Get Mystery Box with random crypto!

Abituriyent OFF | Rasmiy

Telegram kanalining logotibi abituriyent_off — Abituriyent OFF | Rasmiy A
Telegram kanalining logotibi abituriyent_off — Abituriyent OFF | Rasmiy
Kanal manzili: @abituriyent_off
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24.93K
Kanalning ta’rifi

Reklama: t.me/Click_Edu/6
❌ Abituriyentlikka OFF deymiz
✅ Albatta talaba bo'lamiz!
🔥Eng tezkor, Eng ishonchli, Eng faol abituriyentlar kanali. Trenddagi va sizga kerak barcha rasmiy yangiliklarni yoritamiz!
Tijoriy hamkorlik: @talim_reklamalari

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2023-09-05 11:07:26
Rasman: Kontrakt narxlari tasdiqlandi

2023/2024-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalari bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari (magistratura mutaxassisliklari) boʻyicha bitta talabani toʻlov-kontrakt shaklida bir yillik oʻqitish qiymati miqdori.

Abituriyent Off | Rasmiy
https://t.me/+73Ai3Z6eDpswMjAy
https://t.me/+73Ai3Z6eDpswMjAy
12.9K viewsedited  08:07
Ochish/sharhlash
2023-09-02 09:44:04Farzandlarining ta'limi uchun yo'naltirilgan to‘lovlar soliqqa solinmaydi. Yoshning ahamiyati yo'qolmoqda!

Prezident farmoniga ko‘ra, 2023-yil 1-avgustdan boshlab soliq to‘lovchilar tomonidan yoshidan qatʼi nazar farzandlarining O‘zbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlarida taʼlim olishlari uchun yo‘naltiriladigan to‘lovlar soliq solinmaydigan daromadlar toifasiga kiritiladi.

Bu nima degani?

Amaldagi tartibga ko‘ra, ota-onalar o‘zlarining 26 yoshga to‘lmagan farzandlarining kontraktlari uchun pul to‘laganda, to‘langan qismidan 12 foizlik daromad solig‘i hisoblanmasdi va qaytarib berilar edi.

Ana endi 1-avgustdan boshlab mana shu qoidadagi yosh cheklovi olib tashlanmoqda. Endi 30 yosh bo‘ladimi, 35 yosh bo‘ladimi, farqi yo‘q, farzandining kontrakti uchun to‘langan summaga daromad solig‘i hisoblanmaydi.

Abituriyent Off | Rasmiy
https://t.me/+73Ai3Z6eDpswMjAy
https://t.me/+73Ai3Z6eDpswMjAy
13.6K viewsedited  06:44
Ochish/sharhlash
2023-08-31 18:28:32 ​​​​Birinchi kurs talabalariga tegishli

Koʻpchilik talaba boʻlish baxtiga muyassar boʻlgandan keyin oradan vaqt oʻtib, talabalikka erishish uchun qilgan harakatlarini, uyqusiz tunlarini sekin-asta unuta boshlaydi.

Talaba boʻlishni qanchalik orzu qilganini, bunga erishish uchun nimalarga tayyor boʻlganini unuta boshlaydi.

Oliygohga birinchi qadam bosgan kundagi hayajonlar unutiladi. Goʻyoki, talabalikka shunday erishib qolganday, koʻnikish boshlanadi.

Darslarga tayyorgarlik sustlashadi. „Krutoy“ oʻrtoqlar paydo boʻladi. Ularga qoʻshilib, ora-sira darsdan qochishlar boshlanadi. Oʻqituvchilar yoqmay boshlaydi. Bir amallab baholarni olib, sessiyalarni yopib, diplomni olishni oʻylab qoladi.

Natijada, diplomdan boshqa hech narsasi yoʻq kadrga aylanib, institutni bitiradi.

Hurmatli birinchi kurs talabalari!

Siz nima uchun oʻqishga kirdingiz? Maqsadingiz nima? Kim boʻlmoqchisiz? Shularni hozir aniq bilasiz-a? Javob chiqqanda naqadar hursand boʻlganingizni hali unutmagandirsiz? Atrofingizda qancha tengdoshingiz bu baxtga erisha olmay qolganini koʻryapsizmi?

