Get Mystery Box with random crypto!

Attestatsiya | O‘qituvchilar uchun

Telegram kanalining logotibi attestatuz — Attestatsiya | O‘qituvchilar uchun A
Telegram kanalining logotibi attestatuz — Attestatsiya | O‘qituvchilar uchun
Kanal manzili: @attestatuz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 43.39K
Kanalning ta’rifi

〽️ "AttestatUz" - Kasbiy yuksalishni istovchilar uchun
🤝 E'lon joylash: @Talimiyreklama

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

3

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 5

2024-05-23 08:57:11 FAN O'QITUVCHILARI EMAKTAB.UZ TIZIMIDA QANDAY TARTIBDA 4-CHORAKNI YOPISHLARI KERAK?

1-9- sinflar:

a) 0.5 va 1 soatlik darslar uchun:

3-4-chorak o'rtacha ballarining o'rtacha bahosi 4-chorak ustuniga kiritiladi;
yillik bahoga 2 va 4-chorak baholarining o'rtacha bahosi ko'chiriladi;
natija ustuniga yillik bilan imtixon bahosining o'rtacha bahosi natija ustuniga qo'yiladi.

b) 2 va undan ortiq soatli dars uchun:

4-chorakda "Kundalik" elektron sinf jurnalida ko'rsatilgan o'rtacha ballga asoslangan holda o'rtacha baho yillik ustuniga qo'yiladi;
imtixon yo'q  fanlar barchasi imtixon ustuniga "X" belgisi(avtomatik qo'yiladi) qo'yishadi;
natija ustuniga yillik ustunidagi baho ko'chiriladi. Imtixon bo'lsa, yillik bilan imtixon bahosini o'rtacha bahosi qo'yiladi

Attestatsiyadan test ishlovchi bot @Attestattestbot

Attestatsiyaga oid ma'lumotlarni
@AttestatUz   kanali orqali bilib boring
15.8K views05:57
Ochish/sharhlash
2024-05-22 20:09:01 Umumtaʼlim maktablarining bitiruvchilariga yuborib qo‘ying!

Yillik baho va yakuniy attestatsiya natijalariga ko‘ra, umumiy o‘rta ta’lim davlat ta’lim standartlari talablarini bajarmay, “qoniqarsiz” baho olgan bitiruvchilar shu sinfda qayta o‘qishga qoldiriladi.

Bir yoki ikki fandan o‘tkazilgan imtihonda qoniqarsiz baho olgan bitiruvchilarga oxirgi imtihondan keyin ikki hafta o‘tgach qoniqarsiz baho olgan fanidan qayta imtihondan o‘tish huquqi beriladi.

Xalq ta’limi vazirining 56-sonli buyrug‘i

Attestatsiyadan test ishlovchi bot @Attestattestbot

Attestatsiyaga oid ma'lumotlarni
@AttestatUz   kanali orqali bilib boring
8.4K views17:09
Ochish/sharhlash
2024-05-22 18:05:16 Assalomu aleykum hurmatli kanalimiz a'zolari!!!!

Biz sizga bugungi kunda abiturientlar va o'qituvchilar orasida ommalashib borayotgan "ASTRON" - onlayn repetitor mobil ilovasini tavsiya qilmoqchimiz. Bu ilova Sizga Tarix va Huquqshunoslik fanlaridan attestatsiya sinovlariga va o'quvchilaringiz uchun universitetlarga kirish imtixonlariga tayyorlanishda katta yordam beradi.
Ushbu ilova orqali mavzularni savol-javob metodi orqali mukammal o'zlashtirishingiz mumkin.

Ilovada Sizga quyidagi qulayliklar taqdim etiladi:

Mavzulashtirilgan savollar - har bir mavzu bo'yicha tuzilgan savollar to'plami;

Reyting savollar - ma'lum bir darslikning barcha mavzularini o'z ichiga olgan savollar to'plami (Har to'plam 30 tadan, aralashgan savollardan iborat. Hech bir to'plam bir-birini takrorlamaydi);

Umumiy savollar - muayyan fanning barcha darslik va mavzularini o'z ichiga olgan savollar to'plami (Har to'plam 30 tadan aralashgan savollardan iborat. Hech bir to'plam bir-birini takrorlamaydi).

Xizmat litsenziya asosida amalga oshiriladi.

