Get Mystery Box with random crypto!

Abituriyent OFF | Rasmiy

Telegram kanalining logotibi abituriyent_off — Abituriyent OFF | Rasmiy A
Telegram kanalining logotibi abituriyent_off — Abituriyent OFF | Rasmiy
Kanal manzili: @abituriyent_off
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24.93K
Kanalning ta’rifi

Reklama: t.me/Click_Edu/6
❌ Abituriyentlikka OFF deymiz
✅ Albatta talaba bo'lamiz!
🔥Eng tezkor, Eng ishonchli, Eng faol abituriyentlar kanali. Trenddagi va sizga kerak barcha rasmiy yangiliklarni yoritamiz!
Tijoriy hamkorlik: @talim_reklamalari

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2023-08-25 10:01:38
TMC Xalqaro Institutida imtihonsiz talaba bo'ling.

Milliy dasturlar (kunduzgi va sirtqi):
• Iqtisodiyot;
• Pedagogika va psixologiya;
• Boshlang’ich ta’lim;
• Maktabgacha ta’lim.

Singapurdagi TMC Akademiyasining bir qismi bo'lgan Toshkentdagi TMC Institutida sifatli ta'lim olish imkoniyatini qo'ldan boy bermang.

Roʻyxatdan oʻtish: tmci.uz/apply
Telefon: +998712070032

Litsenziya (№032937, 21.07.2022-y.)

Manzil 1: Toshkent shahri, Muqimiy ko’chasi 41B
Manzil 2: Bunyodkor ko’chasi 7G, Novza metro, Novza Masjid yonida

Telegram | Instagram
14.6K viewsedited  07:01
Ochish/sharhlash
2023-08-24 14:59:05 Bugundan test natijasidan norozi abituriyentlardan olingan apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish boshlandi

22-avgust kunidan boshlab oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlardan apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlangan edi. Bugun, 24-avgust kuni apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish boshlandi.

Apellatsiya arizalari my.uzbmb.uz sayti orqali (abituriyentning shaxsiy kabinetida) onlayn tarzda qabul qilinmoqda va 31-avgustga qadar (10 kun) davom etadi.

Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va abituriyent ruxsatnomasi bilan Bilimni baholash agentligiga kelishi kerak.

Abituriyent Off | Rasmiy
https://t.me/+73Ai3Z6eDpswMjAy
https://t.me/+73Ai3Z6eDpswMjAy
18.6K views11:59
Ochish/sharhlash
2023-08-24 08:30:50SUPER-KONTRAKTGA KIRGAN TALABALAR UCHUN TA’LIM KREDITLARI BERADIGAN BANKLAR!

O‘zsanoatqurilishbank
Foizi—25% dan
Muddati—36 oygacha
Miqdori—150 mln. so‘mgacha
Imtiyozli davr—6 oygacha (diffrensial grafikda).
Batafsil ma'lumot

O‘zmilliybank
36 oygacha 20%
60 oygacha 22%
Imtiyozli davr—12 oy
Miqdori—30 mln. so‘mgacha
Batafsil ma'lumot

Asia Alliance Bank
Foizi—26%
Muddati—36 oygacha
Miqdori—90 mln. so‘mgacha
Batafsil ma'lumot

Hamkorbank
12 oygacha 27.99%
24 oygacha 33%
36 oygacha 36%
Miqdori—60 mln. so‘mgacha
Batafsil ma'lumot

Ushbu ma'lumotni saqlab qo'ying!

Abituriyent Off | Rasmiy
https://t.me/+73Ai3Z6eDpswMjAy
https://t.me/+73Ai3Z6eDpswMjAy
21.0K views05:30
Ochish/sharhlash
2023-08-23 16:13:50
Maksimal ball olib kontraktga tushgan abituriyentlar grantga qabul qilinadimi? – mas’ullar javob berdi

Temurbeklar maktabi bitiruvchilariga qo‘shib berilgan ball hisobiga maksimal 189 ball olib kontraktga tushgan abituriyentlarning barchasi prezident granti asosida o‘qishga qabul qilinishi masalasi ko‘rib chiqilyapti. «Bu bo‘yicha tahlillar olib borilyapti, hali yakuniga yetgani yo‘q», deydi OTFIV vakili.

https://kun.uz/uz/88338648

Abituriyent Off | Rasmiy
https://t.me/+73Ai3Z6eDpswMjAy
https://t.me/+73Ai3Z6eDpswMjAy
24.1K viewsedited  13:13
Ochish/sharhlash
2023-08-23 14:02:32
Harbiylarning farzandlariga berilgan qo‘shimcha davlat granti asosidagi kvota uchun 2023-yilgi o‘tish bali

Shu darajada past ball to'plashgan bo'lsada davlat granti asosida o'qishga qabul qilingan.

