Get Mystery Box with random crypto!

MAKTABDA TAʼLIM

Telegram kanalining logotibi ziyolipedagog — MAKTABDA TAʼLIM M
Telegram kanalining logotibi ziyolipedagog — MAKTABDA TAʼLIM
Kanal manzili: @ziyolipedagog
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 138
Kanalning ta’rifi

Ushbu kanal ta’limi sohasi xodimlariga ta’lim yangiliklari, metodik tavsiyalar, hujjatlardan namunalar, savollarga javoblar, huquqiy maslahatlar berib borish maqsadida ochildi.
Savollar uchun @zavuch32
Hamkor guruh @pedkengash
Reklama @talimiy_reklama

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-08-10 19:02:27 MAKTAB HUDUDIDA TELEFONDAN FOYDALANISh TARTIBI QANDAY EKANLIGINI BILASIZMI?

Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 28-iyuldagi 246-sonli “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining
ichki tartib va odob-axloq qoidalarini yangi tahrirda tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘iga ko‘ra:


Ta’lim muassasasi hududida har bir o‘quvchi o‘z uyali aloqa vositalarini o‘chirib qo‘yishi, pedagog va texnik xodimlar hamda tashrif buyuruvchi boshqa shaxslar o‘z uyali aloqa vositalari qurilmalarini chaqiruv ovozini to‘liq o‘chirib qo‘yishi (Ovozsiz holatga o‘tkazishi) shart.

Ta’lim muassasalarida o‘tkaziladigan o‘quv mashg‘ulotlari va tadbirlar (saflanish, tarbiyaviy soatlar, bayram, sport tadbirlari) boshlanishidan oldin ta’lim oluvchilar telefonini o‘chirib qo‘yishi hamda telefonini sumkasiga solib qo‘yishi shart (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 21-maydagi 139-son qarori bilan tasdiqlangan Ta’lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom”).

O‘quvchi tomonidan ogohlantirilishiga qaramasdan dars jarayonida telefondan foydalanish holatlari davom etgan holatda sinf rahbari va muassasa rahbariyati o‘quvchining telefoni (smartfon, planshet va boshqa qurilmalar) o‘rnatilgan tarzda olib qo‘yiladi, holat yuzasidan o‘quvchining ota-onasi ogohlantiriladi. Holat bo‘yicha inspektor-psixolog tomonidan o‘quvchining
ota-onasi (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar)ni Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Oila-mahalla-ta’lim muassasasi hamkorligi Jamoat kengashi va kuzatuv kengashlari doirasida muhokama etilib, tegishli tushuntirishlar olib borgandan so‘ng telefon (mobil aloqa vositalari) o‘quvchining ota-onasi (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar)ga qaytarib beriladi.

Shunday holat o‘quv yili davomida takrorlanganda o‘quvchi ichki ishlar organlarining profilaktik ro‘yxatiga olinadi.

Shuningdek:

--qonun bilan taqiqlangan, milliy va umumbashariy qadriyatlarga xos bo‘lmagan yoki ta’lim muassasasining ichki munosabatlariga tegishli, shuningdek, ta’lim muassasasi va o‘qituvchi obro‘sini tushirishga qaratilgan munosabatlar aks etgan audio hamda videomateriallarni turli ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirishi yoki undan turli g‘arazli maqsadlar yo‘lida foydalanishi;

-- dars jarayonida quloqchinlar (naushnik) orqali uyali aloqa vositalari va turli xil audio qurilmalardan foydalanishi, dars jarayonini uyali aloqa vositasining kamerasi orqali suratga olishi;

-- ta’lim muassasasi kompyuterlarida ta’lim muassasasiga tegishli bo‘lmagan ma’lumotlarni, shuningdek, qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan bolalarning yosh xususiyatlariga mos bo‘lmagan turli videomateriallar, behayo suratlar, milliy, irqiy, etnik, diniy adovatni, zo‘ravonlikni targ‘ib qiluvchi, pornografik xarakterdagi har qanday video, audio va fotomateriallarni tayyorlash, saqlash, foydalanish va targ‘ib etish qat’iyan taqiqlanadi.

