Get Mystery Box with random crypto!

Abituriyent OFF | Rasmiy

Telegram kanalining logotibi abituriyent_off — Abituriyent OFF | Rasmiy A
Telegram kanalining logotibi abituriyent_off — Abituriyent OFF | Rasmiy
Kanal manzili: @abituriyent_off
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24.93K
Kanalning ta’rifi

Reklama: t.me/Click_Edu/6
❌ Abituriyentlikka OFF deymiz
✅ Albatta talaba bo'lamiz!
🔥Eng tezkor, Eng ishonchli, Eng faol abituriyentlar kanali. Trenddagi va sizga kerak barcha rasmiy yangiliklarni yoritamiz!
Tijoriy hamkorlik: @talim_reklamalari

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 9

2022-11-17 09:55:37 DXX akademiyasiga kirmoqchi bo'lganlar uchun saralash test sinovlari boshlanmoqda!

DTM xabar berishicha, Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni saralash uchun test sinovlari 2022-yil 20-noyabr kuni o‘tkaziladi.

Test sinovlari 2 smenada tashkil etilib:

-smena 09:00 dan 12:00 ga qadar;
-smena 14:30 dan 17:30 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Test qaysi fanlardan bo'ladi?

Javob: Test sinovlari ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq), matematika, O‘zbekiston tarixi va chet tili (ingliz, nemis, fransuz) fanlaridan o‘tkaziladi.

Test yechishga qancha vaqt beriladi?

Javob: Bunda nomzodlarga jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga 3 soat (har 30 ta test topshirig‘iga 1 soat) vaqt ajratiladi. Test sinovida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 249 ballni tashkil etadi.

Nomzodlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Davlat test markazining my.dtm.uz saytidan onlayn tarzda yuklab olishlari mumkin.

Nomzodlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kechikmasdan shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport) va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

@Abituriyent_Off
2.1K viewsedited  06:55
Ochish/sharhlash
2022-11-17 09:00:58
Namangan shahridagi Universitetda qabul davom etmoqda

Oʻzbekistonda eng qulay shartlarda!

Shartnoma narxi 9 mln so'mdan boshlab.

Fakultetlar:
Axborot tizimlari va texnologiyalari
• Iqtisodiyot
• Buxgalteriya va moliya
• Pedagogika va psixologiya
• Boshlang'ich ta'lim
• Maktabgacha ta'lim
• Xorijiy til va adabiyot

Yana bir katta qulaylik: 2-kursdan boshlab boshqa universitetdan o'qishni hech qanday imtihonsiz ko'chirish ham mumkin.

Ta'limning kunduzgi, sirtqi va kechki shakllari mavjud.

Shoshiling!!! Joylar soni chegaralangan.

O'quv dasturlari, qabul shartlari, kirish imtihonlari va UBSda o'qish haqida ko'proq ma'lumot olish uchun quyidagilardan foydalaning:

Onlayn hujjat topshirish:
@UBS_jbot yoki ubsu.uz/admission.html

Onlayn murojaat:
@ubs_admin | @ubsuzbekistan_bot 24/7

Batafsil ma'lumot:
+998781132626
+998907894242
1.2K views06:00
Ochish/sharhlash
2022-11-17 06:04:30
Bugun 17-noyabr talabalar kuni!

Bugun meni hisobimdan hammaga 2 tadan rolton va 2 tadan buxanka non!

Qayerda nishonlaymiz? Darsdan keyin hechkim uyiga ketib qolmasin, biror joyga boraylik!

@Abituriyent_Off
2.5K viewsedited  03:04
Ochish/sharhlash
2022-11-16 18:03:52
Qiyshiq chiziqni topib ko'ringchi!

Aytishlaricha, agar hamma chiziqlar qiyshiqdek ko'rinsa siz juda charchagansiz!

Topganlar, izohlarda yozib qoldiring

@Abituriyent_Off
2.9K viewsedited  15:03
Ochish/sharhlash
2022-11-16 17:01:25
Moskva xalqaro moliya va sanoat universitetida o'qish imkoni qo'ldan boy bermang!

