Get Mystery Box with random crypto!

Ayol-qizlar uchun maxsus grantlar Barcha ayol-qizlarni bugung | Hujjat topshirish jarayonlari

Ayol-qizlar uchun maxsus grantlar

Barcha ayol-qizlarni bugungi bayram bilan tabriklaymiz!

Kichik sovgʻa sifatida ayol-qizlar uchun maxsus moʻljallangan grantlar roʻyxatini taqim etamiz.

Eslatma: quyida keltirilgan ayrim grantlarga bu yilgi qabul tugagan yoki hali boshlanmagan. Bunday dasturga keyingi qabulda ariza topshirishingiz mumkin.

1. Helmut Veith Stipend dasturi. Bu dastur ayol-qizlarga Vena texnologiya universitetida magistratura bosqichini o'qish uchun grant taklif qiladi.

Grant imkoniyatlari:
- Kontrakt summasidan to'liq ozod qilinadi.
- Yiliga 6000 yevro stipendiya beriladi.

O'qish ingliz tilida bo'ladi. Dedlayn: 2023-yil 30-noyabr.

Helmut Veith Stipend dasturi haqida batafsil

2. AAUW International Fellowships dasturi. Bu dastur AQSHda magistratura, doktoranturada o’qish va postdoktorlik tadqiqoti uchun ayol-qizlarga 50 000 dollargacha grant ajratadi.

Dasturga qabul har yili avgust oyi boshlaridan noyabr oyi o'rtalarigacha davom etadi.

AAUW International Fellowships dasturi haqida batafsil

3. Eria Fransic Davies Scholarship dasturi. Bu dasturni Britaniyada joylashgan Swansea universiteti taklif etadi.

Dastur shu universitetdagi Health and Life Sciences fakultetidagi magistratura yo'nalishlardan biriga o'qishga kirgan ayol-qizlarning 1 nafariga kontrakt summasini to'liq qoplab beradi.

Dedlayn:
2023-yil 28-may.

Eria Fransic Davies Scholarship dasturi haqida batafsil

4. TechGirls yozgi oromgoh dasturi. Bu dastur 15-17 yoshli qizlarga AQSHda 1 oylik yozgi oromgohda tahsil olish imkonini beradi.

Qizlar texnologik kompaniya va yetakchi muassasalarga tashrif buyuradi, jamoat xizmatlari va madaniy tadbirlarda ishtirok etishadi.

Dastur AQSHga borish-kelish, turar joy, oziq-ovqat, o'qish va boshqa barcha xarajatlarni to'liq qoplaydi.

Bu dasturga hujjatlar odatda har yili 15-noyabrdan yanvar oyi o'rtalarigacha qabul qilinadi.

TechGirls yozgi oromgoh dasturi haqida batafsil

5. TechWomen dasturi. Dastur ayol-qizlarga AQSHning San-Fransisko va Vashington shaharlarida 5 haftalik shaxsiy rivojlanish mashgʻulotlarini taklif qiladi.

Dastur ishtirokchilarning AQSHga borish-kelish, mashg'ulotlar, turar joy, oziq-ovqat kabi barcha xarajatlarni qoplab beradi.

Dasturga arizalar har yili odatda may yanvar oyi o'rtalarigacha qabul qilinadi.

TechWomen dasturi haqida batafsil

6. SUSIs for Young Women Leaders dasturi. Bu – AQSHda boʻlib oʻtadigan 4 haftalik yetakchilik dasturidir.

Dastur ma’ruzalar, seminarlar, taqdimot, munozara va boshqa masgʻulotlardan iborat boʻladi.

Dasturga bakalavriatning 1, 2 yoki 3-kursida oʻqiyotgan 18-25 yoshli ayol-qizlar qatnashishi mumkin.

Dasturga qatnashish bilan bogʻliq barcha xarajatlar toʻliq qoplanadi.

Arizalar qabuli har yili noyabr oʻrtalarida boshlanib, dekabr oxirlarida tugaydi.

SUSIs for Young Women Leaders dasturi haqida batafsil

7. Oksford universitetining Executive MBA Scholarships for Women dasturi. Dastur Executive MBA kursida o'qishni xohlagan ayol-qizlar uchun 2 xil grantni taklif qiladi:

a) The Forté Foundation Fellowships for Women: kontrakt summasidan 30 000 funt-sterling chegirma qilinadi; joy – 1 ta.
b) The Oxford Executive MBA Scholarship for Women: kontrakt summasidan 50 foiz chegirma qilinadi; joy – 1 ta.

Dedlayn: 2023-yil 3-aprel.

Executive MBA Scholarships for Women dasturi haqida batafsil

8. Simmons universiteti grantlari. AQSHda joylashgan Simmons universiteti bakalavriat bosqichiga faqat ayol-qizlarni qabul qiladi.

Bu universitetda ayol-qizlarning bakalavriatda oʻqishi uchun toʻliq va qisman grantlarni taklif qiladi.

Arizalar har yili 1-dekabr yoki 1-fevralgacha qabul qilinadi.

Simmons universiteti to'liq grantlari

Simmons universiteti qisman grantlari

9. Inspiring Women in Science awards. Bu mukofotlar ilm-fandagi tadqiqotchi ayol qizlarga mo'ljallangan.

Mukofot egalari:
– 50 ming dollar;
– Londonga bepul sayohat imkoni bilan taqdirlanadi.

Dedlayn: 2023-yil 9-may.

Inspiring Women in Science awards haqida batafsil

@grantlar