“Ziyoli Pedagog” kanaliga obuna bo‘ling:
https://t.me/ziyolipedagog
4.9K views⸙ꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋFaxriddin TURSUNOV, 16:02
Ochish/sharhlash
2022-08-10 17:02:32 XALQ TA’LIMI VAZIRINING
BUYRUG‘I
Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining ichki tartib va odob-axloq
qoidalarini yangi tahrirda tasdiqlash to‘g‘risidagi 246-sonli buyruq 28.07.2022 yil


“Ziyoli Pedagog” kanaliga obuna bo‘ling:
https://t.me/ziyolipedagog
4.1K views⸙ꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋFaxriddin TURSUNOV, 14:02
Ochish/sharhlash
2022-08-10 11:39:49 O'quvchi sizni darsda tinglamasa nima qilish kerak?

Biz nafaqat kuchli pedagog, balki kuchli psixolog ham bo'lganimizda barcha o'quvchilar diqqatini o'zimizga qarata olamiz.

Agar o'quvchi darsni tinglashdan manfaatdor emasligini ochiq aytsa yoki dars payti atrofidagilarni chalg'itayotganini sezsangiz, ushbu usuldan foydalaning.

Fan tushunchalarini uning ko'ziga qarab aytishni boshlang, diqqatni muhim nuqtaga (uning ko'ziga) qarating, lekin uzoq vaqt qaramang.

Siz o'quvchini qiziqtirish uchun pauza qilishingiz kerak, keyin mavzuni davom ettiring.

Buni tez-tez takrorlash kerak, lekin haddan tashqari oshirib yubormang.

Shunda o'quvchilaringiz juda ehtiyotkor bo'ladi va sizning darsingizga "quloq solishadi''.

Dars vaqtidagi oraliqlarda yengil hazillar, mavzuga oid mashhur shaxslar haqidagi qisqa hikoyalar ham o'quvchi diqqatini darsga doimiy jalb etishga yordam beradi.

“Ziyoli Pedagog” kanaliga obuna bo‘ling:
https://t.me/ziyolipedagog
3.0K views⸙ꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋFaxriddin TURSUNOV, 08:39
Ochish/sharhlash
2022-08-09 19:04:53 PEDAGOGLAR TIBBIY KO‘RIK UCHUN TO‘LOV QILISHLARI KERAKMI?

Eski muammolardan biri bo‘lgan tibbiy ko‘rik muammosi xar yili ko‘tariladi. Ko‘pchilik o‘qituvchilar tibbiy ko‘rikdan o‘tish pedagog xodimlar uchun pullik yoki bepulligi, pullik bo‘lgan taqdirda hamma joyda to‘lov bir xil emasligi, undan tashqari tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun borayotganlardan ko‘rikdan o‘tish jarayonida ishlatiladigan anjomlardan tortib hattoki, tibbiyot perchatkasigacha talab qilinayotganligi haqida shikoyatlar bo‘ladi.

Ana shu muammo bo‘yicha mehnat kodeksining 214-moddasida yozib qo‘yilgan.

Mehnat kodeksining 214-moddasida ish beruvchi mehnat shartnomasi tuzish chog‘ida dastlabki tarzda va keyinchalik (ish davomida) vaqti-vaqti bilan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil qilishi shart bo‘lgan xodimlar ro‘yxati ko‘rsatilgan (bu ro‘yxatga o‘qituvchilar ham kiradi) hamda tibbiy ko‘riklardan o‘tilishi munosabati bilan xodimlar chiqimdor bo‘lmasligi belgilangan.

Eʼtibor bergan bo‘lsangiz, MKning 214-moddasiga binoan tibbiy ko‘rikdan o‘tish munosabati bilan xodimdan pul undirilishi mumkin emas, shuningdek “Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga muvofiq tibbiy ko‘riklarni o‘tkazish vaqtida xodimning ish joyi (lavozimi) va o‘rtacha oylik ish haqi saqlanishi belgilab berilgan.

O‘qituvchilar uchun tibbiy ko‘rik bepul bo‘lishi lozim. O‘qituvchilar uchun qanaqadir qo‘shimcha imtiyozlar so‘ralmayapti. Shunday ekan hech bo‘lmasa, shu tibbiy ko‘rikni bepul qilinishini taʼminlab beraylik.

