Get Mystery Box with random crypto!

Abituriyent OFF | Rasmiy

Telegram kanalining logotibi abituriyent_off — Abituriyent OFF | Rasmiy A
Telegram kanalining logotibi abituriyent_off — Abituriyent OFF | Rasmiy
Kanal manzili: @abituriyent_off
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24.93K
Kanalning ta’rifi

Reklama: t.me/Click_Edu/6
❌ Abituriyentlikka OFF deymiz
✅ Albatta talaba bo'lamiz!
🔥Eng tezkor, Eng ishonchli, Eng faol abituriyentlar kanali. Trenddagi va sizga kerak barcha rasmiy yangiliklarni yoritamiz!
Tijoriy hamkorlik: @talim_reklamalari

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-09-26 13:05:12 Kollej, texnikumlarga kirish imtihonlarining javobi 3-oktyabrda chiqadi

Bugun, 26-sentyabrdan kollej, texnikumlarga kirish imtihonlari boshlandi. Jami 175 mingdan oshiq abituriyent 3 kun — 29-sentyabrgacha imtihon topshiradi.

Oliy ta’lim vazirligi xabariga ko‘ra, javoblar 3-oktyabr kuni e’lon qilinishi reja qilingan.

Abituriyent Off | Rasmiy
https://t.me/+73Ai3Z6eDpswMjAy
https://t.me/+73Ai3Z6eDpswMjAy
12.7K views10:05
Ochish/sharhlash
2023-09-25 15:40:45
Kelasi yildan mutaxassislik fanlari 2 tadan 3 taga ko‘paytirilmaydigan bo'ldi

Xushnudbek Xudoyberdiyev yozishicha, kelasi yildan mutaxassislik fanlari 2 tadan 3 taga ko‘payib, jami 6 ta fandan imtihon bo‘lishi haqidagi xabarlar asossiz.

Huquqshunosning mas’ullardan aniqlik kiritishiga ko‘ra, bunday reja yo’q. Kelgusi yilda ham har galgidek 2 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fandan imtihon bo‘ladi.

Abituriyent Off | Rasmiy
https://t.me/+73Ai3Z6eDpswMjAy
https://t.me/+73Ai3Z6eDpswMjAy
12.8K views12:40
Ochish/sharhlash
2023-09-23 15:00:05
Kontraktdan 12% qaytarib olish uchun soliq organlariga borish shart emas!

Hammasi onlayn: Buning uchun my3.soliq.uz orqali shartnoma va toʻlov hujjatlarini biriktirgan holda deklaratsiya yuborish mumkin.

“Soliq deklaratsiyalarini yuborish” elektron xizmatida foydalanuvchining ish haqi va boshqa daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar avtomatik shakllanadi.

Jismoniy shaxslarning quyidagilar uchun yoʻnaltirilgan daromadlaridan 12% miqdorida daromad soligʻini masofadan qaytarib olish mumkin:

kontrakt;
nodavlat bog’cha va maktablar;
ipoteka kreditlari.

Deklaratsiya elektron raqamli imzodan foydalangan holda yuboriladi.

Xushnudbek Xudoyberdiyev

Abituriyent Off | Rasmiy
https://t.me/+73Ai3Z6eDpswMjAy
https://t.me/+73Ai3Z6eDpswMjAy
15.6K views12:00
Ochish/sharhlash
2023-09-18 13:25:10 TAʼLIM KREDITI HAQIDA BATAFSIL

Kredit miqdori: Cheklov yo‘q;
Qaytarish muddati: 7 yil muddatga;
Foizi: Yigitlarga 14% Qizlarga 0%;

Kimlarga beriladi:

Xususiy oliygohlarga ham beriladi
kunduzgi, sirtqi va kechki taʼlim shakliga
bakalavr yoki magistrga
to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirgan
yoki o‘qishini ko‘chirgan talabalarga beriladi.

super-kontrakt uchun yoki ikkinchi mutaxassislik, masofaviy, maxsus sirtqi shakllar uchun taʼlim krediti berilmaydi.

