Get Mystery Box with random crypto!

HAZIL SHEʼR Erta tongda qo‘ng‘iroq, Dugonam aytar mish-mish. | Attestatsiya | O‘qituvchilar uchun

HAZIL SHEʼR

Erta tongda qo‘ng‘iroq,
Dugonam aytar mish-mish.
Xarakating qil o‘rtoq.
Komissiya kelarmish.

Tashla uying ishini,
Kundalik tashvishingni.
Axir sanchib nishini
Komissiya kelarmish.

Qozon-o‘choq yopib kel.
Ishxonaga chopib kel.
Baxonangni topib kel.
Komissiya kelarmish.

Xonangni qaytadan art.
Topib olmasin-a, gard.
Yaltirab turishi shart.
Komissiya kelarmish.

So‘zlarim quloqqa il.
Xujjatlarni tog‘day qil,
"Qog‘oz gapiradi" bil.
Komissiya kelarmish.

Qarab gapir ko‘zingga,
Extiyot bo‘l so‘zingga.
Qarshi qilma o‘zingga.
Komissiya kelarmish.

O‘lmaysan bo‘lsang qo‘rqoq.
Oq desa sen xam de: oq.
Vaziyatdan chiq o‘rtoq.
Komissiya kelarmish.

O‘tib olsang turib shay,
Bo‘lasan yengil, qushday.
E vox, qo‘rqinchli tushday.
Komissiya kelarmish.

Dilobar Urolova.
Oqqo‘rg‘on tumani,
13-sonli maktab kutubxona mudirasi.

Attestatsiyadan test ishlovchi bot @Attestattestbot

Attestatsiyaga oid ma'lumotlarni
@AttestatUz   kanali orqali bilib boring