“Ziyoli Pedagog” kanaliga obuna bo‘ling:
https://t.me/ziyolipedagog
4.4K views⸙ꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋFaxriddin TURSUNOV, 16:04
Ochish/sharhlash
2022-08-09 08:41:56 Ziyoli Pedagog kanalini kuzatishda davom eting.

Kanalimizda yoritilayotgan eng dolzarb postlar bilan quyidagi havolalar orqali tanishib chiqishingiz mumkin.

USTAMA BO‘YIChA

Batafsil
1, 2, 3, 4

DARS TAQSIMOTI BO‘YIChA

Batafsil
1, 2, 3

IChKI TARTIB VA ODOB-AXLOQ QOIDALARI BO‘YIChA

Batafsil
1, 2, 3, 4, 5

KUNDALIK COM BO‘YIChA

Batafsil
1, 2, 3, 4

METODBIRLAShMALAR BO‘YIChA

Batafsil
1, 2, 3, 4

HUJJATLAR BO‘YIChA

Batafsil
1, 2, 3, 4

@ZiyoliPedagog kanaliga obuna bo‘lishni, hamkasblaringizga ham tavsiya qilishni unutmang!!!

“Ziyoli Pedagog” kanaliga obuna bo‘ling:
https://t.me/ziyolipedagog
3.3K views⸙ꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋFaxriddin TURSUNOVᅠᅠࣩࣩࣩࣩࣩࣧࣧࣧ, 05:41
Ochish/sharhlash
2022-08-08 04:24:48 Халқ таълими вазирлиги жамғармаси фаолиятини ташкил этиш чора-тадбирлари тўғрисида.

ВМҚ-425 02.08.2022 йил


“Ziyoli Pedagog” kanaliga obuna bo‘ling:
https://t.me/ziyolipedagog
5.0K views⸙ꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋFaxriddin TURSUNOVᅠᅠࣩࣩࣩࣩࣩࣧࣧࣧ, 01:24
Ochish/sharhlash
2022-08-07 04:36:39 ISH TAJRIBALARNI OMMALASHTIRISH BOSQICHLARI

Ilg‘or ish tajribalarni ommalashtirish ishlari quyidagi bosqichlar ketmaketligida amalga oshiriladi

1. Maktab miqyosida;
2. Tuman (shahar) miqyosida;
3. Viloyat miqyosida;
4. Respublika miqyosida ommalashtiriladi.

MAKTAB MIQYOSIDA OMMALASHTIRISH

Ilg‘or ish tajriba maktab fan metodbirlashmasi tomonidan aniqlanadi, tahlil qilinadi, umumlashtirilib pedagogika kengashining qarori bilan maktab miqyosida ommalashtiriladi.

Tuman ‘miqyosida ommalashtirish uchun maktab pedagogika kengashi qarori, maktab rahbari taqdimnomasi va o‘qituvchining faoliyatiga oid hujjatlar, yaratgan yangiliklari haqida ma’lumot tayyorlanib, tavsiyalari tuman xalq ta’limi bo‘limiga taqdim, etiladi.

TUMAN (SHAHAR) MIQYOSIDA OMMALASHTIRISH

Ilg‘or ish tajriba tuman (shahar)larda tashkil etilgan tayanch maktablari negizida 3 (uch) oy davomida o‘rganib chiqiladi va aprobatsiyadan o‘tkaziladi. Tayanch maktabidan olingan xulosa asosida Metodik kengash muhokamasida ko’rib chiqiladi va tuman (shahar) miqyosida ommalashtirish bo‘yicha qaror qabul qilinadi.

VILOYAT MIQYOSIDA OMMALASHTIRISH

Viloyat miqyosida ommalashtirish uchun taqdim etilgan ish tajribalar viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari huzuridagi O‘quv-metodika kengashi a’zolari tomonidan ikki oy muddat ichida seminar, ochiq dars, taqdimot orqali o‘rganib chiqiladi va O‘quv-metodika kengash qarori bilan viloyat miqyosida ommalashtiriladi.