Xorijda joylashgan OTMlarda o‘qish uchun taʼlim krediti berilmaydi.

Kerakli hujjatlar:
a) ariza;
b) talaba va taʼlim muassasasi o‘rtasidagi shartnoma (kontrakt);
v) kredit qaytarilishining taʼminoti bo‘yicha hujjat. Bunda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan taʼlim krediti bo‘yicha garov va kafillik talab etilmaydi;
g) “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilganligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma (agar bo‘lsa);
d) bankning ichki hujjatlarida (siyosatida) belgilangan boshqa hujjatlar, shu jumladan, birgalikda kredit oluvchiga tegishli maʼlumot va hujjatlar.

Ta'lim krediti olish uchun ariza berishda bankka borishingiz ham shart emas, https://talim-krediti.uz sayti orqali ariza yuborsangiz ham bo'ladi.

Abituriyent Off | Rasmiy
https://t.me/+73Ai3Z6eDpswMjAy
https://t.me/+73Ai3Z6eDpswMjAy
14.3K views10:25
Ochish/sharhlash
2023-09-15 15:14:22 O'qishdan yiqilgan 6,5 ming qoraqalpog‘istonlik abituriyent talaba bo'ldi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun davlat granti asosida qo‘shimcha 3 mingta kvota, shuningdek to‘lov-kontrakt asosida qo‘shimcha 6,5 mingta kvota ajratilishi belgilangan edi.

Joriy yilgi o‘quv yili uchun ushbu kvotalar taqsimoti oxiriga yetkazildi.

Bunda eng avvalo Qoraqalpog‘iston hududlari hamda yo‘nalishlar kesimidagi mavjud ehtiyojga asosan to‘plagan balining yuqoriligi bo‘yicha ketma-ketlikda 3 mingta grant o‘rinlari ajratib olindi.

Ya‘ni yuqori ball bilan kontraktga kirgan yoki yuqori ball bilan o‘qishdan yiqilgan abituriyentlar grantga o‘tkazildi.

Shundan so‘ng, o‘qishdan yiqilgan 6,5 ming nafar abituriyent to‘plagan balining ketma-ketligi bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya qilindi.

Abituriyent Off | Rasmiy
https://t.me/+73Ai3Z6eDpswMjAy
https://t.me/+73Ai3Z6eDpswMjAy
13.5K views12:14
Ochish/sharhlash
2023-09-15 12:35:14
Xususiy va davlat oliygohlariga to'langan kontrakt toʻlovidan 12 foiz daromad solig‘ini qaytarib olish boʻyicha videoqoʻllanma

Abituriyent Off | Rasmiy
https://t.me/+73Ai3Z6eDpswMjAy
https://t.me/+73Ai3Z6eDpswMjAy
13.2K viewsedited  09:35
Ochish/sharhlash
2023-09-08 15:24:12 Talabalar uchun har oy 2 mln so‘mdan to'lanadigan yangi stipendiya joriy etildi

Yangi ta’sis etilgan ekologiya vaziri stipendiyasi 2023 yil 1-sentyabrdan talabalarga to‘lana boshlanadi. 

Stipendiya ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, o‘rmonchilik, “yashil” iqtisodiyot va gidrometeorologiya va boshqa talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlaridagi eng iqtidorli talabalari uchun mo‘ljallangan.

Bunda to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalarning bir yillik to‘lov-kontrakt summasi qoplangan holda, har oyda BHMning 3 baravarida – 990 ming so‘m, davlat granti asosida ta’lim olayotgan talabalarga har oyda BHMning 6 baravarida – 1 mln 980 ming so‘m stipendiya tayinlanadi.

Abituriyent Off | Rasmiy
https://t.me/+73Ai3Z6eDpswMjAy
https://t.me/+73Ai3Z6eDpswMjAy
12.9K views12:24
Ochish/sharhlash
2023-09-07 15:27:53
Hududlar kesimida abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilish ko‘rsatkichlari

2023-2024-o‘quv yili uchun OTMlarga kirish test sinovlari natijalariga ko‘ra 193 421 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etildi.