Mazzami?

Abituriyent Off | Rasmiy
https://t.me/+73Ai3Z6eDpswMjAy
https://t.me/+73Ai3Z6eDpswMjAy
25.0K views11:02
Ochish/sharhlash
2023-08-23 12:31:31 Xususiy oliygohlar ro'yxati - 2023

O'zbekistonda faoliyat olib borayotgan nodavlat oliy ta'lim muassasalarining yangilangan ro'yxati bilan tanishing:

1. International Digital University
2. Akfa Universiteti
3. Alfraganus Universiteti
4. Angren Universiteti
5. Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti
6. Axborot texnologiylari va menejment universiteti
7. British management university
8. Buxoro innovatsion tibbiyot instituti
9. Buxoro innovatsiyalar universiteti
10. Buxoro psixologiya va xorijiy tillar instituti
11. Cambridge International University
12. Innovatsion va ijtimoiy-iqtisodiyot universiteti
13. Central Asian medical university
14. Collegium Humanum Varshava menejment universiteti Andijon filiali
15. Namangan Xalqaro Universiteti
16. Diplomat University
17. Xalqaro Innovatsion Universiteti
18. EMU University
19. Farg'ona shahridagi Koreya xalqaro universiteti
20. Farmasevtika ta'lim va tadqiqot universiteti
21. Ijtimoiy va siyosiy fanlar instituti
22. Impuls tibbiyot instituti
23. International school of finance technology and science
24. Ipak yo'li innovatsiyalar universiteti
25. Iqtisodiyot va pedagogika universiteti
26. IT-PARK University
27. Japan digital University
28. Latviyaning axborot tizimlari menejmenti oliy maktabining Farg'ona shahridagi filiali
29. Ma'mun nomidagi jahon tillari universiteti
30. Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi
31. Navoiy innovatsiyalar instituti
32. Nukus innovatsion instituti
33. Oriental Universiteti
34. Osiyo Xalqaro Universiteti
35. PDP University
36. Perfect University
37. Profi University
38. Qarshi innovatsion ta'lim universiteti
39. Qarshi xalqaro universiteti
40. Qo'qon universiteti
41. Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universiteti
42. Renessans ta'lim universiteti
43. Samarqand xalqaro texnologiya universiteti
44. Sambhram university
45. Sharda university
46. Stars international university
47. Toshkent international university of education
48. Team university
49. Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
50. TMC institute
51. Toshkent amaliy fanlar universiteti
52. Toshkent gumanitar fanlar universiteti
53. Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti
54. Toshkent iqtisodiyot va texnologiyalar universiteti
55. Toshkent menedjment va iqtisodiyot universiteti
56. Webster university
57. Adju universiteti
58. AMITI universiteti
59. Inha universiteti
60. Puchon universiteti
61. Turin politexnika universiteti
62. Kimyo xalqaro universiteti
63. Toshkent texnologiyalari universiteti
64. Turon zarmed universiteti
65. University of business and science
66. University of economics and pedagogy
67. University of management and future technologies
68. University of science and technologies
69. Urganch innovatsion universiteti
70. Urganch ranch texnologiya universiteti
71. Urganch shahridagi  xalqaro Binary universiteti
72. Xalqaro Nordik universiteti
73. Yangi asr universitet
74. Turan International University
75. Singapur menejmentni rivojlantirish instituti
76. Turkiyaning iqtisodiyot va texnologiyalar universiteti
77. Turkiston yangi innovatsiyalar universiteti
78. Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti
79. Turon universiteti
80. Piza University

Eslatma: Ro'yxatdan ba'zi oliygohlar qolib ketgan bo'lishi mumkin

Abituriyent Off | Rasmiy
https://t.me/+73Ai3Z6eDpswMjAy
https://t.me/+73Ai3Z6eDpswMjAy
20.8K views09:31
Ochish/sharhlash
2023-08-23 08:31:14 Rasman: Yotoqxonalarga arizalar qabul qilish boshlandi

Ayni paytda talabalikka tavsiya etilganlar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni “Talabalar turar joyi axborot tizimi”ga yuklash ishlari o‘z yakuniga yetdi.

Endilikda, 1-kurs talabalari davlat OTMlarining yotoqxonalariga joylashish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali elektron ariza yuborishlari mumkin.

Abituriyent Off | Rasmiy
https://t.me/+73Ai3Z6eDpswMjAy
https://t.me/+73Ai3Z6eDpswMjAy
22.7K views05:31
Ochish/sharhlash
2023-08-22 16:41:12
Bilasizmi? Ba'zi toifa talabalarning kontrakt pulini davlat to'lab berishi mumkin!

