Get Mystery Box with random crypto!

Abituriyent OFF | Rasmiy

Telegram kanalining logotibi abituriyent_off — Abituriyent OFF | Rasmiy A
Telegram kanalining logotibi abituriyent_off — Abituriyent OFF | Rasmiy
Kanal manzili: @abituriyent_off
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 23.71K
Kanalning ta’rifi

Reklama: t.me/Click_Edu/6
❌ Abituriyentlikka OFF deymiz
✅ Albatta talaba bo'lamiz!
🔥Eng tezkor, Eng ishonchli, Eng faol abituriyentlar kanali. Trenddagi va sizga kerak barcha rasmiy yangiliklarni yoritamiz!
Tijoriy hamkorlik: @talim_reklamalari

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar

2024-04-27 09:17:08
Abituriyentning eng katta kuchi – ichki kuchi!

Sizning ichingizda ham shunday katta kuch bor. O'sha kuchni siz INTIZOM orqali kuchaytira olasiz. Shu kuchni rivojlantirish orqali ko'pgina yutuqlarga erisha olasiz.

Muhammadali Eshonqulov

@Abituriyent_Off
5.1K viewsedited  06:17
Ochish/sharhlash
2024-04-23 16:03:54 Ingliz tili bo‘yicha B2 va undan yuqori darajaga ega bo‘lgan yoshlarning professional darajadagi xalqaro IT-sertifikatlarni olish hamda o‘qish xarajatlari to‘liq qoplab beriladi

Vazirlar mahkamasining "Xalqaro IT-sertifikatlarga ega yosh mutaxassislarni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" qaroriga ko‘ra:

Xalqaro IT-sertifikatlarga ega yoshlarning o‘qishi hamda ushbu sertifikatlarni olish uchun sarf qilgan xarajatlarining 60 foizgacha bo‘lgan qismini qoplab beriladi.

Shuningdek, ingliz tili bo‘yicha B2 va undan yuqori darajaga ega bo‘lgan yoshlarning professional darajadagi xalqaro IT-sertifikatlarni olish hamda o‘qish xarajatlarini to‘liq qoplab berish belgilandi.

Bunda yoshlar xalqaro IT-sertifikatlarni olish xarajatlarini qoplab berish bo‘yicha Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali elektron tarzda ariza yuboradi.

@Abituriyent_Off
5.2K viewsedited  13:03
Ochish/sharhlash
2024-04-18 16:54:40
Urganch shahrida Al-Xorazmiy universiteti quriladi

Bu haqida prezident matbuot xizmati xabar berdi. Yangi universitet Urganch shahrida qurilayotgan Al-Xorazmiy shaharchasida bo‘ladi.

Loyihaga ko‘ra, bu oliygohda matematika va tabiiy fanlar, informatika, muhandislik fakultetlari bo‘ladi, 4 ming talaba ta’lim oladi. Universitet qoshida iste’dodli bolalar uchun ixtisoslashgan maktab ham bo‘ladi. Shu tariqa, bu yerda o‘qish, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasi yo‘lga qo‘yilib, ta’lim klasteri yaratiladi.

@Abituriyent_Off
6.5K views13:54
Ochish/sharhlash
2024-04-13 20:03:12
Farg‘onada jismoniy tarbiya o‘qituvchisi o‘quvchining qarindoshlari tomonidan kaltaklandi

Voqea viloyatning Toshloq tumanidagi 25-maktabda sodir bo‘lgan. Hozirda uning olgan tan jarohatini og‘irlik darajasini aniqlash maqsadida sud-tibbiy  ekspertizasi tayinlangan hamda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Holat viloyat IIB tomonidan nazoratga olingan.

@Abituriyent_Off
6.3K viewsedited  17:03
Ochish/sharhlash
2024-04-08 10:52:54
Rasman! 10-aprel – Ramazon hayiti

O‘zbekiston musulmonlari idorasi mamlakatda joriy yilda Ramazon hayiti 10-aprel, chorshanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qaror qabul qildi.

@Abituriyent_Off
5.7K views07:52
Ochish/sharhlash
2024-04-08 10:22:22Yuridik texnikum bitiruvchilari qayerda ishlashi mumkin?

Yuridik texnikum bitiruvchilariga davlat taʼlim standartlariga muvofiq oʻrta maxsus professional taʼlimdagi yoʻnalishlar, kasblar va mutaxassisliklar boʻyicha malaka darajasi koʻrsatilgan holda, oʻrta maxsus professional taʼlim toʻgʻrisida davlat namunasidagi diplom beriladi.