Bizning jamoa barchaga "ASTRON" - onlayn repetitor mobil ilovasini tavsiya etadi.

Ilovani yuklab olish https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.astrontest
5.3K views15:05
Ochish/sharhlash
2024-05-21 19:49:16 #yangilik

O‘qituvchilarga 40 foizgacha ustama beriladi

2024/2025 o‘quv yilidan boshlab o‘qitish va bilimni baholashning yangi tartibini samarali joriy etgan, o‘quvchilari ijobiy ko‘rsatkichlarni qayd etayotgan umumiy o‘rta ta’lim maktablari rahbariyati hamda o‘qituvchilariga ustama berish tartibini joriy etish belgilangan Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 6 maydagi 263-son qarori qabul qilindi.

Endilikda, mazkur qarorga muvofiq natijalarga qarab maktablarning rahbariyati hamda o‘qituvchilarning tarif stavkasiga nisbatan 40 foizgacha ustama beriladi.

Ustama olish tartibi bilan, ilovadagi Nizom orqali tanishishingiz mumkin.

Attestatsiyadan test ishlovchi bot @Attestattestbot

Attestatsiyaga oid ma'lumotlarni
@AttestatUz   kanali orqali bilib boring
9.0K views16:49
Ochish/sharhlash
2024-05-21 18:34:56
Sonning oxirgi ikki raqami. Ferma teoremasi. Eyler teoremasi.........

Ekub Ekuk ga doir sistemali misollar

Kombinatorika

Ehtimolliklar

Integral

Diffirensial tenglamalar

Attestatsiya imtihoniga kirgan har 10 ta matematikdan kamida 9 tasi yuqoridagi mavzularda muammoga duch kelgan bo'lsa ajab emas

Men Aslbek Fayziyev vazir jamg'armasi sohibi va Master darajadagi matematika fani o'qituvchisiman

Sizlarni 15-25-may kunlari yuqoridagi mavzular bo'yicha o'zimning telegram kanalimda bo'lib o'tadigan jonli darslarimga taklif qilaman

@fayziev_attestatsiya

Jonli darslarni o'tkazib yubormaslik uchun hoziroq telegram kanalimga obuna bo'ling
@fayziev_attestatsiya
@fayziev_attestatsiya
@fayziev_attestatsiya
6.7K views15:34
Ochish/sharhlash
2024-05-21 17:33:26 ​​​​#tavsiya

Bola nega duduqlanadi?

Duduqlanish bolalar orasida ko‘p tarqalgan kasallik. 1 yoshda tilga kirib boshlagan bola 3 yoshga yetmasdan ota-onaning qattiqqo‘lligi, qo‘rqitish( qorong‘i xonaga qamab qo‘yishi va h.k) yoki tarbiyalashning boshqa og'ir usullari sababli bola nutq ravonligini yo‘qotadi va duduqlanib gapira boshlaydi.

Bosh miyada nutq uchun javob beradigan 7 ta markaz bor. Bu markazlar 7 yoshgacha rivojlanib va shakllanib boradi. Shuning uchun ham duduqlanish 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarda ko‘p uchraydi. Demak, shu yoshgacha bo‘lgan bolalar bilan juda ehtiyot bo‘lib muloqotda bo‘lish, rivojlanib kelayotgan nutq markazlariga jiddiy ziyon yetkazadigan hatti-harakatlarga aslo yo‘l qo‘ymaslik kerak.                                                                                                                          
Bolani duduq qilib qo'ygach, uni turli xil shifokor va markazlarga olib borishdan avval bolaga o'tkazilayotgan ruhiy bosim miqdorini ham o'lchab ko'ring. Qolaversa, bu yerdagi jarayon ayol(ona)ga oila a'zolarining munosabati bilan ham muhim bo'lib, bolalar 7 yoshgacha hissiyot jihatidan o'z onasiga bog'langan bo'ladilar va uning nimani his qilishini kuchli sezadilar.                      

Bolalarni va onalarni asrang!
6.5K views14:33
Ochish/sharhlash
2024-05-21 16:03:35

Matematika fanidan Noldan Milliy Sertifikat guruhlariga

O'qituvchilar
Talabalar
10-sinf o'quvchilarini
Darslarimizga taklif qilamiz

Darslarni 8 yillik tajribaga ega o'qituvchimiz
Qodirov Ma`ruf ustozimiz olib boradi!