RESPUBLIKA MIQYOSIDA OMMALASHTIRISH

Respublika ta’lim markaziga taqdim etilgan hujjatlar tegishliligi bo’yicha metodistlar tomonidan ekspertlarni jalb etgan holda 1 chorak (uch oy) davomida o‘rganiladi. O‘rganilgan ish tajribalar fan yo‘nalishidagi Ilmiy metodik kengash yig‘ilishlarida muhokama qilinadi va IMK qarori bilan Respublika miqyosida ommalashtiriladi.

Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisini aniqlash yo‘nalishida o‘tkaziladigan Respublika miqyosidagi tanlov g‘oliblari, final ishtirokchilari hamda onlayn darslarda ishtirok etib, Respublika darajasida 20 va undan ortiq onlayn dars o‘tgan o‘qituvchilarning ilg‘or ish tajribalari Respublikada to‘g‘ridan-to‘g‘ri ommalashtiriladi.

Asos: Respublika ta’lim markazining 2021-yil 26-yanvardagi 01/10-124-sonli xati

“Ziyoli Pedagog” kanaliga obuna bo‘ling:
https://t.me/ziyolipedagog
2.6K views⸙ꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋFaxriddin TURSUNOVᅠᅠࣩࣩࣩࣩࣩࣧࣧࣧ, 01:36
Ochish/sharhlash
2022-08-06 14:18:59 МАКТАБЛАРДА ДАРС ТАҚСИМОТИ ҚАНДАЙ АМАЛГА ОШИРИЛИШИ КЕРАК?

#Савол
Умутаълим мактабларида дарс тақсимоти қандай амалга оширилиши керак? Кўп мактабларда мактаб директори, ЎТИБДЎ ўзи дарсларни тақсимлайди. Аслида бу борада қонунчиликда нима дейилган?

#Жавоб
Илгари мактабларда дарс соатларини тақсимлаш бўйича аниқ бир мезон белгилаб берилмаган эди. Шунинг учун ҳам кўп ҳолларда мактаб директори ёки ЎТИБДЎ ўз қарашларидан келиб чиқиб дарсларни тақсимлар эди.

Хабарингиз бўлса, 2020 йил 30 июнда Халқ таълими вазирлиги, Молия вазирлиги ҳамда Соғлиқни сақлаш вазирликларининг қарори билан тасдиқланган “Умумтаълим муассасаларида синфларни комплектлаш ҳамда тарификация рўйхатларини шакллантириш тартиби тўғрисида” низом Адлия вазирлигида 3271-сон билан давлат рўйхатидан ўтказилган.

Ушбу низомга мувофиқ ўқитувчиларга дарс соатлари қуйидаги кўрсаткичларнинг устувор кетма-кетлиги асосида тақсимланиши белгилаб қўйилди:

Халқаро олимпиадалар ғолибларини тайёрлаган ўқитувчилар;
Ўкитувчи бўлиб фаолият юритаётган халқаро олимпиадалар ғолиблари;
Чет тили ва SТЕАМ фанларидан мутахассислиги бўйича халқаро сертификатларга эга ўқитувчилар (TESOL Level 5, CEFR В2, IELTS 6 ва ундан юқори, шунингдек, Халқ таълими вазирлиги томонидан белгиланадиган бошқа сертификатлар);
ТОР-1000 университетлар рейтингига кирадиган дунёнинг етакчи университетларини битирган ўқитувчилар;
Aсосий олимпиадаларнинг республика босқичи ғолибларини тайёрлаган ўқитувчилар;
Ўқитувчи бўлиб фаолият юритаётган асосий олимпиадаларнинг республика босқичи ғолиблари;
Республика босқичидаги кўрик танловларда (йил ўқитувчиси) совринли ўринларга эга бўлган ўкитувчилар;
Олий малака тоифасига эга ўқитувчилар;
Биринчи малака тоифасига эга ўқитувчилар;
Асосий олимпиадаларнинг вилоят ва туман босқичи ғолибларининг ўқитувчилари;
Иккинчи малака тоифага эга ўкитувчилар;
Педагогик йўналиш бўйича магистр даражасига эга ўқитувчилар;
Белгиланган тартибда ўз фанидан ўтказилган назарий ва амалий синовлар натижаси бўйича аъло баҳоларга эга ўқитувчилар;
Олий маълумотли тоифасиз ўқитувчилар;
Қайта тайёрлаш бўйича дипломга эга ўқитувчилар;
Олий таълим муассасаларининг педагогик йўналиш бўйича битирувчи босқич талабалари;
Педагогик йўналиш бўйича хорижий давлатларнинг олийгоҳларини битирган, бироқ дипломи тан олинмаган ўқитувчилар;
Олий маълумотли ўқитувчилар билан таъминлангунига қадар ўрта махсус, профессионал маълумотга эга ўқитувчилар;
Олий маълумотли ўқитувчилар билан таъминлангунига қадар умумтаълим муассасасининг тегишли мутахассислиги бўйича раҳбар ходимлари.