PQ-289‐ sonli Prezident qaroriga binoan, 2023/2024 o'quv yilidan boshlab pedagog kadrlarni tayyorlovchi oliy ta'lim muassasalarining qo'shma ta'lim dasturida ta'lim olayotgan talabalarning hamkor xorijiy oliy ta'lim muassasasida o'qish davri uchun to'lov kontrakt qiymatini Davlat budjeti mablag'lari hisobidan qoplab beriladi.

Pedagok tayyorlovchi oliy ta'lim muassasalari bakalavriati va magistraturasida qo'shma ta'lim dasturlari asosida tahsil olayotgan talabalarning hamkor xorijiy oliy ta'lim muassasasida o'qish davri uchun to'lov kontrakti qiymatini Davlat budjeti mablag'lari hisobidan qoplab berish quidagi tartibda amalga oshiriladi:

Pedagok kadrlar tayyorlovchi oliy ta'lim muassasalarining qo'shma ta'lim dasturida to'lov-kontrakt asosida ta'lim olayotgan va yuqori akademik ko'rsatgichlarga ega bo'lgan talabalari o'rtasida tanlov o'tkaziladi;

Tanlovda g'olib bo'lgan talabalar bilan davlat maktabgacha, umumiy o'rta, o'rta maxsus, professional va oliy ta'lim muassasalarida kamida uch yil ishlab berishni nazarda tutuvchi shartnoma rasmiylashtiriladi.

Abituriyent Off | Rasmiy
https://t.me/+73Ai3Z6eDpswMjAy
https://t.me/+73Ai3Z6eDpswMjAy
31.9K views13:41
Ochish/sharhlash
2023-08-22 13:31:17 ​​ Bolangiz oʻqishga kiribdi!

Yaxshi gap totlidir qanddayin,
El ichra xushxabar yuribdi,
Sir bermay turibsiz qandayin,
Bolangiz oʻqishga kiribdi?!

Eshitdik, koʻp boʻlmang kamtarin,
Nishonni bexato uribdi.
E qoyil!
Tasanno!
Ofarin! 
Bolangiz oʻqishga kiribdi!

Kim deydi:
"Oʻzi zoʻr bola-da",
Kim yuzin, kim labin buribdi...
"Olmaning tagiga olma... "-da,
Bolangiz oʻqishga kiribdi!

Kim sotgan molingiz sanagan,
Kim deydi:
"Qancha pul beribdi?!"
Qanday zoʻr baxt ota-onaga,
Bolangiz oʻqishga kiribdi!

Sannasin miyasi aynigan,
Har kimsa ekkanin oʻribdi.
"Byudjet"mi... "kontrakt"... mayliga,
Bolangiz oʻqishga kiribdi!

El aro yorugʻdir yuzingiz,
Fayzingiz yarashib turibdi.
Davrada yangroqdir soʻzingiz,
Bolangiz oʻqishga kiribdi!

Baraka topgaysiz oʻgʻildan,
Xudoyim tashvishdan qoʻribdi.
Qiz boʻlsa, sovchilar yogʻilgay,
Bolangiz oʻqishga kiribdi!

U bugun haqiqiy qahramon,
Mehnatin rohatin koʻribdi.
Nafidan el boʻlgay bahramand,
Bolangiz oʻqishga kiribdi.

Havasda qarindosh, oʻzga ham,
Hasadgoʻy toshini teribdi...
Yuqsin-yuqsin,  deymiz bizga ham,
Bolangiz oʻqishga kiribdi.

Siz bugun xoʻb koʻkrak kerasiz,
Ulfatlar koʻp tomoq qiribdi...
Qadrdon,  qachon haq berasiz?!
Bolangiz oʻqishga kiribdi!

Nuriddin Egamov

O'qishga kirganlarga yuboring
https://t.me/joinchat/YZgx_1OgqYFhNjI6
31.9K views10:31
Ochish/sharhlash
2023-08-22 09:45:27 Apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlardan apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi.

Apellatsiya arizalari my.uzbmb.uz sayti orqali (abituriyentning shaxsiy kabinetida) onlayn tarzda qabul qilinmoqda va 31-avgustga qadar (10 kun) davom etadi.

Abituriyent apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.

Apellatsiya arizasini bergan abituriyentga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.

Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va abituriyent ruxsatnomasi bilan Bilimni baholash agentligiga kelishi kerak.

Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish 2023-yil 24-avgustdan boshlanadi.

Abituriyent Off | Rasmiy
https://t.me/+73Ai3Z6eDpswMjAy
https://t.me/+73Ai3Z6eDpswMjAy
33.5K viewsedited  06:45
Ochish/sharhlash