10 kunlik bepul Sinov darslariga qatnashish uchun quyidagi link orqali yopiq guruhimizga qo'shiling

https://t.me/+Kga673Dthk84Yzky
https://t.me/+Kga673Dthk84Yzky
https://t.me/+Kga673Dthk84Yzky
6.0K views13:03
Ochish/sharhlash
2024-05-21 12:04:35 OSON TUTMANG

Tunlar bedor izlar nur ziyo,
Igna bilan choh qazib, go‘yo,
O‘ttiz bola, o‘ttiz hil dunyo,
Oson tutmang o‘qituvchiga.

Taraqqiyot yo‘lida ma’mnun,
El, yurt uchun ishlar tunu kun,
Ma’sul ular kelajak uchun
Oson tutmang o‘qituvchiga.

Maktab ulug‘ -qo‘rg‘onim desa,
Ilmim yuksak -parvozim desa
Quvnang bola ustozim desa,
Oson tutmang o‘qituvchiga.

O‘qib, o‘rgan deydi u takror,
Mehri daryo, qalbi ulug‘vor,
Gʻiybat qilmang ortidan bekor,
Oson tutmang o‘qituvchiga.

Olyaptiku oyligin deya,
Ko‘z ostidan qaramang qiya,
Shovqinlarda shovullar miya,
Oson tutmang o‘qituvchiga.

''Bizlar uchun tarbiya -hayot,
Yo halokat yoki bir najot,,
Avloniydan qolgan bu bayot,
Oson tutmang o‘qituvchiga.

O‘tar dunyo, o‘tadi umr,
Topsin ahir halovat huzur,
Aytdim qo‘ydim ming bora uzr,
Oson tutmang o‘qituvchiga.
         
Xurshid Karim

Attestatsiyadan test ishlovchi bot @Attestattestbot

Attestatsiyaga oid ma'lumotlarni
@AttestatUz   kanali orqali bilib boring
9.7K views09:04
Ochish/sharhlash
2024-05-20 17:04:19
Boshlangʻich taʼlim va Ona tili adabiyot ustozlari uchun Milliy sertifikatga tayyorlov kurslari


Ona tili oʻqituvchilari A daraja 60+ ball uchun 50% ustama

Boshlangʻich taʼlim ustozlari 46+ ball uchun 20% ustama olishlari mumkin


Bizda Milliy sertifikat darslarida

Grammatika

Esse yozish sirlari

Matn ustida ishlash

Badiiy asarlar

Gʻazal tahlili oʻrgatiladi

Darslar -maydan

Oylik toʻlov :50.000

Butun kursga toʻlash: 229000

Kurs 5 oy

Murojaat uchun

@Nasibabdullayeva




https://t.me/attestatsiya2024Nasiba
8.9K views14:04
Ochish/sharhlash
2024-05-19 06:42:02 HAZIL SHEʼR

Erta tongda qo‘ng‘iroq,
Dugonam aytar mish-mish.
Xarakating qil o‘rtoq.
Komissiya kelarmish.

Tashla uying ishini,
Kundalik tashvishingni.
Axir sanchib nishini
Komissiya kelarmish.

Qozon-o‘choq yopib kel.
Ishxonaga chopib kel.
Baxonangni topib kel.
Komissiya kelarmish.

Xonangni qaytadan art.
Topib olmasin-a, gard.
Yaltirab turishi shart.
Komissiya kelarmish.

So‘zlarim quloqqa il.
Xujjatlarni tog‘day qil,
"Qog‘oz gapiradi" bil.
Komissiya kelarmish.

Qarab gapir ko‘zingga,
Extiyot bo‘l so‘zingga.
Qarshi qilma o‘zingga.
Komissiya kelarmish.

O‘lmaysan bo‘lsang qo‘rqoq.
Oq desa sen xam de: oq.
Vaziyatdan chiq o‘rtoq.
Komissiya kelarmish.

O‘tib olsang turib shay,
Bo‘lasan yengil, qushday.
E vox, qo‘rqinchli tushday.
Komissiya kelarmish.

Dilobar Urolova.
Oqqo‘rg‘on tumani,
13-sonli maktab kutubxona mudirasi.

Attestatsiyadan test ishlovchi bot @Attestattestbot

Attestatsiyaga oid ma'lumotlarni
@AttestatUz   kanali orqali bilib boring
13.4K views03:42
Ochish/sharhlash