1-kursdan keyin o'qishni O'zbekistonga o'tkazish mumkin;
Sirtqi, kunduzgi va masofaviy b'olimlari mavjud;
O'zbek tilini biladigan kurator;
13 ta fakultet, 110 ta dastur;

Konsultatsiya uchun ro'yxatdan o'ting yoki qo'ng'iroq qiling: +998(71)122-78-01

Office Synergy Tashkent
4.2K views14:01
Ochish/sharhlash
2022-11-16 16:02:16BEPUL ONLAYN TESTGA MARHAMAT!

2023-yil imtihonlariga 8 oy qoldi.

@TESTOLOGBOT yana qaytdi! 20-noyabr kuni barcha O'zbekiston abituriyentlari uchun DTM standartida, blokli eng yangi savollardan iborat onlayn imtihon tashkil qilinadi. Testlar barcha yo'nalishlar bo'yicha o'zbek tilida bo'lib o'tadi:

Matematika
Ingliz tili
Biologiya
Kimyo
Fizika
Tarix
Geografiya
Ona tili va adabiyot
Русский язык и литература

Test kuni: 20-noyabr (Yakshanba)
Test vaqti: 20:00-23:00
Qatnashish: Mutlaqo BEPUL

Ro'yxatdan o'tish boti!
@TESTOLOGBOT

Tushuntirish: Test savol kitobchalari PDF formatda ushbu linkdagi kanalga joylanadi. Botdan esa javoblarni tekshirishda foydalanasiz. Kanalga ulanmaganlarga test alohida tashlab berilmaydi!

BARCHAGA OMAD YOR BO'LSIN!
2.2K views13:02
Ochish/sharhlash
2022-11-14 13:40:45 "Battar bo‘llaring, o‘llaring, sharmanda qalang‘i-qasang‘ilar"!

Iqtisodchi Otabek Bakirov
yozmoqda: “Sertifikatsiz o‘qishga ruxsat etish bo‘yicha kim tashabbus ko‘rsatganini bilmayman, lekin aniqki, kimningdir jiyani yo bolasi, yo boshqa uyatli qarindoshi tufayli. Ishonchim komilki, bitirishda ham ular istisnoni qoyilmaqom uddalaydi.

Nimayam deyish mumkin, badtar bo‘llaring, o‘llaring, sharmanda qalang‘i-qasang‘ilar. Hozir yetib kelgan joyimizdan ham tubga yo‘l ochayapsizlar. Davom etaveringlar.

Sertifikatsiz degan so‘zga e’tiroz bildirishyapti. Sertifikat bo‘yicha minimal talab yo‘q, degani bu sertifikatsiz degani. Bu magistratura diplomini sotishga bo‘lgan taklif e’loni
”.

@Abituriyent_Off
3.6K viewsedited  10:40
Ochish/sharhlash
2022-11-14 09:46:49 Mana senga o'sha kayf:
Magistratura qishki qabulida xorijiy tilni bilish darajasidan qatʼi nazar sertifikati borlar hujjat topshirishi mumkin

2022/2023 oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim muassasalari magistraturasiga dekabr-yanvar oylaridagi tanlovda istisno tariqasida xorijiy tilni bilish darajasidan qatʼi nazar (C1 yoki B2 sertifikatidan tashqari boshqa darajadagi) sertifikatga ega talabgorlar ham ishtirok etishiga ruxsat etildi.

Muhim jihati oʻqishga qabul qilingan talabalar oʻqishi davomida talab etilganidek milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatni qoʻlga kiritishi lozim. Aks holda yakuniy davlat attestatsiyasiga ruxsat etilmaydi.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirganlarga 2022-yil 20-dekabrdan 2023-yil 10-yanvarga qadar (shu kuni ham) magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn roʻyxatdan oʻtish imkoniyati yaratiladi.

Tanlov natijalari bakalavriat diplomning oʻrtacha ballari asosida aniqlanadi.

Milliy va xalqaro sertifikatlar roʻyxati

@Abituriyent_Off
3.7K views06:46
Ochish/sharhlash
2022-11-12 09:50:13 ​​IELTS'dan yuqori ball olish uchun qanday tayyorlanish kerak?

