Get Mystery Box with random crypto!

1400 dollarlik yordam taqdiri nima bo'ldi? Prezident Jo Bayde | Vashington kundaligi

1400 dollarlik yordam taqdiri nima bo'ldi?

Prezident Jo Bayden Oq uyga kelishi bilan yanvarda berilgan 600 dollarlik yordamga qo'shimcha ravishda har bir amerikalik va doimiy rezidentga yana bir marta $1400 dan pul jo'natilishini va'da qilgan edi.

Ayni paytda shu va boshqa moliyaviy yordam dasturlarini o'z ichiga olgan byudjet loyihasi ustida Kongressdagi muxolif respublikachilar bilan muzokaralar davom etyapti.

Oxirgi xabarlarga ko'ra, 1400 dollarlik yordam summasida o'zgarish yo'q, ammo uni oladiganlar toifasi torayishi mumkin. Avvalgidek, yillik daromadi $75 000 gacha bo'lganlar emas, balki faqat $50 000 gacha bo'lganlar bu to'liq summani olishi taklif qilinyapti. Oilalar uchun esa yillik umumiy daromad 100 ming dollardan oshmasligi kerak.

Daromadi yuqoridagi summalardan ko'proq bo'lganlar ham yordam puli oladi, ammo miqdori kamayadi.

Bolalar uchun beriladigan yordam miqdori ham kattalarniki bilan bir xil, ya'ni bu masalada hozircha o'zgarish yo'q.

Prezident Bayden va demokratlar mart o'rtalarigacha ushbu yordam dasturlarini o'z ichiga oluvchi qonun qabul qilinishini aytmoqda. Chunki aynan mart oxiriga borib hozirgi federal ishsizlik nafaqalarini berish to'xtatiladi. Yangi qonunda bu nafaqalarni uzluksiz sentabrgacha davom ettirish ko'zda tutilgan.

@bmamadiev