Get Mystery Box with random crypto!

Маънавий-маърифий канал Абдулла Орипов ижод мактаби

Telegram kanalining logotibi abdullaoripovmaktabi — Маънавий-маърифий канал Абдулла Орипов ижод мактаби М
Telegram kanalining logotibi abdullaoripovmaktabi — Маънавий-маърифий канал Абдулла Орипов ижод мактаби
Kanal manzili: @abdullaoripovmaktabi
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 144

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 17

2022-09-27 18:12:21
#Yòl_qoidasi_umr_foydasi


Qashqadaryo viloyati IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan voyaga yetmagan yosh bolalar ishtirokida yo‘l transport xodisalarini oldini olish maqsadida Qarshi shahrida joylashgan Abdulla Oripov ijod maktabida o‘quvchi yoshlarga yo‘llarda  harakatlanish  qoidalari mavzusida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

https://t.me/abdullaoripov_ijodmaktabi
37 viewsY.Kamalovna, 15:12
Ochish/sharhlash
2022-09-27 16:07:27
"Tafsilot"

Ko'rsatuvning navbatdagi soni Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o'quvchilarining muzeyga sayohatidan tayyorlangan.

Kanalga ulaning
https://t.me/qashqadaryo_trk
41 viewsY.Kamalovna, 13:07
Ochish/sharhlash
2022-09-27 11:20:57
#Zamin_Creаtive

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida "Zamin Creative" inklyuziv ijod studiyalarida o'quv mashg'ulotlari o'tkazilmoqda.

Dastur va belgilangan rejaga muvofiq, aktyorlik mahorati, dizayn, raqamli media va etnodizayn darslarida ijod maktabi o'quvchilari hamda Qarshi shahridagi 17-maxsus (eshitishda nuqsoni bor) maktab o'quvchilariga malakali mutaxassislar, surdotarjimonlar ishtirokida saboq berilmoqda.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
38 viewsY.Kamalovna, 08:20
Ochish/sharhlash
2022-09-24 16:54:50
She'riyat kechasidan fotoreportaj
33 viewsY.Kamalovna, 13:54
Ochish/sharhlash
2022-09-24 16:54:50 #Nazm_kechasi

“NASAF OQSHOMLARI”DA DILLARNI XUSHNUD AYLAGAN SHE’RLAR YANGRADI

She’riyat nima? Qalb nega mudom she’rga, she’riyatga ehtiyoj sezadi, sezaveradi? Taassufki, buni so‘z bilan yohud xatti-harakatlar bilan tushuntirish amri mahol. Nega deganda, she’riyatning manzili bu – ruhiyat makoni, uni faqatgina qalb bilan, his-tuyg‘ular bilan tushunish mumkin. Chunki she’rda ohang bor, musiqa bor va avval qalbga so‘zning ohangi, musiqasi kirib boradi, so‘ngra aqlu fahm ko‘magida xotiraga muhrlaydi. She’riyatda so‘zning sehrli jozibasi, odam ruhiyatiga ta’sir ko‘rsata oladigan darajadagi ko‘tarinkilik namoyon. Sodda qilib aytganda, she’rni o‘qib ta’sirlana olishdan iborat she’rxonlik deb atalmish ushbu qobiliyatni tarbiyalashni – yoshlikdan boshlasak, deyarli barchada she’riyatga muhabbat shakllanadi. Bu esa bora-bora qalb uchun ehtiyojga aylanishi, shubhasiz.

Shu ma’noda, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Qarshi tuman bo‘linmasi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi va Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi hamkorligida 1-oktabr - Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan “Nasaf oqshomlari” nomli she’riyat kechasi bo‘lib o‘tdi.

She’riyat kechasi avvalida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi yetakchi mutaxassisi D.Sultonov, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining direktori v.v.b. Y.Djamalova va Qarshi muhandislik-iqtisodiyat instituti dotsenti S.Murtazoyeva so‘zga chiqib, adabiyot, she’riyat, Qashqadaryo adabiy muhiti va unda munosib o‘rin egallagan zabardast yozuvchi-shoirlar, bugun she’riyat maydoniga dadil kirib borayotgan qashqadaryolik yosh ijodkorlar, ular tomonidan yaratilayotgan rang-barang asarlar haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tishdi.

Qashqadaryolik ijodkorlar - Nuriddin Egamov, Lochin Elmuhammad, Ziyodulla Erqulovlar yoshlarga o‘z she’rlaridan namunalar o‘qib berishdi. O‘z navbatida, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining ijodkor o‘quvchilari tomonidan badiiy kompozitsiya namoyish etilgan bo‘lsa, Qarshi tumanidagi sakkizga yaqin umumta’lim maktablarining ijodkor o‘quvchilari she’riyat oqshomiga kayfiyati va ruhiyatiga monand o‘z ijod namunalaridan she’rlar o‘qib berishdi.