Siz bu baxtga erishdingiz! Oliygohni bitirib olguncha shu narsani unutmang! 4 yil umringizni qadrlang! Vaqtingizni ilmga sarflang!

Bu gaplarni oliygohni bitirib olganlar doim takrorlaydi. „Endi tushundim, qani endi hozir vaqtim boʻlsa, rosa kitob oʻqirdim!“, deydi. Lekin, vaqti yoʻq!

Sizda vaqt bor! Qilishingiz kerak boʻlgan ish ham shu! Kitob oʻqing, bilim oʻzlashtiring, oliygoh bilim berish darajasi qoniqtirmasa, qoʻshimcha kitoblar olib oʻqiyvering.

Mehnat bozoriga yetuk, qimmat kadr boʻlib chiqing! Shunda sizni orqangizdan ish beruvchilar yuradi, takliflar koʻp boʻladi. Tanlab-tanlab ishlaysiz! Vaqtida ilmni egallaganingiz uchun tez oʻsasiz, koʻp natijaga erisha olasiz!

Talabalik bilan tabriklaymiz! Institutni bitirguncha umringizni samarali oʻtkazishingizni tilab qolamiz!

Abituriyent Off | Rasmiy
https://t.me/+73Ai3Z6eDpswMjAy
https://t.me/+73Ai3Z6eDpswMjAy
16.6K viewsedited  15:28
Ochish/sharhlash
2023-08-31 09:58:10 Hamma abituriyent orzusi: ​​​​​​​Talaba kim?

Talabalar – Asosan bilim yurti hududlarida vaqt o‘tkazadi. Kabinetdan - kabinetga guruh-guruh bo‘lib harakatlanishadi. Vaziyatga tez moslashuvchan, kezi kelganda ayyor va asosan dangasa bo‘lishadi. Tunda uxlashni, tongda uyg‘onishni yomon ko‘radi. Kunning birinchi yarmida asosan uyqusirab, ko‘zlari qizarib yuradi. Kech kirishi bilan yana aktivlashadi.

Tashqi ko‘rinishi – Topganini kiyadi (lekin did bilan). Bizning muhitda asosan oq-qora tusli liboslarda bo‘lishadi. Qo‘lida papka yoki hamma fan uchun tutilgan bir donagina daftari bo‘ladi (ba’zan shuyam bo‘lmaydi).

Yashash tarzi – Deyarli hamma qatori. Stipendiya chiqsa 3 kun mazza qilib yashaydi, so‘ng, yana keyingi stipendiyani kuta boshlaydi. Talabalik davrini surib yuradi. Ba’zida esa talabalik davri o‘zini suriiib-survoradi.

Ijtimoiy tabaqalanishi – Asosan 3 tabaqaga bo‘linadi:
1. Oddiy tabaqa – grantda o‘qiydi.
2. Sal mindeyeyeroq tabaqa – kontraktda o‘qiydi.
3. Krutoy tabaqa – “super-muper” kontraktda o‘qiydi (bu tabaqadagilarni ko‘rganda hamma O‘-o‘-o‘ deydi).

Uxlash tarzi – Shaxsiy yoki ijara uyi. Yotoqxona. Leksiyalar zali...

Oziqlanish tarzi – Oy boshida kafema-kafe yurib, keyin gumma, rollton va topgan-tutgani bilan oziqlanadi

Shiori – Talabalik oltin davrim! (ayrim manbalarda keltirilishicha, ushbu davr otning kallasidek kontrakti sababli oltinga tenglashtiriladi).

Yomon ko‘radi – Hech “kelishib bo‘lmaydigan” domlalarni.

Yoqtiradi – Darsda uxlashni.

Qo‘rqadi – Sessiyadan.

Ustunlik tomoni – 3 oy yallo qilib yurib, imtihonga uch kun qolganda o‘sha fanni “qalpoq” qilib tashlaydi.

Zaif tomoni – Dars tugashi bilan mavzuni esdan chiqarvoradi.