Hammasini qisqa qilamiz, IELTS'dan yuqori ball olish uchun qanday tayyorgarlik kerak, xorijiy tilda ravon gaplashish uchun nima qilish kerak? Birinchi IELTS masalasi.

Tasavvur qiling, mashina boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasiga o‘qidingiz, lekin amaliyot kam bo‘ldi. Rulga o‘tirganda baribir qo‘rqasiz. Mashina hayday olmaysiz. Chunki siz faqat qoida va nazariyani o‘qidingiz. IELTS sertifikati uchun o‘qish ham haydovchilik guvohnomasiga o‘qishdek gap, ingliz tilini zo‘r bilmay turib, test yechishni o‘rganish samara bermaydi. Aksincha, mashina haydashni zo‘r bo‘lib, qoidani bilmasangiz, masalan parking masalalari boshni og‘ritadi. Buning uchun instruktor yordamida parking qilish sirlarini bilib olish kerak. IELTS'da ham tilni zo‘r bilsangizda, test yechish yo‘llarini bilmasangiz, kutilgan natijaga erishmaysiz.

Hulosa: avval tilni chuqur o‘rganing, IELTS testiga tayyorlanish qirq kunlik ish bo‘ladi, holos.

Ikkinchi masala: Xorijiy tilda ravon gapirish uchun nima qilish kerak? Ingliz tilini o‘rgatgan ustozimning aytishicha, xorijiy tilda 1200ta so‘zni bilgan odam fikrini o‘sha tilda yetkaza oladi. Rasmiy va adabiy til qoidalari bo‘yicha gapirishni istagan odam 3 mingga yaqin so‘z, o‘sha tilda ilmiy ish bilan shug‘ullanib, akademik maqolalarni o‘qimoqchi bo‘lgan odam 5 mingta so‘zni bilishi kerak. Aslida kuniga 10tadan so‘z yod olib, mustahkamlab borsangiz, uch oyda tilni o‘raganasiz.

Tilning asosi bu grammatika. Til qoidalari grammatikada, uni his eta olish uchun qunt bilan grammatikaga vaqt sarflang. U qo‘rqinchli emas. Xorijiy til grammatikasini oson o‘zlashtirish uchun siz yaxshi bilgan, katta ehtimol bilan o‘zbek tili grammatikasiga solishtirib borish kerak. Shuning uchun, ingliz tili o‘qituvchingiz o‘zbek tilini ham yaxshi bilsa, nur ustiga a’lo nur bo‘ladi. O‘zingiz ham ot, sifat, olmosh yo to‘ldiruvchi, aniqlovchi nima ekaniga qiziqing. Bu zerikarli ishdan qiziqarli olamga aylanadi.

Til o‘rganishning muhim shartlaridan biri muntazam va bir tempda harakatlanish. Ortiqcha yuklama olmang, dars va mashqlarni qoldirmang.

Alisher Ro'zioxunov

IELTS sertifikat olmoqchi bo'lganlarga yuboring!

@Abituriyent_Off
1.5K views06:50
Ochish/sharhlash
2022-11-12 09:01:18
Rasman: Namanganda "University of business and science" nodavlat oliy ta’lim tashkilotiga litsenziya berildi

Ayni kunlarda universitetga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha hujjatlar qabul qilinmoqda:

• Buxgalteriya va moliya
• Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)
• Axborot tizimlari va texnologiyalari
• Boshlangʻich taʼlim
• Maktabgacha taʼlim
• Pedagogika va psixologiya
• Xorijiy til va adabiyot

Ta’lim jarayonlari kunduzgi, kechki va sirtqi taʼlim shakllarda olib boriladi.

Kontrakt narxlari 9 million so‘mdan boshlanadi.

Onlayn hujjat topshirish:
@UBS_jbot

Onlayn murojaat:
@ubs_admin | @ubsuzbekistan_bot 24/7

Batafsil ma'lumot:
+998781132626
+998907894242

Telegram | Instagram | Web
1.7K views06:01
Ochish/sharhlash