Get Mystery Box with random crypto!

20-21-sentabr kunlari Prezident taʼlim muassasalari agentligi | Маънавий-маърифий канал Абдулла Орипов ижод мактаби

20-21-sentabr kunlari Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi hamda YUNESKO tashkiloti hamkorligida "Innovatsion pedagogika" o‘quv seminari bo‘lib o‘tadi.

Pedagoglar malakasini oshirish, sohadagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirish maqsadida tashkil etilayotgan seminarda:

Pedagog-kadrlarni kasbiy rivojlantirish, hamda viloyatlarda malakali trenerlarni tayyorlash;

O‘zbekistonda taʼlim va o‘qitish sifatini oshirish maqsadida ishlab chiqilgan innovatsion pedagogika qo‘llanmasi bilan tanishtirish kabi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Respublika bo‘ylab yuzdan ortiq mahoratli trenerlar, o‘qituvchilar va malaka oshirish bo‘yicha yetakchi ekspertlar ishtirok etadi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube