Get Mystery Box with random crypto!

#Diqqat! Аziz yoshlar, “O'zbekiston yoshlari forumi — Turki | Vashington kundaligi

#Diqqat!

Аziz yoshlar, “O'zbekiston yoshlari forumi — Turkiya” sizlarni kutmoqda

Butun O'zbekiston bo'ylab tashkil etilayotgan O'zbekiston yoshlari forumi-2021 doirasida 18-dekabr Shanba kuni Istanbul shahrida “O'ZBEKISTON YOSHLARI FORUMI — TURKIYA” boʼlib oʼtadi.

Forum Turkiyadagi o'zbekistonlik yoshlarimiz tomonidan Yoshlar ishlari agentligi hamda Oʼzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi Turkiya vakilligi hamkorligida tashkil etilmoqda. Loyiha “Yangi O'zbekiston - Yangi g'oyalar” shiori ostida oʼtkaziladi.

Sizni bir-biridan qiziqarli loyihalar, tanlovlar, aksiyalar va taqdimotlar kutmoqda, shuningdek, iqtidorli yoshlarni izlab topish va kadrlar zahirasini yaratish maqsadida vazirlar va yoshlar uchrashuvlari va turli koʼrgazmalar namoyish etiladi.
Forum doirasida oʻzbekistonlik mashhur sanʼatkorlar ishtirokidagi gala-konsert oʻrin olgan.

Hoziroq ro'yxatdan o'ting. Biz sizni kutamiz!

Ro'yxatdan o'tish https://bit.ly/3EprOpz
___
t.me/turkiyadagiyoshlar