Eng ko‘p abituriyent talabalikka tavsiya etilgan hududlar (doimiy yashash hududi bo‘yicha):

Qashqadaryo viloyati — 20 759 nafar;
Samarqand viloyati — 20 421 nafar;
Farg‘ona viloyati — 18 822 nafar;
Toshkent viloyati — 15 347 nafar;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 14 428 nafar.

OTMlarga kirish test sinovlari natijalariga ko‘ra foiz hisobida talabalikka tavsiya etilish ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan hududlar (doimiy yashash hududi bo‘yicha):

Buxoro viloyati — 28,32 %;
Navoiy viloyati — 24,03 %;
Xorazm viloyati — 23,95 %;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 22,84 %;
Toshkent shahri — 22,18 %.

Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning test sinovida to‘plagan o‘rtacha bali 99 ballni tashkil etdi. Yuqoriroq natija qayd etgan hududlar (doimiy yashash hududi bo‘yicha):

Buxoro viloyati — 107,3 ball;
Toshkent shahri — 105,2 ball;
Farg‘ona viloyati — 104,1 ball;
Namangan viloyati — 101,2 ball;
Xorazm viloyati — 100,0 ball.

To‘liq jadval bilan yuqoridagi rasmlarda tanishish mumkin.

Abituriyent Off | Rasmiy
https://t.me/+73Ai3Z6eDpswMjAy
https://t.me/+73Ai3Z6eDpswMjAy
14.7K views12:27
Ochish/sharhlash
2023-09-06 20:24:47 Rasman: Kontraktdagi talabalar uchun to‘lov-shartnoma berilishi boshlandi

Bugundan boshlab kontrakt.edu.uz platformasi orqali 1-kursga talabalikka tavsiya qilinganlarga hamda 2 va undan yuqori kursda kontraktda o‘qiyotgan talabalarga to‘lov-shartnoma berish boshlandi.

Shartnoma olish uchun kontrakt.edu.uz platformasidan ro‘yxatdan o‘tish hamda ariza yuborish kerak. Ariza OTM tomonidan ko‘rib chiqib, tadsiqlangach, talaba shaxsiy profili orqali elektron shartnomani yuklab olishi mumkin bo‘ladi.

Demak, endi talabalar bemalol to‘lov-shartnomani olgach, banklardan taʼlim krediti olish uchun ariza berishlari mumkin.

Abituriyent Off | Rasmiy
https://t.me/+73Ai3Z6eDpswMjAy
https://t.me/+73Ai3Z6eDpswMjAy
14.0K viewsedited  17:24
Ochish/sharhlash
2023-09-05 17:31:33 Super-kontraktda oʻqimoqchi boʻlgan abituriyentlar uchun qoidalar

1 ballgacha yetmaganlar bazaviy toʻlov-kontraktining 1,5 barobarini;
1,1 balldan 2 ballgacha yetmaganlar 2,0 barobarini;
2,1 balldan 3 ballgacha yetmaganlar 2,5 barobarini;
3,1 balldan 4 ballgacha yetmaganlar esa 3,0 barobarini toʻlaydi.

4,05 ballgacha yetmagan, lekin 56,7 balldan koʻp toʻplagan abituriyentlar.

Bu toifadagi abituriyentlar uchun super kontrakt miqdorlari bazaviy kontrakt miqdoriga qarab belgilanadi. Bu narx ham yoʻnalishlarga qarab farqlanadi. Masalan, oʻtgan yili eng qimmat narxlardan biri yurisprudensiyada — kontraktning 25 barobari boʻlgan. Pedagogikada esa 8 barobar qilib belgilangan.

Abituriyent Off | Rasmiy
https://t.me/+73Ai3Z6eDpswMjAy
https://t.me/+73Ai3Z6eDpswMjAy
13.7K views14:31
Ochish/sharhlash