Get Mystery Box with random crypto!

#Nazm_kechasi “NASAF OQSHOMLARI”DA DILLARNI XUSHNUD AYLAGAN S | Маънавий-маърифий канал Абдулла Орипов ижод мактаби

#Nazm_kechasi

“NASAF OQSHOMLARI”DA DILLARNI XUSHNUD AYLAGAN SHE’RLAR YANGRADI

She’riyat nima? Qalb nega mudom she’rga, she’riyatga ehtiyoj sezadi, sezaveradi? Taassufki, buni so‘z bilan yohud xatti-harakatlar bilan tushuntirish amri mahol. Nega deganda, she’riyatning manzili bu – ruhiyat makoni, uni faqatgina qalb bilan, his-tuyg‘ular bilan tushunish mumkin. Chunki she’rda ohang bor, musiqa bor va avval qalbga so‘zning ohangi, musiqasi kirib boradi, so‘ngra aqlu fahm ko‘magida xotiraga muhrlaydi. She’riyatda so‘zning sehrli jozibasi, odam ruhiyatiga ta’sir ko‘rsata oladigan darajadagi ko‘tarinkilik namoyon. Sodda qilib aytganda, she’rni o‘qib ta’sirlana olishdan iborat she’rxonlik deb atalmish ushbu qobiliyatni tarbiyalashni – yoshlikdan boshlasak, deyarli barchada she’riyatga muhabbat shakllanadi. Bu esa bora-bora qalb uchun ehtiyojga aylanishi, shubhasiz.

Shu ma’noda, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Qarshi tuman bo‘linmasi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi va Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi hamkorligida 1-oktabr - Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan “Nasaf oqshomlari” nomli she’riyat kechasi bo‘lib o‘tdi.

She’riyat kechasi avvalida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi yetakchi mutaxassisi D.Sultonov, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining direktori v.v.b. Y.Djamalova va Qarshi muhandislik-iqtisodiyat instituti dotsenti S.Murtazoyeva so‘zga chiqib, adabiyot, she’riyat, Qashqadaryo adabiy muhiti va unda munosib o‘rin egallagan zabardast yozuvchi-shoirlar, bugun she’riyat maydoniga dadil kirib borayotgan qashqadaryolik yosh ijodkorlar, ular tomonidan yaratilayotgan rang-barang asarlar haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tishdi.

Qashqadaryolik ijodkorlar - Nuriddin Egamov, Lochin Elmuhammad, Ziyodulla Erqulovlar yoshlarga o‘z she’rlaridan namunalar o‘qib berishdi. O‘z navbatida, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining ijodkor o‘quvchilari tomonidan badiiy kompozitsiya namoyish etilgan bo‘lsa, Qarshi tumanidagi sakkizga yaqin umumta’lim maktablarining ijodkor o‘quvchilari she’riyat oqshomiga kayfiyati va ruhiyatiga monand o‘z ijod namunalaridan she’rlar o‘qib berishdi.

“Nasaf oqshomlari” she’riyat kechasi viloyat televideniyesi orqali yoritildi.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram