Get Mystery Box with random crypto!

Attestatsiya | O‘qituvchilar uchun

Telegram kanalining logotibi attestatuz — Attestatsiya | O‘qituvchilar uchun A
Telegram kanalining logotibi attestatuz — Attestatsiya | O‘qituvchilar uchun
Kanal manzili: @attestatuz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 43.39K
Kanalning ta’rifi

〽️ "AttestatUz" - Kasbiy yuksalishni istovchilar uchun
🤝 E'lon joylash: @Talimiyreklama

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

3

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2024-05-30 05:03:48 O‘n sakkiz ming inson uyg‘onmas ekan!

Uyg‘ondingmi do‘stim?!
Ooo, tabriklarim!
Ming shukur salomat ekan jonu-tan…
Bugun bir qiziqdim,
Har tong ertalab,
O‘n sakkiz ming inson uyg‘onmas ekan!

Yomon tush ko‘rdingmi,
Bu emas qayg‘u!
Nimalar kirmaydi tushga…, – deganlar,
Tasavvur qilgina,
Millionlab bemor,
Tunlari bir chimdim uxlamaskanlar!

Dasturxon yozildi xonadoningda,
Qosh uyma, salgina suvi qochgan non,
Qaydadir o‘qidim,
Bir burda nonga,
Zor ekan bir million sakkiz yuz inson.

Bolalar shovqini yoqmas quloqqa,
Shukur qil,
Ulg‘ayib qoldilar ancha,
Eh do‘stim, nolima, yorug‘ olamda,
Tirnoqqa zor bo‘lib yurganlar qancha…

Ming shukur,
Yurting tinch,
Ro‘zg‘oring butun,
Tomoqdan suv o‘tar, ko‘zlaring ravshan…
Bilmasang bilib qo‘y,
Minglab musofir,
Sen tepgan tuproqni topmay…
Yig‘larkan!

MALIKA SALIMOVA

Attestatsiyadan test ishlovchi bot @Attestattestbot

Attestatsiyaga oid ma'lumotlarni
@AttestatUz   kanali orqali bilib boring
9.5K views02:03
Ochish/sharhlash
2024-05-29 20:20:21 11-sinflar uchun Ona tili va adabiyot fanidan imtihon oʻtkazish tartibi

11-sinfni tugatgan oʻquvchilar ona tili va adabiyot fanidan taʼlim dasturi boʻyicha maʼlum darajadagi kompetensiyalarga ega boʻladilar.

Oʻquvchilarning olgan bilim, koʻnikma va malakalarini aniqlash uchun 2023–2024-oʻquv yilida 11-sinflarda yakuniy imtihon yozma shaklda oʻtkaziladi. Har bir insho mavzulari ona tili va adabiyot fani boʻyicha umumtaʼlim maktablarning 5-11-sinflari mavzularini qamrab olgan.

Insho yozish uchun 120 daqiqa vaqt ajratiladi va maktab tomonidan oldindan tayyorlab (maktab shtampi bosilgan) qoʻyilgan 12 varaqlik daftarga yoziladi.

Attestatsiyadan test ishlovchi bot @Attestattestbot

Attestatsiyaga oid ma'lumotlarni
@AttestatUz   kanali orqali bilib boring
7.0K views17:20
Ochish/sharhlash
2024-05-29 18:41:01
Hoy, SIZ


ustozlari attestatsiyaga

tayyorlanib
natija

beradigan
kanalga a'zomisiz?

Kanaldagi BEPUL darslargachi, egamisiz?

Yo'qmi? Unda shunday xazinadan quruq qolayotgan ekansiz-da.

Hoziroq 
@habelonatili kanaliga ulaning va bepul darslarni qo'lga kiriting.

Kanal xazinasi


http://t.me/habelonatili
http://t.me/habelonatili
http://t.me/habelonatili
6.8K views15:41
Ochish/sharhlash
2024-05-29 17:05:12
Noutbuk kerakmidi? Mana sizga olam-olam noutbuk!

Noutbuk sotib olish bunchalik oson bo'lmagan. Shunchaki @noutbuk_noutbook_notebook_laptop kanalimizga obuna bo'ling, o'zingizga yoqqan noutbukni tanlang va qo'ng'iroq qiling!

