Get Mystery Box with random crypto!

Qatar poytaxti Doxada AQSh va Tolibon rasmiylari ikki kunlik u | Vashington kundaligi

Qatar poytaxti Doxada AQSh va Tolibon rasmiylari ikki kunlik uchrashuv o'tkazdi. Iqtisodiy, ijtimoiy, gumanitar, ta'lim va xavfsizlikka oid masalalar muhokama qilingani aytilmoqda. Tomonlar bundan buyon qanday hamkorlik qilish yoki qilmaslik haqida gaplashib olgan bo'lsa ajab emas.

Tolibon xorijda muzlatib qo'yilgan Afg'oniston hukumati mablag'larining hech qanday shartlarsiz Tolibonga qaytarilishini talab qilmoqda. AQSh esa Afg'onistonga ko'rsatilayotgan gumanitar yordam dasturlariga to'siq qo'yilmasligini, lekin sanksiyaga tutilgan shaxslar va tashkilotlarga mol-mulk qaytarilmasligini aytmoqda.

AQSh xorijiy banklarda saqlanadigan 9,5 milliard dollarlik Afg'oniston pulini muzlatib qo'ygan.

@bmamadiev