Orzusi – O‘qishni bitirgach o‘z mutaxassisligi bo‘yicha katta oylikli ishga joylashish. (tuya hommomni... e nimalar deyapman o‘zimdan-o‘zim?!). Orzuga ayb yo‘q.

Kelajagi – Agar yaxshi o‘qisa, qobiliyatli bo‘lsa, fanlarni yaxshi o‘zlashtirsa, bilimi kuchli bo‘lsa - kelajakda yo taksist yoki sotuvchi bo‘ladi. Mabodo mindeyeyeroq joyda ishlaydigan tanishi bo‘lsa – unda boshqa gap. Masalan-da...

Talabalarga tarqatamiz!

Abituriyent Off | Rasmiy
https://t.me/+73Ai3Z6eDpswMjAy
https://t.me/+73Ai3Z6eDpswMjAy
13.5K viewsedited  06:58
Ochish/sharhlash
2023-08-31 06:23:04
Talabalar uchun kvartira topishni osonlashtiradigan ilova yaratildi!

“Roommate” ilovasi
orqali ijaraga turmoqchi bo‘lgan talaba o‘z universitetida tahsil olayotganlardan sherik topib, ijara uylarini olish imkoniga ega bo‘ladi.

Bundan tashqari ilova:

hududlar va ta’lim yo‘nalishlari kesimida talabalar boshqa talabalar bilan tanishish va do‘st orttirish;

ijaraga uy beruvchilar uchun esa, platformada e’lon joylashtirish imkonini beradi.

Ilovani yuklab olish: Android | iOS

Abituriyent Off | Rasmiy
https://t.me/+73Ai3Z6eDpswMjAy
https://t.me/+73Ai3Z6eDpswMjAy
13.5K viewsedited  03:23
Ochish/sharhlash
2023-08-29 08:40:20
Xususiy oliygohga topshirib, kelasi yil davlatnikiga perevod qilaman deganlar imtihonda necha ball to'plashi kerak?

2023-yilda xorijiy davlatlardagi OTMlar, respublikamizdagi nodavlat va xorijiy (filiallar) OTMlardan davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish uchun o‘tish ballari.

Kelasi yil ham ballar shu atrofida bo'ladi

Abituriyent Off | Rasmiy
https://t.me/+73Ai3Z6eDpswMjAy
https://t.me/+73Ai3Z6eDpswMjAy
13.9K views05:40
Ochish/sharhlash
2023-08-25 20:16:50
Muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari abituriyentlarning 40% dan ortig’i 56,7 ball ham ololmaganini millatimiz musibati deb atadi.

“Agar bolalarimizning 40% dan ortig’i 2 bahoga ham loyiq javob bera olmagan bo’lsa, mana buning tashvishini qilishimiz kerak.

Turli mayda-chuyda masalalarda tortishishni to’xtatib, soqolning uzun-kaltaligiyu, kiyimni qanday kiyishni muhokama qilishni chekkaga qo’yib, ilm-ma’rifat bilan shug’ullanmasak, xalqimiz baxtli-saodatli bo’lishi qiyin masala”
, — dedi muftiy hazratlari.

Abituriyent Off | Rasmiy
https://t.me/+73Ai3Z6eDpswMjAy
https://t.me/+73Ai3Z6eDpswMjAy
13.3K viewsedited  17:16
Ochish/sharhlash
2023-08-25 12:54:11 ​​ Qanday hollarda davlat 50 foizgacha kontrakt pulini to‘lab berishi mumkin?

Kontrakt pulini to‘lash imtiyozlari bo‘yicha ham savollar bo‘lmoqda. Bu masalada qisqacha tushuntirsam, Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 11 mart kunidagi 132-sonli “Yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, mamlakatimizdagi professional va oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan “Temir daftar”ga kiritilgan oilalar farzandlarining, shuningdek, “Yoshlar daftariga” kiritilgan yoshlarning to‘lov-kontrakt summasining 50 foizigacha, ammo BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda to‘lab berish belgilangan.

Agar siz oilangiz “Temir daftar”ga yoki o‘zingiz “Yoshlar daftari”ga kiritilgan bo‘lsa, bu imtiyozdan foydalanasiz.