Barcha turdagi ehtiyot qismlari ham mavjud

6, 12 oyga rasmiy daromadsiz bo'lib to'lashlikka ham o'zbekiston bo'ylab qiberamiz

Ha, albatta, bizda bepul yetkazib berish xizmati ham bor!

Kanalimizga o'tavering, kelishtirib beramiz:

@noutbuk_noutbook_notebook_laptop

+998970402661
       +998900562661

Adminga murojaat: @hero2424
6.8K views14:05
Ochish/sharhlash
2024-05-29 05:47:27 #eslatma

Maktab o‘quvchilarning taʼtil paytidagi xatti-harakatlari uchun ota-onalar javob beradi

Xalq taʼlimi vazirligining 2021-yil 22-fevral kungi 41-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan, sinf rahbari to‘g‘risidagi nizomga muvofiq taʼlim muassasasidan tashqarida darsdan keyingi va taʼtil paytidagi o‘quvchilarning xatti-harakatlari uchun amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ota-onalar javob beradi.

Sinf rahbarlari esa javobgarlikka tortilmaydi. Demak bunday holallarda nafaqat sinf rahbariga balki direktor o‘rinbosarlariga nisbatan ham intizomiy jazo choralari qo‘llanilmaydi.

Shuni ham unutmaslik kerakki, O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 73-moddasida ota-onalar farzandlarini tarbiyalashga masʼul ekanligi bayon etilgan. Ular farzandlarining salomatligi, aqliy, jismoniy, maʼnaviy va axloqiy rivojlanishi uchun g‘amxo‘rlik qilishlari shart.

Attestatsiyadan test ishlovchi bot @Attestattestbot

Attestatsiyaga oid ma'lumotlarni
@AttestatUz   kanali orqali bilib boring
13.4K views02:47
Ochish/sharhlash
2024-05-27 10:08:09 Uzrli sabablarga koʻra malaka (test) sinovlarida ishtirok eta olmagan pedagoglar 30-31-may kunlari attestatsiyadan oʻtkaziladi

Xabaringiz bor, joriy yilning 15-aprelidan 20-may kuniga qadar Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari pedagog kadrlari attestatsiyadan oʻtkazildi.

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomda pedagog kadrlar attestatsiyaning biror bosqichida uzrli sabab (vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligi, davlat yoki jamoat vazifalarini bajarganligi, respublika va xalqaro musobaqalarda ishtirok etganligi, vaqtincha xorijiy mamlakatda safarda boʻlganligi, yaqin qarindoshining vafoti, vakolatli davlat organi yoki taʼlim tashkilotlari rahbarlarining maʼlumotnomasida koʻrsatilgan boshqa asoslar)ga koʻra ishtirok eta olmagan boʻlsa, ularning attestatsiyasi boshqa muddatga koʻchirilishi belgilangan.

Shu munosabat bilan, uzrli sabablarga koʻra malaka (test) sinovlarida ishtirok eta olmagan pedagoglar uchun joriy yilning 30-31-may kunlari attestatsiya sinovlari oʻtkazilishini maʼlum qilamiz.

Ushbu pedagoglar malaka (test) sinovlarida ishtirok etishlari uchun vazirlikning hududiy boshqarmalarida tashkil etilgan Ishchi guruhlarga yuqorida keltirilgan sabablardan birini asos qilgan holda ariza bilan murojaat qilishlari mumkin.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

Attestatsiyadan test ishlovchi bot @Attestattestbot

Attestatsiyaga oid ma'lumotlarni
@AttestatUz   kanali orqali bilib boring
11.4K views07:08
Ochish/sharhlash
2024-05-26 09:47:11 BIR KUN KELAR

Bir kun kelar,
domlalar qadri
Tog' bo'ladi,
osmon bo'ladi.
Bizga kulgan odamlar dardi
Dil tubida armon bo'ladi.

Bir kun kelar,
muallim sho'rlik
Sanab yurmay tiyinlarini,
Daftar, kitob tutar harbiylar,
Tashlab chipor kiyimlarini.

Bir kun kelar,
mashina olar
Domla oylik moyonasiga.
Muallima qirq savat solar
Quda tomon to'yonasiga.

Muallimlar ta'til puliga
Kiz chiqarib, o'g'il uylaydi.
Uylanmagan bo'ydoq domlalar
Qiz tanlashga cho'chib turmaydi.

Bir kun kelar,
G'am chekmas hech kim
Tushligi-yu yo'l kirasiga.
Dam olishga borar domlalar
Ovro'paning Fransiyasiga.

Bir kun kelar,
domlani hamma
Qadri baland zot deb biladi.
Go'daklar ham prokurorlikmas,
Domlalikni orzu qiladi.

"Qachon kelar o'sha kun?"-dersiz,
Sabr qiling,
sal shoshmay turing.
O'sha kunlar yetib kelguncha
Qadringizni ehtiyot qiling!
Qalbingizni ehtiyot qiling!

Abdulla Oripov

Attestatsiyadan test ishlovchi bot @Attestattestbot

Attestatsiyaga oid ma'lumotlarni
@AttestatUz kanali orqali bilib boring
6.6K views06:47
Ochish/sharhlash
2024-05-25 08:36:03 Rasman: Magistratura va doktoranturaga ayrim yo’nalishlarda xorijiy til bilish sertifikati darajasi pasaytirildi

Prezidentining Farmoni bilan magistratura mutaxassisliklari va oliy ta’limdan keyingi ta’lim ixtisosliklariga qabul qilishda xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikatlar quyidagi darajalarda talab etiladi:

xorijiy tillar yo‘nalishlari bo‘yicha – kamida C1 darajasida;

gumanitar, biologik va turdosh fanlar, matematika va statistika, biznes va boshqaruv, huquq, xizmat ko‘rsatish, ijtimoiy va xulq-atvorga mansub fanlar, jurnalistika va axborot, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ta’lim sohalari bo‘yicha – kamida B2 darajasida;

boshqa ta’lim sohalari hamda madaniyat va sport mutaxassisliklari (ixtisosliklari) bo‘yicha – kamida B1 darajasida.

Attestatsiyadan test ishlovchi bot @Attestattestbot

Attestatsiyaga oid ma'lumotlarni
@AttestatUz kanali orqali bilib boring
6.8K views05:36
Ochish/sharhlash
2024-05-24 19:45:05 Oʻqituvchidan soʻradilar:

-oʻzingizni eng quvonchli kuningiz qaysi vaziyatda boʻlgan?
- 2-toifa olgan kunim.

- Yana qanday baxtli damlaringiz bor?
- 1-toifa olgan kunim.

- Siz oʻzingizni qadrli inson deb bilasizmi?
- Oliy toifani olgan kunim.

-Toifadan ham boshqa gʻamingiz bormi oʻzi?
- Milliy sertifikatni olsam deyman!


pka_tdi_uz

Attestatsiyadan test ishlovchi bot @Attestattestbot

Attestatsiyaga oid ma'lumotlarni
@AttestatUz kanali orqali bilib boring
10.3K views16:45
Ochish/sharhlash
2024-05-24 18:04:19 ЎҚИТУВЧИЛАРГА УЙ-ЖОЙ УЧУН 120 МИЛЛИОН сўмгача имтиёзли субсидия ажратилаётганлигидан хабарингиз борми

Мазкур субсидия:

Қайтариб бермаслик шарти билан;
Имтиёзли асосда;
Фақат айрим тоифадаги ўқитувчиларга;
15-май санасидан бошлаб ажратилмоқда.

Ҳуқуқий асос: Ўзбекистон Республикаси Президентининг 30.04.2024 йилда қабул қилинган “2024 йилда ипотека кредитларини ажратиш механизмларини такомиллаштириш ва аҳолининг уй-жой шароитларини яхшилашга оид қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги 70-сонли Фармони.

Батафсил, қуйидаги манзилда танишишингиз мумкин:

https://t.me/+sWrtdmEhWFU3MWEy

Исталган мавзуда савол юбориш учун: @yuridikxizmatmurojaat
7.9K views15:04
Ochish/sharhlash