batafsil BU YERDA).

ESLATMA: og'ir iqtisodiy qiyinchiliklar yoki ayrim talabalarga yordam berish kabi belgilangan vaziyatlarda F-1 vizaga ega talabalarga kampusdan tashqarida ishlashga ruxsat berilishi mumkin. M-1 vizaga ega talabalar esa o'qishni tugatgandan keyingina amaliy mashg'ulotlar bilan shug'ullanishlari mumkin. F-1 va M-1 vizaga ega talabalari uchun kampusdan tashqari har qanday mashg'ulotlar ularning o'qish sohasi bilan bog'liq bo'lishi shart va talabalar har qanday ish boshlashdan oldin ularga tayinlangan o'quv dargohi rasmiysi (xalqaro talabaga mas'ul shaxs — SEVIS) tomonidan ruxsat berilishi kerak.

2. Xalqaro talabalar AQShda nechi soat ishlashlari mumkin?
F-1 vizaga ega talabalar haftasiga maksimum 20 soatgacha ishlashlari mumkin. Ta'til vaqtida esa haftasiga 40 soatgacha ishlashga ruxsat etilgan.

3. AQShda xalqaro talaba sifatida qancha ishlab topish mumkin?
2023-yil mart oyi holatiga ko'ra, xalqaro talabalar yiliga o'rtacha 25-35 ming AQSh dollari ishlab topishlari mumkin. Bu, albatta, talabalaning tajribasi, bajarayotgan ishi, va joylashuviga bog'liq. Talabalarga soatiga kamida 7 AQSh dollari, o'rtacha holatda esa 15 AQSh dollari beradigan ishlar taklif qilinadi. Shunday qilib, talabalar maksimal haftasiga 950 dolllargacha, oyiga esa 4000 dollargacha ishlab topishlari mumkin (agar haftasiga 40 soatdan ishlasa).

4. AQShda talaba qanday ishlarda ishlashi mumkin?
Talabalar ko'p holatlarda kampusda ishlashga ruxsat etilgan. Kampusdagi turli ishlarda soatiga o'rtacha quyidagicha haq olish mumkin:
- Campus Ambassador: 10,94 dollar
- Barista: $11,59
- Teaching Assistant: $11,85
- Library Assistant: $13,24
- Receptionist: $13,31
- Research study assistant: $15,48
- Department Assistant: $16,44
- Food runner or catering assistant: $16,81
- Sales assistant: $20
- Tutor or peer mentor: $21,31

Kampusdan tashqaridagi ishlar uchun ham, ish turi va talabaning ko'nikmasiga qarab, 7 dollardan 23-24 dollargacha haq to'lanishi mumkin.

5. AQShda xalqaro talabalar qanday ish topishlari mumkin?
Ish topish uchun quyidagi tashkilotlarga murojaat qilish mumkin:
1) Career Services Office. Har bir universitetda mavjud bo'lib, ular odatda talabalarni ish bilan ta'minlash bilan shug'ullanadi.
2) University Departments. Universitet kafedralarida talabalar uchun odatda bir qancha ish vakansiyalari muvjud.
3) Onlayn platformalar. Talabalar kabi onlayn saytlar orqali kerakli vakansiyalarni topishi va ariza topshirishlari mumkin. Masalan, Careerghost.com, Mpowerfinancing.com, Team tailor.com. Ish topishning eng qulay usullaridan biri, har doimgidek, networking (tanish-bilish). Do'stlaringiz va yaqinlaringizdan ish topish imkoniyatlari haqida so'rab ko'rish orqali ham o'zingizga kerakli ishni topishingiz mumkin.

6. AQShda xalqaro talabalar qancha sarf xarajat qiladi?
Sarf xarajatlar talabaning ehtiyojiga qarab oyiga taxminan 1000-1500 AQSh dollarini tashkil qiladi. Taxminiy sarf xarajatlar haqida batafsil BU YERDA ma'lumot olishingiz mumkin.

@grantlar_namuna
3.4K viewsedited  14:32
Ochish/sharhlash
2023-03-04 17:31:00 Insho tanlovlari toʻplami

Insho tanlovlari – nafaqat qiziqarli, balki moddiy jihatdan manfaatli ham boʻlgan imkoniyatdir.

Baʼzi insho tanlovlari gʻoliblarga faqat sertifikat taqdim etsa, ayrimlari bir necha 10 ming dollardan xorijiy davlatga bepul sayohat qilish imkonini ham beradi.

Bugun hozirda ishlar qabul qilinayotgan insho tanlovlari toʻplamini eʼtiboringizga havola qilamiz.

Demak:

1. Goi Peace Foundation insholar tanlovi.
25 yoshgacha boʻlgan barcha qatnashishi mumkin.

Insholar “Youth Creating a Peaceful Future” mavzusida ingliz, fransuz yoki yapon tilida yozilishi mumkin.

Mukofot: diplom, sovgʻalar va pul mukofoti (740 dollargacha). Sovrinli oʻrinlar 60 ta.

Dedllayn:
15.06.2023

BATAFSIL

2. Worldwide Youth Multimedia Competition. 10-24 yoshli barcha qatnashishi mumkin. Tanlovga video, taqdimot yoki rasmlarga ega insholar (ingliz tilida) qabul qilinadi.

Mukofotlar: 9 nafar sovrindor uchun maxsus nishon, sertifikat va AQSHdagi lagerda bepul qatnashish imkoniyati.

Dedllayn: 31.03.2023

BATAFSIL

3. Peter Drucker Challenge. Talaba yoki mutaxassis kategoriyasi boʻyicha qatnashish mumkin (ingliz tilida). Sovrinli oʻrinlar 15 ta.

