Get Mystery Box with random crypto!

Маънавий-маърифий канал Абдулла Орипов ижод мактаби

Telegram kanalining logotibi abdullaoripovmaktabi — Маънавий-маърифий канал Абдулла Орипов ижод мактаби М
Telegram kanalining logotibi abdullaoripovmaktabi — Маънавий-маърифий канал Абдулла Орипов ижод мактаби
Kanal manzili: @abdullaoripovmaktabi
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 144

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 14

2022-11-05 18:32:34
#Yashil_makon

   Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tashabbuslari bilan   ko‘chat ekish, atrof-muhitni ko‘kalamzorlashtirish maqsadida "Yashil makon" umummilliy harakati doirasida Abdulla Oripov nomli ijod maktabida ham hashar ishlari òtkazilmoqda.

https://t.me/abdullaoripov_ijodmaktabi
16 viewsY.Kamalovna, 15:32
Ochish/sharhlash
2022-11-05 18:32:34
#Yashil_makon

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida "Yashil makon" umummilliy harakati loyihasi doirasida hashar uyushtirildi.
Maktabning orqa binosi hamda ichki boģ hududini kòkalamzorlashtirish maqsadida manzarali daraxt kòchatlari òtqazildi.

Ekoloyiha ishlari davom etadi.

https://t.me/abdullaoripov_ijodmaktabi
11 viewsY.Kamalovna, 15:32
Ochish/sharhlash
2022-11-05 13:24:58 ЙЎҚ, ҲАЛИ ЎЛМАГАН АБДУЛЛА ОРИП

(5 ноябрь - Абдулла Орипов вафот этган кун)

Ногаҳон кўринди чақноқ бир юлдуз,
Нур сочиб порлади, тилга тушди тез,
Пайдо бўлгандида  бир "МИТТИ ЮЛДУЗ"
Ёруғ юлдуз эди Абдулла Орип.

Кунларнинг бирида чақнади чақин,
Кўкдан юлдуз кўчди жуда ҳам ёрқин,
Кўк, замин гўёки бир қалқиб кетди,
Оламдан ўтганди Абдулла Орип.

Хира тортиб қолди юлдузсиз осмон,
Азадор бўлганди шоирсиз замин,
Бўзлади ўзбегим, бўзлади қардош,
Ахир ўтган эди Абдулла Орип.

Кўчди деб бўлмас ёрқин юлдузни,
Ўлди деб бўлмас жўшқин шоирни,
Ҳали кўп йўқлайди "ЙИЛЛАР АРМОНИ".
Йўқ,ҳали ўлмаган Абдулла Орип.

"ЖАННАТГА ЙЎЛ" доим излади шоир,
Топгандир эҳтимол аввали охир,
МАЛОМАТ ТОШЛАРИ " отилди қанча,
Ҳаммасин кўтарди Абдулла Орип.

"ИШОНЧ КЎПРИКЛАРИ " дардига дармон,
Туғилган маъвоси ҳур "ЎЗБЕКИСТОН"
"НАҲОТ ҚАЛЪАСИ" дир суйгани халқи,
Йўқ ҳали ўлмаган Абдулла Орип.

Ҳар тонгда уйғотса юрт мадҳияси,
Ҳеч қачон қуламас метин қояси,
Қалбидан жой олган танти халқининг,
Ҳеч қачон ўлмайди Абдулла Орип.

Нур Муҳаммад Ҳасан
25 viewsY.Kamalovna, 10:24
Ochish/sharhlash
2022-11-05 13:22:30
#Xotira

Tuģilsang baxt bilan kamol òshadir,
Tark etsang olamni zavol òshadir.
Oxir choģ tuproģing ustiga kelib,
Kimdir yod aylasa, iqbol òshadir.
Abdulla Oripov.
27 viewsY.Kamalovna, 10:22
Ochish/sharhlash
2022-11-05 12:31:06
#MTRK

"DIYOR YANGILIKLARI" “Ona tilim - g‘ururim, faxrim!” deb nomlangan maʼnaviy – maʼrifiy tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.

Kanalga ulanish https://t.me/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
39 viewsY.Kamalovna, 09:31
Ochish/sharhlash
2022-11-03 14:11:12
#Yashil_makon

   Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan ko‘chat ekish, atrof-muhitni ko‘kalamzorlashtirish maqsadida "Yashil makon" umummilliy harakati doirasida barcha joylarda ushbu jarayon qizg‘in tus olmoqda. Zero, ko‘chat ekib bog‘ yaratmoq xalqimizning azaliy odati sanaladi.

Shu munosabat bilan Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabida ham hashar ishlari  boshlab yuborildi. Mazkur loyiha munosabati bilan bugun maktab o‘quvchilari va tarbiyachilari tomonidan maktabning orqa binosi hududi atrofiga archa ko‘chatlari o‘tqazildi.


Kòchat ekish ishlari davom etadi.

@abdullaoripovmaktabi
31 viewsY.Kamalovna, 11:11
Ochish/sharhlash
2022-11-03 14:11:11
#Kino_vaqti

Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularni milliy kinematografiya oltin fondiga kirgan va so‘nggi yillarda yaratilgan sara filmlar bilan tanishtirish maqsadida Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari uchun o‘zbek kinematograflari tomonidan ishlangan film namoyishi bo‘lib o‘tdi.

Film o‘quvchilarda yaxshi taassurot qoldirdi.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Intagram |
30 viewsY.Kamalovna, 11:11
Ochish/sharhlash
2022-11-02 13:12:37
#TEST
#ChSB

Ayni paytda Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida choraklik summativ baholash bòyicha test olinmoqda.
Test savollari Agentlik tomonidan yuborilgan maxsus qoplardan olinib, mas'ul - Qarshi Prezident maktabi òqituvchisi Suģdiyona Omonova tomonidan nazorat etilmoqda.


Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
28 viewsY.Kamalovna, 10:12
Ochish/sharhlash
2022-10-28 14:43:46
#Konsert
#Musiqa_tơgaragi

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida "Kuy va so'z sehri" nomli "Musiqa" to'garagining hisobot konserti bo'lib o'tdi.

Konsertda Zavqiddin Boboxo'jayev rahbarligidagi "Musiqa" to'garagining a'zolari I-chorak davomida musiqa asboblarida o'rgangan, o'zlashtirgan kuy va navolarini ijro etishdi.

Xususan, dutorchi qizlar, doira zarblari, "O'zbegim yigitlari", "Andijon polkasi", pianinoda ijro etilgan popuri kuy, dutor kuyi, Z.Boboxo'jayev va uning shogirdlari ijrosidagi "Qizg'aldog'im", "Onam", "Chorbog'i bolo", turk tilidagi "Unutuyurum" kabi qo'shiqlar, "Kuntug'mish" dostonidan baxshiyona parcha, to'garak a'zosi J.Abdurasulovning o'z qalamiga mansub she'riga o'zi bastalagan kuyga giratadagi ijro barcha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
53 viewsY.Kamalovna, 11:43
Ochish/sharhlash
2022-10-27 16:58:35
#OAV_biz_haqimizda

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida "Òzbek tili bayrami kuni" tadbirlari yuqori saviyada òtkazildi.

https://t.me/abdullaoripov_ijodmaktabi
55 viewsY.Kamalovna, 13:58
Ochish/sharhlash