“Nasaf oqshomlari” she’riyat kechasi viloyat televideniyesi orqali yoritildi.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
34 viewsY.Kamalovna, 13:54
Ochish/sharhlash
2022-09-19 16:59:20
#bilib_oling

"Qarimta" so‘zining maʼnosini bilasizmi?

"Bir so‘z taʼrifi"


Kanalga ulanish https://t.me/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
37 viewsY.Kamalovna, 13:59
Ochish/sharhlash
2022-09-19 16:59:20
20-21-sentabr kunlari Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi hamda YUNESKO tashkiloti hamkorligida "Innovatsion pedagogika" o‘quv seminari bo‘lib o‘tadi.

Pedagoglar malakasini oshirish, sohadagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirish maqsadida tashkil etilayotgan seminarda:

Pedagog-kadrlarni kasbiy rivojlantirish, hamda viloyatlarda malakali trenerlarni tayyorlash;

O‘zbekistonda taʼlim va o‘qitish sifatini oshirish maqsadida ishlab chiqilgan innovatsion pedagogika qo‘llanmasi bilan tanishtirish kabi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Respublika bo‘ylab yuzdan ortiq mahoratli trenerlar, o‘qituvchilar va malaka oshirish bo‘yicha yetakchi ekspertlar ishtirok etadi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
31 viewsY.Kamalovna, 13:59
Ochish/sharhlash
2022-09-17 14:28:17
#Abdulla_Qahhor_tavalludining_115_yilligi

Bugun, ya’ni 17-sentabr kuni o‘zbek adabiyotining zabardast vakillaridan biri, ulug‘ yozuvchi va mohir tarjimon Abdulla Qahhor tavalludiga 115 yil to‘ldi.

Shu munosabat bilan Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida maktabning ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchilari tomonidan Abdulla Qahhor ijodiga bag‘ishlangan ochiq to‘garak darslari va mahorat darslari o‘tkazildi. Darslar davomida adib asarlariga ishlangan videoroliklar, hujjatli filmlar namoyish etildi

O‘quvchilar darslarda faol ishtirok etib, yozuvchining hayoti va ijodi borasidagi bilimlarini yanada boyitishdi.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Intagram |
48 viewsY.Kamalovna, 11:28
Ochish/sharhlash
2022-09-17 13:16:32
#Kino_vaqti

Ayni kunlarda poytaxtimizda "Ipak yo‘li durdonasi" XIV Toshkent xalqaro kinofestivali bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur festivalga oid hodisalar, tajriba va fikrlar almashuviga doir jarayonlarni Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining kinematografiya sohasiga qiziquvchi o‘quvchilari ham kuzatib borishmoqda.

Kinofestival doirasida, shuningdek, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularni milliy kinematografiya oltin fondiga kirgan va so‘nggi yillarda yaratilgan sara filmlar bilan tanishtirish maqsadida Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari uchun "Ipak yo‘li durdonasi" nomli hujjatli film va “Tutqunlik” filmi namoyishi bo‘lib o‘tdi.

Film o‘quvchilarda yaxshi taassurot qoldirdi.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Intagram |
50 viewsY.Kamalovna, 10:16
Ochish/sharhlash
2022-09-17 08:10:13
#Mustaqillik_darsi
#OAV_biz_haqimizda

Prezident ta’lim muassasalari agentligining joriy yilning 25-avgustdagi № 02-05-1746-sonli topshiriq xati ijrosini ta’minlash maqsadida Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7 "a" va 7 "b" -sinf o‘quvchilari Qarshi shahridagi “Qatag‘on qurbonlari” muzeyiga sayohat qilishdi.

“Tarixi qadim, kelajagi porloq O‘zbekiston!” shiori ostida tashkil etilgan sayohatda muzey xodimlari o‘quvchilarga muzeyning tashkil etilish tarixi, u yerdagi tarixiy eksponatlar, ma’rifatparvar jadid bobolarimiz haqida batafsil ma’lumot berishdi.

Ayniqsa, yoshlarda “Istibdoddan istiqlolga” filmi katta taassurot qoldirdi.

Ijod maktabi sinf rahbarlari – Dildora Shodmonova va Mohigul Olimjonova tomonidan o‘quvchilarga “Mustaqillik darsi” tashkil etildi.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
49 viewsY.Kamalovna, 05:10
Ochish/sharhlash