Mukofot: 2000 yevrogacha pul va Avstriyaga bepul sayohat.

Dedlayn: 31.05.2023

BATAFSIL

4. Atlas Shrugged Essay Contest. Oxirgi sinf/kurs oʻquvchilari, bakalavriat va undan keyingi bosqichlar talabalari ishtirok etishi mumkin.

Insholar “Atlas Shrugged” asari boʻyicha ingliz tilida yozilishi kerak.

Mukofot: 50 dollardan 10 ming dollargacha pul mukofoti. Sovrinli oʻrinlar 84 ta.

Dedlayn:
06.11.2023

BATAFSIL

5. ServiceScape Scholarship 2023. Universitet talabalari qatnashishi mumkin. Insholar ingliz tilida, yozma muloqotning muhimligi va yozuvchilikning ahamiyati haqida boʻlishi va 300 soʻzdan oshmasligi kerak.

Mukofot: 1000 AQSH dollari

Dedlayn: 30.11.2023

BATAFSIL

6. The Fountainhead Essay Contest. Maktabning yuqori sinf o'quvchilari, kollej/litsey oʻquvchilari qatnashishi mumkin. 800-1600 soʻzli insholar qabul qilinadi (ingliz tilida).

Mukofot:
50 dollardan 5000 dollargacha pul mukofoti. Sovrinli oʻrinlar 84 ta.

Dedlayn:
27.04.2023

BATAFSIL

7. Anthem Essay Contest. Maktabning 8-12-sinf oʻquvchilari va kollej/litsey oʻquvchilari qatnashishi mumkin. Insholar ingliz tilida yozilishi va 600-1200 soʻzdan tashkil topishi kerak.

Mukofot: 25 dollardan 2000 dollargacha pul mukofoti. Sovrinli oʻrinlar 84 ta.

Dedlayn:
27.04.2023

BATAFSIL

8. Ocean Awareness Contest. 11-18 yoshli barcha qatnashishi mumkin.

Tanlovda 6 nominatsiya, jumladan ijodiy yozma ish (ingliz tilida) nominatsiyasi bor.

Mukofot: 100 dollardan 1500 dollargacha pul mukofoti

Dedlayn: 13.06.2023

BATAFSIL

9. IWSH Essay Scholarship Contest. Insholar ingliz tilida, 800-1600 soʻzdan iborat boʻlishi kerak.

Universitet talabalari va maktab, kollej hamda litseyning oxirgi sinf/kurs oʻquvchilari qatnashishi mumkin.

Mukofot: 2000 dollargacha pul mukofoti

Dedlayn: 28.04.2023

BATAFSIL

10. The Geneva Challenge 2023. Tanlovda magistratura talabalari 3-5 kishilik jamoa boʻlib qatnashadi.

Tanlovda ingliz yoki fransuz tilida yolgʻizlik muammolari boʻyicha loyiha (yechim) yoziladi.

Mukofot: 11 000 dollargacha pul va Shveytsariyaga bepul sayohat

Dedlayn: 23.04.2023

BATAFSIL

11. Tom Howard/John H. Reid Fiction & Essay Contest. Istalgan yoshdagilar qatnashishi mumkin.

6000 so'zdan oshmagan insho va hikoyalar (ingliz tilida) qabul qilinadi.

Mukofot: 3000 dollar va boshqalar

Dedlayn: 30.04.2023

BATAFSIL

12. WTO Essay Award for Young Economists. PhD darajasiga ega nomzodlar qatnashishi mumkin.

Insholar ingliz tilida, savdo siyosati va xalqaro savdo hamkorligi muammolari haqida boʻlishi kerak.

Mukofot: 5400 dollar va Britaniyaga bepul safar

Dedlayn: 02.06.2023

BATAFSIL

13. JASNA Essay Contest. Maktab, kollej/litsey oʻquvchilari va barcha bosqich talabalari qatnashishi mumkin.

Insholar Jeyn Ostin ijodiga bagʻishlangan va ingliz tilida boʻlishi kerak.

Mukofot: 9 nafar gʻolib uchun 1000 dollargacha pul va boshqalar

Dedlayn: 01.06.2023

BATAFSIL

@grantlar_namuna
6.5K viewsedited  14:31
Ochish/sharhlash
2023-03-04 08:01:03
Janubiy Koreyaga vizalarimiz chiqishda davom etmoqda!

Siz ham shu o'quvchilarimiz safida bo'lishni xohlaysizmi? Unda 6-mart kunigacha bo'lib o'tadigan aksiyamizda ishtirok etishingiz mumkin!

Aksiya shartlari:
Firma tomonidan Universitet uchun kerakli  barcha xujjatlar bepul tayyorlab beriladi. (Apostil, tarjima, pochta xizmatlari) 
Janubiy Koreyaga borgach turar joy va ish bilan ta'minlanish borasida yetarlicha yordam ko'rsatiladi.
Dasturlar: Til kursi, bakalavr, magistratura  
Akademik talab: Topik 2, IELTS 5.5        

Firma to'lovi 3 mln so'm faqat natijadan keyin qilinadi.

Bu aksiyamiz tugashiga 2 kun qoldi, hoziroq aloqaga chiqib bu imkoniyatdan foydalanib qolishingiz mumkin!!

Batafsil ma'lumot uchun:
Telefon: 
+998938228186 
     Online:
@N1_Administration
@N2_Administration

Smart konsulting
2.4K views05:01
Ochish/sharhlash