Yuridik texnikumni tamomlagan oʻquvchi respublika miqyosida malaka talablariga binoan oʻrta maxsus yuridik maʼlumot zarurati mavjud boʻlgan davlat organlari va tashkilotlarida, shu jumladan:

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda uning hududiy tuzilmalari,

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining hududiy organlari,

notarial idoralar, advokatlik tuzilmalari
va shu kabi qator idoralarning umumiy shtat birliklari soni doirasida vakant lavozimlarga ishga kirish boʻyicha tanlovda belgilangan tartibda ishtirok etish mumkin.

@Abituriyent_Off
5.7K viewsedited  07:22
Ochish/sharhlash
2024-01-10 16:22:44
Rasman: Akademik litseylarning kirish imtihonida foydalaniladigan fanlar majmuasi e'lon qilindi!

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2024/2025-oʻquv yili uchun akademik litseylarning ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi o‘tkaziladigan FANLAR MAJMUASI, TEST TOPSHIRIQLARI SONI hamda BAHOLASH MEZONLARI e'lon qilindi.

Barcha test topshiruvchilar uchun topshiriqlar soni jami 60 ta bo‘lib, shundan 20 tasi o‘quvchining intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlash bo‘yicha hamda ta’lim yo‘nalishlariga mos ikkita fan bo‘yicha esa, jami 40 ta test savollari tushadi.

To‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball — 146:

IQ — 1.1*20 =22;
1-fan — 3.1*20=62;
2-fan — 3.1*20=62.

Abituriyent Off | Rasmiy
t.me/+73Ai3Z6eDpswMjAy
t.me/+73Ai3Z6eDpswMjAy
12.6K viewsedited  13:22
Ochish/sharhlash
2023-12-20 11:41:30 Rasman: 2023/2024 o‘quv yili bakalavriat qabuli uchun fanlar majmuasi tasdiqlandi

2024/2025-o‘quv yili uchun qabul parametrlari tasdiqlanganda yangi tashkil etilgan ta’lim yo‘nalishlari fan majmualari qo‘shimcha tasdiqlanadi. Shuningdek, taʼlim yoʻnalishlarini optimallashtirish natijasiga koʻra yoʻnalishlar nomi oʻzgarganda, shuningdek, yangi yoʻnalishlar tashkil etilganda mos ravishda tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.

Abituriyent Off | Rasmiy
t.me/+73Ai3Z6eDpswMjAy
t.me/+73Ai3Z6eDpswMjAy
12.9K viewsedited  08:41
Ochish/sharhlash
2023-11-18 14:51:49
2024-yilgi kirish imtihonlarida qaysi kitoblardan test tushadi?

Fan nomi: Biologiya

Kelasi yilgi kirish imtihonlarida biologiya fanidan test tuziladigan darsliklar ro‘yxati bilan ushbu ro‘yxatda tanishishingiz mumkin.

Abituriyent Off | Rasmiy
https://t.me/+73Ai3Z6eDpswMjAy
https://t.me/+73Ai3Z6eDpswMjAy
12.6K views11:51
Ochish/sharhlash
2023-11-03 11:01:29 Umumta’lim fanlaridan o‘qishga tavsiya etilgan darsliklar ro‘yxati e’lon qilindi

Oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun o‘qishga tavsiya etilgan darsliklar va o‘quv adabiyotlari ro‘yxati Bilimni baholash agentligining rasmiy veb-saytida e’lon qilindi.

O‘qishga tavsiya etilgan darsliklar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tavsiya etilgan o‘quv adabiyotlar ro‘yxati asosida shakllantirilgan.

Darsliklar 2023-2024-o‘quv yilida umumta’lim maktablari hamda akademik litseylarni bitiruvchi o‘quvchilar va boshqa abituriyentlarning OTMlarga kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rishlari uchun tavsiya sifatida taqdim etilgan.

O‘qishga tavsiya etilgan darsliklar ro‘yxati bilan https://uzbmb.uz/info/textbooks manzili orqali tegishli fan va tilni tanlagan holda tanishish mumkin.

Abituriyent Off | Rasmiy
https://t.me/+73Ai3Z6eDpswMjAy
https://t.me/+73Ai3Z6eDpswMjAy
12.9K views08:01
Ochish/sharhlash