Get Mystery Box with random crypto!

BIR KUN KELAR Bir kun kelar, domlalar qadri Tog' bo'ladi, osm | Attestatsiya | O‘qituvchilar uchun

BIR KUN KELAR

Bir kun kelar,
domlalar qadri
Tog' bo'ladi,
osmon bo'ladi.
Bizga kulgan odamlar dardi
Dil tubida armon bo'ladi.

Bir kun kelar,
muallim sho'rlik
Sanab yurmay tiyinlarini,
Daftar, kitob tutar harbiylar,
Tashlab chipor kiyimlarini.

Bir kun kelar,
mashina olar
Domla oylik moyonasiga.
Muallima qirq savat solar
Quda tomon to'yonasiga.

Muallimlar ta'til puliga
Kiz chiqarib, o'g'il uylaydi.
Uylanmagan bo'ydoq domlalar
Qiz tanlashga cho'chib turmaydi.

Bir kun kelar,
G'am chekmas hech kim
Tushligi-yu yo'l kirasiga.
Dam olishga borar domlalar
Ovro'paning Fransiyasiga.

Bir kun kelar,
domlani hamma
Qadri baland zot deb biladi.
Go'daklar ham prokurorlikmas,
Domlalikni orzu qiladi.

"Qachon kelar o'sha kun?"-dersiz,
Sabr qiling,
sal shoshmay turing.
O'sha kunlar yetib kelguncha
Qadringizni ehtiyot qiling!
Qalbingizni ehtiyot qiling!

Abdulla Oripov

Attestatsiyadan test ishlovchi bot @Attestattestbot

Attestatsiyaga oid ma'lumotlarni
@AttestatUz kanali orqali bilib boring