Get Mystery Box with random crypto!

Kamala Harris bugun qisqa muddat AQSh prezidenti bo’ldi Bugun | Vashington kundaligi

Kamala Harris bugun qisqa muddat AQSh prezidenti bo’ldi

Bugun AQSh tarixida ilk bor mamlakatni 1 soatu 25 daqiqa davomida ayol kishi boshqardi. Prezident Jo Bayden kolonoskopiya muolajasini o’tayotganda, anesteziya ostida bo’lgan paytda vakolatlarini Vitse-prezident Kamala Harrisga topshirgan.

Shu tariqa, Harris AQShning vaqtincha prezidenti bo’lgan ilk ayolga aylandi.

Tushdan keyin Bayden vakolatlarini qayta qo’lga olgan. Oq uy tibbiy ko’rik muvaffaqiyatli yakunlaganini ma'lum qildi.

AQSh konstitutsiyasida prezident vakolatlarini bajara olmagan taqdirda hokimiyatni topshirish jarayoni belgilangan. Prezident va vitse-prezidentga biror kor-hol bo'lsa, Vakillar palatasi spikeri davlat rahbariga aylanadi.

Kamala Harris – AQShning ilk ayol vitse-prezidenti. Mamlakatning qariyb 250 yillik tarixida ayol kishi prezidentlikka saylangan emas.

Manba: Amerika ovozi

@bmamadiev