Get Mystery Box with random crypto!

Abituriyent OFF | Rasmiy

Telegram kanalining logotibi abituriyent_off — Abituriyent OFF | Rasmiy A
Telegram kanalining logotibi abituriyent_off — Abituriyent OFF | Rasmiy
Kanal manzili: @abituriyent_off
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24.93K
Kanalning ta’rifi

Reklama: t.me/Click_Edu/6
❌ Abituriyentlikka OFF deymiz
✅ Albatta talaba bo'lamiz!
🔥Eng tezkor, Eng ishonchli, Eng faol abituriyentlar kanali. Trenddagi va sizga kerak barcha rasmiy yangiliklarni yoritamiz!
Tijoriy hamkorlik: @talim_reklamalari

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 6

2022-12-19 13:20:45
#Bilasizmi?

Xususiy universitet yopilsa, u yerda o'qiydigan talabalarning o'qishi davlat universitetlariga ko'chiriladi

Xabarni xususiy universitetda o'qishga qo'rqadiganlarga yuborib qo'ying!

Abituriyentlar uchun:
@Abituriyent_Off
154 viewsedited  10:20
Ochish/sharhlash
2022-12-17 19:22:30 Albatta, o'qing!!!

Talabaman! 2-3yil o'qib izlanib talaba bo'lish nasib etdi. Vodiyda o'qish qiyin ekan!!!

O'qishga kirsam mazza, oq ko'ylak galstuklarni taqib kastyum shimlarda hammani ozimga qaratib yuraman, hamma menga havas qilib boqadi))) shunday o'ylardim.

— To‘g‘ri menga havas qilishyapti.
Lekin yuragim chetida bir nima kamdek!!!
— Bugun uydan pul keldi. Juda juda hursandman. Faqat pul emas pul bilan birga yaxshi ko'rishimni bilgan onam pista, bodom bervorishibdi. Faqat shuginamas uydaligimda! Oyiii pishtimi noniiiz qorin ochib kettikuuu! deb baqirgan paytimda oldimga kuyib pishib yanoqlariga qora tekkanini ham sezmasdan isssiq nonni oldimga qo'ygan onam yana shu nondan ham yuborishibdi. Pulni bir o'rtog'im olib keldi. Dadam pul berishsa dadasi bilmasin deb yoniga oz-moz yashirganini ham qo'shib beribdi onam.

Dadam bo‘lsa ayasi bilmay qo'ya qolsin o'g'il bolasilar bu pul yetmaydi begona joy deb ular ham yonidagi pulni qo'shib berishibdi.
Bugun gaplashdim onam o'rtog'ing yetib bordimi dedi.

— Raxmat onajon yetib keldi.  Onam hudoga shukr yaxshi o'qinglar bolam dedi. Rahmat onaaa deyolmay tilimga so'z kelmadi. Bo'g'zimga yig'i tiqildi. Yana onam o'g'lim oyog'ingdagi tuflingni rangi menga yoqmasdi boshqa ovolgin deyishdi.

— Ehh onaa deb to‘xtab qoldim . Sizgakuu tufligimni rangi yoqmabti boshqa ool deysiz o'ziz qachon yangi kiydingiz onaa .
Kastyum shim kiyib birovga yoqishni o'ylabmanu, o'z jannatimni unutayozibmanku men nodon. Otam bolsa qizlar qale deb xazil qilishdi . Kulgim kelib bo'g'zimdagi yig'i tarqab ketti. Yana o‘g'lim pul ozgina kam bo'lib qoldi o'zing kelganingda olib ketarsan. Yana o'sha yig'i bo‘g'zimni bug'di. Esimda dadam issiq kurtka olsam bo‘larkan deb yurgandi. Dada kurtka oldizmi dedim. Yoq o‘g'lim dedi biroz o'ylanib. Bittasi qarz so'ragandi shunga bergandim pulimni...

Ehhh dada men oldimkuu shu qarzni bugun sizdan. Hech narsa deyolmay qoldim hech narsa.
Dada o‘zim tel qilaman chaqirib qolishti deb zo'rg'a telefonni qo‘ydim. Menimcha hammaning ota-onasi o‘z farzandini o‘zidan ko'p yaxshi ko'radi.

Biz bo‘lsak hali vaqt boor deymiz. Tog'ri vaqt boor!!! Eendigina 21 ga kirdim. Xato o‘ylaymiz! 21ga kirgunimcha 21 yilga qarishtiku otam, onam. Tun-u kun telefon chuqulab qizlarga shirin gapirguncha onangga bir og'iz ona sizni yaxshi ko‘raman degin!!! Qizlarga aytsang ishonmadim ishontiring deydi sen onangga aytgin nima derkan. O'ylab o‘tirmasdan ehh oppog'im bolam sendan boshqa suyanchig'im bormi bu dunyoda. Shu gapni tinglaysan.

Sizdan iltimos ota onangizni bir yo'qlang. Rahmat! Hammamizning ota-onamiz baxtimizga sog'-omon bo'lishsin. O'qishilarga OMAD. Ota-onalarimizni qadriga yetaylik baxtimizga sog‘ bo'lishsin!!!

Imkon topsangiz yaqinlaringizga ham ulashing!

@Abituriyent_Off
2.6K viewsedited  16:22
Ochish/sharhlash
2022-12-15 17:35:33 Milliy sertifikat kimga qanday imtiyoz beradi?

Javob:

1) Agar o'qituvchi milliy sertifikat imtihonida 80% yoki undan yuqori natijani qo'lga kiritsa, oylik maoshiga 20% ustama qo'shib beriladi!

Bu ma'lumot O'zbekiston Respublikasining Xalq ta'limi vazirligi va Moliya vazirligi tomonidan 2022-yil 29-iyul kuni tasdiqlangan!

2) Agar abituriyent 86% va undan yuqori natijani qo'lga kiritsa, tegishli  fanidan kirish imtihonlarida maksimal ball beriladi. Ya'ni ona tili va adabiyot 1-blok fani bo'lsa 93 ball, 2-blok fani bo'lsa 63 ball. Shuningdek majburiy 10 talik testdan ham maksimal ball (11 ball) beriladi.

Agar 60% dan 85% gacha natijani qo'lga kiritsa, foizga nisbatan proporsional ball beriladi. Ya'ni 80 foizlik natijani qo'lga kiritsa, unga 93 ballning 80%i (74,4 ball) beriladi!

3) Agar ona tilidan majburiy fan sifatida (10 talik testga) tayyorlanayotgan abituriyent milliy sertifikat imtihonidan 60 foizdan yuqori natijani qo'lga kiritsa, unga majburiy ona tilidan maksimal ball (11 ball) beriladi!
Ya'ni milliy sertifikat majburiy fan uchun ham o'tadi!

Manba: @ona_tili_haydarov

@Abituriyent_Off
3.6K viewsedited  14:35
Ochish/sharhlash
2022-12-15 11:38:17Hoy abituriyent, TEST ISHLA VA PUL ISHLA

Endilikda abituriyentlar DTM standartidagi DIAGNOSTIK IMTIHONda ishtirok etib, ko'plab pulli yutuqlarga ega bo'lishi mumkin:

Bosh sovrin: 500 ming so'm.

Bonus sovrinlar: 9 ta, jami 1 mln 150 ming so'mlik PULLIK yutuqlar mavjud!

— Siz ham ushbu imkoniyatdan foydalanib DTM standartidagi onlayn imtihonda ishtirok eting!

Ishtirok etish BEPUL
Imtihonda qatnashish

BLOK TEST barcha fanlardan bo'ladi.

Test afzalliklari
➞ DTM standartidagi savollar
➞ asosiy fan + majburiy fanni tanlash
➞ barcha fanlardan blok test
➞ to'g'ri javoblar tahlili
➞ umumiy natijalar mandati
➞ Maxsus esdalik sertifikati

Eng muhimi, test yakunida qaysi oliygohga kirishingiz mumkinligi haqida tahliliy ma’lumotlar beriladi.

Testda qatnashish:
@OLIYGOH_BOT

Edu - ta'lim yangiliklari
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
3.6K views08:38
Ochish/sharhlash
2022-12-13 08:48:55
Oʻquvchi va talabalarga shaharlararo avtobuslarga ham imtiyozlar beriladi

Dekabr oyining oxirgi 10 kunligi va yanvar oyining birinchi 10 kunligi oraligʻida oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim muassasalari talaba (oʻquvchi)larining har yilgi 2 haftalik qishki taʼtili oʻtkaziladi.

Qishki taʼtil davrida oʻquvchi va talabalarning yoʻnalishli shaharlararo avtobus qatnovi orqali harakatlanishi uchun muddatli imtiyozlar toʻplamini (chegirmali chiptalar, aksiyalar) taqdim etish mexanizmi joriy etiladi.

@Abituriyent_Off
1.6K viewsedited  05:48
Ochish/sharhlash
2022-12-11 11:08:47
O'zbekiston maktablaridan biri!

Pechka...
Hamma o'quvchilar kurtka-shapkada...

Sizning maktabingizda ahvol qanday?

@Abituriyent_Off
1.4K viewsedited  08:08
Ochish/sharhlash
2022-12-10 12:43:11
16,2 mlrd soʻm to'landi!

2021-yil 1-maydan IELTS, TOEFL, GMAT, GRE, SAT kabi 5 ta; 2022-yil 1-yanvardan esa arab, xitoy, fransuz, rus, ispan, koreys, yapon, italyan, turk va nemis tillari bo‘yicha 13 ta xalqaro imtihon tizimlarida (jami 18 ta) yuqori natijaga erishgan yoshlarning imtihon xarajatlari kompensatsiya qilib beriladi.

Mazkur tizim raqamlashgan boʻlib, xalqaro imtihon tizimlarida yuqori natijaga erishgan yoshlar my.gov.uz portali orqali onlayn ariza yuborishlari mumkin.

Hozirda bu imkoniyatdan foydalanganlar - 9133 nafar bo'lib, kompensatsiya qilib berilgan mablagʻ - 16,2 mlrd soʻmni tashkil qilmoqda.

@Abituriyent_Off
3.8K viewsedited  09:43
Ochish/sharhlash
2022-12-09 12:35:17Bugun toʻlov-kontrakt toʻlashning oxirgi kuni. Ertaga banklar ishlamaydi!

Davlat qabul komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq, 2022/2023 oʻquv yilida OTM bakalavriat va magistraturaga kirgan abituriyentlar hamda oʻqishini koʻchirgan yoki tiklayotgan talabalar uchun kontraktni toʻlashning soʻnggi muddati 2022-yilning 10-dekabriga qadar (shu kuni ham) uzaytirilgan.

Aslida bugun oxirgi kun. 10-dekabrga qadar banklarda bugun rasman oxirgi ish kuni.

Ulgurib qoling. Bugundan kech qolsa, OTM talabalar safidan chiqarishga haqqi bor!

Edu - ta'lim yangiliklari
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
1.3K views09:35
Ochish/sharhlash
2022-12-09 12:02:21
XALQARO INGLIZ TILI VA MATEMATIKA OLIMPIADALARIDA ISHTIROK ETING.

Biz bilamizki Xalqaro olimpiadalarda qatnashish kelajagimiz, portfoliomiz uchun poydevor bo'lib xizmat qiladi va bizga kelajakda orzu qilgan Dunyoning TOP reytingdagi Universitetlarida talaba bo'lish imkonini beradi.

Hozirgi kunda olimpiadalarning martabasi kundan kunga ortib bormoqda, misol uchun Olimpiada g'olibi bo'lsangiz, chet elga sayohat va eng rivojlangan davlatlardagi Universitetlarga Imtihonsiz o'qishga kirish imkoniyatingiz bor, ayni vaqtda xalqaro miqyosda eng mashxur bo'lgan olimpiadalar(SAKURA - Yaponiya Matematika olimpiadasi, AMC - Amerika Matematika olimpiadasi, HIPPO - Xalqaro ingliz tili olimpiadasi)ga ro'yxatdan o'tish davom etmoqda.

SAKURA 2022 - Yaponiya matematika olimpiadasi
AMC 2022 - Amerika Matematika Olimpiadasi
HIPPO 2023 - Xalqaro Ingliz tili olimpiadasi

ELPC - the future is today !

788880030 | @ELPCcallcentre1

@elpcolympiad
979 views09:02
Ochish/sharhlash
2022-12-05 09:38:10
Rasman: O'zbekistonda 26-dekabrdan qishgi ta'til boshlandi

OTM talabalari va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun qishki ta’til muddati 2022-yilning 26-dekabridan 2023-yilning 9-yanvariga qadar etib belgilandi.

OTMlarning talabalar turar joylari 2023-yil 5 yanvardan faoliyatini boshlaydi. Zaruriyat tufayli vaqtliroq keladigan talabalar shunga qarab reja tuzishlari mumkin.

Maʼlumot uchun, talabalarga poyezd chiptalari 50% arzon sotilmoqda. Ammo ba'zilarning yozishicha, temir yo'l kassalarida chegirmali chiptalar allaqachon tugab bo'lgan.

@Abituriyent_Off
4.0K viewsedited  06:38
Ochish/sharhlash