Get Mystery Box with random crypto!

Senatda Trampning aybi tasdiqlanmadi AQSh Senatida Tramp usti | Vashington kundaligi

Senatda Trampning aybi tasdiqlanmadi

AQSh Senatida Tramp ustidan boshlangan sud tugadi. Trampni g’alayonga undashda aybdor deb topish uchun yetarli ovoz to’planmadi: 57 senator Trampni aybdor deb ovoz berdi, 43 tasi aybsiz deb topdi.

Eslatib o’tamiz, Tramp aybdor deb topilishi uchun senatorlarning kamida uchdan ikki qismi, ya’ni 67 tasi aybdor deb ovoz berishi kerak edi. Ovozlar soni bu miqdorga yetmadi.

Lekin shunisi ahamiyatliki, respublikachi senatorlarning yettitasi Trampni aybdor deb topish bo’yicha demokratlarga qo’shildi. Bu tarixiy ko’rsatkich. Lekin bu sobiq prezidentni aybdor deb e’lon qilish uchun kamlik qildi.

Senatda ovoz berish tugashi bilan Tramp bayonot chiqarib, “Amerikani Yana Buyuk Qilishga qaratilgan tarixiy, go’zal va vatanparvar harakatimiz endigina boshlandi”, deb aytdi. 2024-yilgi prezidentlik saylovida u yana nomzodini qo’yishi mumkin.

Senatda kechgan jarayon haqida bugun hamkasbim Shohruh Hamro bilan o’zaro suhbat ham o’tkazgan edim.

Xullas, Donald Tramp ikki marta impichment qilingan prezident sifatida tarixda qoladi.

@bmamadiev