Get Mystery Box with random crypto!

​​​​#tavsiya Bola nega duduqlanadi? Duduqlanish bolalar oras | Attestatsiya | O‘qituvchilar uchun

​​​​#tavsiya

Bola nega duduqlanadi?

Duduqlanish bolalar orasida ko‘p tarqalgan kasallik. 1 yoshda tilga kirib boshlagan bola 3 yoshga yetmasdan ota-onaning qattiqqo‘lligi, qo‘rqitish( qorong‘i xonaga qamab qo‘yishi va h.k) yoki tarbiyalashning boshqa og'ir usullari sababli bola nutq ravonligini yo‘qotadi va duduqlanib gapira boshlaydi.

Bosh miyada nutq uchun javob beradigan 7 ta markaz bor. Bu markazlar 7 yoshgacha rivojlanib va shakllanib boradi. Shuning uchun ham duduqlanish 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarda ko‘p uchraydi. Demak, shu yoshgacha bo‘lgan bolalar bilan juda ehtiyot bo‘lib muloqotda bo‘lish, rivojlanib kelayotgan nutq markazlariga jiddiy ziyon yetkazadigan hatti-harakatlarga aslo yo‘l qo‘ymaslik kerak.                                                                                                                          
Bolani duduq qilib qo'ygach, uni turli xil shifokor va markazlarga olib borishdan avval bolaga o'tkazilayotgan ruhiy bosim miqdorini ham o'lchab ko'ring. Qolaversa, bu yerdagi jarayon ayol(ona)ga oila a'zolarining munosabati bilan ham muhim bo'lib, bolalar 7 yoshgacha hissiyot jihatidan o'z onasiga bog'langan bo'ladilar va uning nimani his qilishini kuchli sezadilar.                      

Bolalarni va onalarni asrang!