Get Mystery Box with random crypto!

​#bepul_oliygohlar Bugun Germaniyaning Gamburg shahrida joyla | Hujjat topshirish jarayonlari

​#bepul_oliygohlar

Bugun Germaniyaning Gamburg shahrida joylashgan va oʻqish bepul boʻlgan Gamburg universiteti haqida maʼlumot beramiz. Universitetga 1919-yil asos solingan boʻlib, hozirda mazkur oliygohda 50 mingga yaqin talaba tahsil oladi.

Taʼkidlash joizki, Gamburg universitetining xalqaro reytingi anchagina baland – THE tizimiga koʻra, dunyo oliygohlari orasida 128-oʻrindan joy olgan (2023-yil holati boʻyicha).

Xarajatlar

– Universitetdagi deyarli barcha yo'nalishlarida o'qish uchun taʼlim haqi (Tuition Fee) toʻlanmaydi, yaʼni oʻqish bepul (faqat ayrim yoʻnalishlardagina taʼlim haqi mavjud).

– Biroq talabalar har semestrda 289,9 yevro (2023-yil mart oyi holatiga koʻra) semestr badali (Semester Contribution) toʻlashi kerak.

– Bundan tashqari, talabalar har semestr maʼmuriy xarajatlar uchun 50 yevro miqdorida haq ham toʻlashi kerak.

Oʻqish tili va yoʻnalishlar

Gamburg universitetidagi barcha bakalavriat dasturlari nemis tilida olib boriladi. Shu sababli, ushbu universitetning bakalavrlik bosqichida oʻqimoqchi boʻlganlar nemis tilini bilishi va qabul jarayonida nemis tilini bilish darajasini isbotlovchi sertifikat taqdim qilishi lozim.

Bakalavriat uchun nemis tiliga qoʻyilgan talablar bilan batafsil SHU YERDA tanishing.

Bakalavriatga oid maʼlumotlar:
– hujjat topshirish jarayoni haqida;
– bakalavriat yoʻnalishlari roʻyxati.

Magistratura bosqichida nemis tilida oʻqitiladigan dasturlar ham, ingliz tilida oʻqitiladigan dasturlar ham mavjud. Ayrim dasturlarda oʻqish uchun esa har ikkala tilni bilish talab etiladi.

Ingliz tilida oʻqish mumkin boʻlgan magistrlik kurslarini SHU YERDAN koʻrib olishingiz mumkin.

Nemis tilida oʻqitiladigan magistrlik kurslari uchun kerakli til sertifikatlari va ularga qoʻyilgan talablar bilan SHU YERDA tanishing.

Ingliz tilida oʻqitiladigan magistrlik kurslari uchun ingliz tilini bilish darajasini isbotlovchi hujjat (IELTS, TOEFL) topshirilishi lozim. Til sertifikati ballariga qoʻyilgan talab yoʻnalishga qarab farq qiladi (yoʻnalishga qarab IELTS 6.0 yoki 6.5 yoxud 7.0 talab etilishi mumkin). Til darajasiga qoʻyilgan talabni aniq bilib olish uchun kerakli dasturni tanlab, so'ng dastur talablari bilan tanishib chiqish lozim.

Qabul muddatlari

Hujjatlar qabuli odatda qishki semestrdan oʻqishni boshlash uchun 15-fevraldan 31-martgacha (ingliz tilidagi magistrlik dasturlariga) yoki 1-iyundan 15-iyulgacha; yozgi semestrdan oʻqishni boshlash uchun esa 1-dekabrdan 15-yanvargacha davom etadi.

Xalqaro magistrlik dasturlarida hujjat qabul qilish muddatlari farq qiladi. Qabul muddatlari haqida batafsil SHU YERDA tanishing.

Savolim bor edi, sizlardan soʻrasam boʻladimi?

Afsuski, bu borada alohida savollarga javob bera olmaymiz. Universitet saytida barcha maʼlumotlar berilgan. Savollaringiz boʻlsa, saytga kirib, mustaqil javob topishingiz mumkin.

@grantlar_namuna