Get Mystery Box with random crypto!

Sudlanmaganlik haqidagi maʼlumotnoma qanday olinadi? Baʼzi gr | Hujjat topshirish jarayonlari

Sudlanmaganlik haqidagi maʼlumotnoma qanday olinadi?

Baʼzi grant dasturlarida nomzoddan sudlanmaganlik haqidagi maʼlumotnoma ham topshirish soʻraladi.

Bu hujjat ingliz tilida "Police Clearance", "Police Clearance Certificate", "Criminal Record Certificate" yoki "Certificate of Criminal Record" deb ataladi.

Mazkur hujjatni qayerdan va qanday olish mumkin?

Buning 2 usuli bor:

1-usul. Istalgan tumandagi Davlat xizmatlari markaziga pasportingiz bilan borasiz va sudlanmaganlik haqida maʼlumotnoma olish uchun kelganingizni aytasiz. Xodim maʼlumotnomani olish yuzasidan arizani toʻldirib beradi.

Keyin BHMning 3% miqdorida toʻlov qilinadi.

Soʻng 2 ish kuni ichida maʼlumotnoma tayyor boʻladi. Borib, olib kelaverasiz.

Agar siz boshqa viloyatda oʻqiyotgan boʻlsangiz maʼlumotnomani olish uchun oʻzingizning viloyatga borishingiz shart emas. Oʻqiyotgan viloyatingizdagi istalgan Davlat xizmatlari markazidan mazkur maʼlumotnomani olishingiz mumkin.

Masalan, asli navoiyliksiz, lekin Toshkentda oʻqiysiz. Shunda Toshkentdagi istalgan Davlat xizmatlari markazidan olaverasiz.

2-usul: Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali onlayn tarzda oʻzingiz mustaqil olishingiz mumkin. Bunda maʼlumotnoma taxminan yarim soatda tayyor boʻladi.

Bu uchun:
– Portalga kirasiz.
– Kirish tugmasini bosib, OneID orqali (agar OneID boʻlsa) tizimga kirasiz. OneID boʻlmasa, roʻyxatdan oʻtasiz.
– Keyin portaldagi xizmatlar roʻyxatidan Maʼlumotnomalar boʻlimi tanlaysiz.
– Sudlanmaganlik (yoki sudlanganlik) toʻgʻrisida maʼlumotnoma boʻlimiga kirasiz.
– Xizmatdan foydalanish tugmasini bosasiz va kerakli maʼlumotlarni kiritasiz.
– To'lovni amalga oshirasiz (Upay, Payme yoki Click ilovalari orqali).

Qiziq holat

Aslida dasturlar sizning sudlanmaganligingizni isbotlovchi maʼlumotnomani soʻraydi. Lekin bu hujjat Oʻzbekistonda “Sudlanganlik haqida maʼlumotnoma” deyiladi.

Nomi shunaqa vahimali boʻlsa ham, mana shu hujjat sizning sudlanmaganligingizni isbotlovchi maʼlumotnoma hisoblanadi (agar sudlanmagan boʻlsangiz).

Shu sababli maʼlumotnomada “Sudlanganlik haqida” soʻzini koʻrib, qoʻrqib ketmang.

BU YERDAGI rasmda sudlanmaganlikni tasdiqlovchi maʼlumotnoma keltirilgan. Rasm bir oz tartibsiz yerda olingan, lekin koʻrib olishga boʻlaveradi: boriga baraka ;)

@grantlar_namuna