"Temir daftar"ga Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibga ko‘ra quyidagi oilalar kiritiladi:

ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo‘lgan a’zolari mavjud oilalar;
kam ta’minlangan yakka-yolg‘izlar va keksalar;
boquvchisini yo‘qotgan ehtiyojmand oilalar;
ko‘p (4 va undan ortiq) farzandli moddiy ko‘makka muhtoj oilalar;
mehnatga layoqatli ishsiz a’zolari mavjud ehtiyojmand oilalar;
tibbiy yordamga muhtoj ehtiyojmand oilalar (surunkali yoki og‘ir nogironlikka olib keluvchi kasallikka chalingan va nogironlik guruhi belgilanmagan a’zolari mavjud yetarli daromad manbaiga ega bo‘lmagan oilalar);
noturar joylarda istiqomat qilayotgan, o‘zi yoki birgalikda yashovchi oila a’zolarining nomida turar joy bo‘lmagan ehtiyojmand oilalar.

Bahodir Axmedov

Kontraktga kirganlarga yuboring
https://t.me/joinchat/YZgx_1OgqYFhNjI6
15.0K views09:54
Ochish/sharhlash
2023-08-25 12:14:04 Hali imkon bor! "Yiqilgan" abituriyent ham talaba bo‘lishi mumkin!

Hujjatlar 5- sentyabrgacha onlayn shaklda va hududiy boʻlimlarda amalga oshiriladi.

Ma'lumki, deyarli barcha OTMlar to‘lov-kontrakt bo‘yicha minimal o‘tish balli (maksimal 189 ballning 30 foizi), yaʼni 56,7 balldan past ball toʻplaganlar uchun ham talaba boʻlish imkoniyatini taqdim etadi.

Yaʼni abituriyentlar belgilangan kvota bo‘yicha o‘qishga kirolmagan taqdirda SUPER KONTRAKT asosida o'qishga qabul qilinadilar. Lekin siz Super kontrak toʻlab oʻqishga kirishga shoshilmang, otning kallasidek 200 mlnlab kontrak toʻlashdan koʻra yaxshiroq variantlar bor.

Misol uchun, biz sizga 40 ga yaqin yoʻnalishlari, dual taʼlim asosida ham oʻqib ham ishlash imkoniyati mavjud boʻlgan TOP Xususiy Renessans taʼlim Universitetda oʻqishni tavsiya qilamiz!

Oʻqishni "перевод" qilish imkoniyati ham mavjud!

Kontrakt 12 mlndan boshlanadi, 4 ga boʻlib toʻlash mumkin!

Qoʻshimcha savollar boʻlsa, murojaat qiling:
+998555067007 | Yozish

Manba

Abituriyent Off | Rasmiy
https://t.me/+73Ai3Z6eDpswMjAy
https://t.me/+73Ai3Z6eDpswMjAy
13.1K views09:14
Ochish/sharhlash
2023-08-25 10:31:01 56,7 balldan past to‘plasa ham o'qishga kirsa bo‘ladimi?

Ha, bo'ladi!

Agar abituriyent minimal ballni ham to‘play olmagan bo‘lsa, unda unga o‘z yo‘nalishi bo‘yicha belgilangan eng yuqori kontrakt miqdorining 2 baravarini to‘lab talaba bo‘lish huquqi beriladi.

Masalan, o‘tgan 2022-yilda yurisprudensiya yo‘nalishiga super-kontrakt miqdori 220,7 mln so‘m etib belgilangan bo‘lsa, minimal balldan kam to‘plaganlar shuning ikki baravarini to‘lab o‘qish imkonidan foydalanishi mumkin. 

Biroq hali bu yil uchun kontrakt miqdori, tabaqalashtirilgan kontrakt miqdorlari e’lon qilinmadi. Yaqin orada narxlar tasdiqlanishi kutilyapti.

Abituriyent Off | Rasmiy
https://t.me/+73Ai3Z6eDpswMjAy
https://t.me/+73Ai3Z6eDpswMjAy
14.2K views07:31
Ochish/sharhlash