Get Mystery Box with random crypto!

JACAFA dasturiga qabul boshlandi: oʻtgan yilgi kabi noaniqlikl | Hujjat topshirish jarayonlari

JACAFA dasturiga qabul boshlandi: oʻtgan yilgi kabi noaniqliklar mavjud

Bu qanday dastur?
JACAFA – hozirda (2023-yil mart oyi holatiga koʻra) bakalavriatning 2-kursida oʻqiyotgan talabalarni 2 yil davomida oyiga 110 AQSH dollari stipendiya bilan taʼminlovchi dastur.

Noaniqlik nimadan iborat?
Bu dastur bir necha yillardan beri mavjud. Dastlab qabul eʼlon qilinganda nomzodlarga qoʻyilgan talablar juda aniq qilib yozilardi. Masalan, faqat Toshkent shahrida joylashgan OTMlar talabalari ariza berishi mumkin, deb.

Lekin oʻtgan yili bunday aniq talab yozilmadi va shunchaki, tegishli davlatlardagi(Oʻzbekiston ham bor) universitet talabalari ariza topshirishi mumkin, deb yozildi rasmiy eʼlonda. Natijada Toshkent shahridan boshqa hududlarda joylashga OTM talabalari ham ariza topshirdi.

Lekin ularga bu dastur faqat Toshkent shahridagi OTMlarda oʻqiydigan talabalar uchun moʻljallangani haqida xabar berilib, arizalari koʻrib chiqilmadi.

Bu yilgi rasmiy eʼlonda yana shu holga duch kelinmoqda: umumiy qilib, qaysi davlatlarning (Oʻzbekiston ham bor) talabalari ariza topshira olishi keltirilgan. Lekin faqat Toshkent sharidagi OTM talabasi boʻlish kerakmi yoki boshqa hududlarda joylashgan OTM talabalari ham ariza topshira oladimi, aniq maʼlumot berilmagan.

Bu noaniqlikni qanday aniqlashtirsa boʻladi?
Dastur tashkilotchilariga murojaat qilish orqali aniqlashtirish mumkin. Biz bugun tashkilotchilarga bu masala boʻyicha email yozdik. Javob qilishlari bilan (agar javob qilishsa), bu haqida kanalda maʼlumot beramiz.

Dastur boʻyicha manbalar:

JACAFA stipendiyasi haqida batafsil maʼlumot

2021-yilgi gʻolib talabaning shu dasturga topshirgan hujjatlari

2020-yilgi gʻoliba talabaning shu dasturga topshirgan hujjatlari

Shu dasturni yutgan talaba bilan suhbat

@grantlar_namuna