Ўқитувчи юқоридаги белгиланган кўрсаткичларнинг бир нечтасига эга бўлганда, кўрсаткичларнинг энг устуворини инобатга олган ҳолда дарс соатлари тақсимланади.

Айнан бир хил кўрсаткичлар мавжуд бўлган бир нечта ўқитувчилар ўртасида дарс соатлари тенг тақсимланади.

Юқоридаги кўрсаткичлар бўйича устунликка эга бўлган ўкитувчилар бемалол максимал миқдорда дарс олиши мумкин.

Халқ таьлими инфо

“Ziyoli Pedagog” kanaliga obuna bo‘ling:
https://t.me/ziyolipedagog
3.3K views⸙ꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋFaxriddin TURSUNOVᅠᅠࣩࣩࣩࣩࣩࣧࣧࣧ, 11:18
Ochish/sharhlash
2022-08-06 08:31:23 Mustaqillik bayramida xodimlar necha kun dam olishi ma'lum qilindi

Prezidentning “O‘zbekiston davlat mustaqilligi o‘ttiz bir yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori imzolandi.

Qarorga ko‘ra:
Mustaqillik bayrami munosabati bilan o‘zbekistonliklar ketma-ket 4 kun dam oladi.
1-sentabr - payshanba (ishlanmaydigan bayram kuni);
2-sentabr - juma (qo‘shimcha ishlanmaydigan kun - ish haftasi turidan qatʼi nazar); 
3-sentabr - shanba (qo‘shimcha ishlanmaydigan kun - olti kunlik ish haftasi bo‘lgan xodimlar uchun); 
4-sentabr - yakshanba (taqvim bo‘yicha dam olish kuni) dam olish kuni sifatida belgilandi.

“Ziyoli Pedagog” kanaliga a’zo bo‘ling:
https://t.me/ziyolipedagog
3.1K viewsJabborov Elyor, 05:31
Ochish/sharhlash
2022-08-05 05:01:35 XALQ TA’LIMI VAZIRLIGINING 2020-YIL 13-AVGUST KUNGI 183-SONLI BUYRUG‘I ASOSIDA “UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA METODBIRLASHMALAR TO‘G‘RISIDA” NIZOM TASDIQLANDI.

Unga ko’ra quydagilar metodbirlashmaning faoliyatini tashkil qiladi.

Umumta’lim maktablarida boshlang‘ich ta’lim, sinf rahbarlariyo‘nalishi hamda 5-11-sinflarda esa alohida fanlar yoki bir-biriga yaqin bo‘lgan fanlar turkimi bo‘yicha Metodbirlashmalar faoliyat ko‘rsatadi.

Umumta’lim maktablida bitta fan yoki turkum bo‘yicha kamida uchta o‘qituvchi bo‘lsa, Metodbirlashma tashkil etiladi.

Agar tegishli fan bo‘yicha o‘qituvchilar soni uch nafardan kam bo‘lsa, u holda ushbu fan o‘qituvchilari shu turkumdagifan o‘qituvchilari bilan birgalikda bitta Metodbirlashmaga birlashadi.

Metodbirlashma rahbari metodbirlashma a’zolari bilan kelishilgan holda, maktab direktorining buyrug‘i bilan, o‘z yo‘nalishi bo‘yicha metodik ishlarni yaxshi yo‘lga qo‘ygan, doimiy ravishda uzluksiz metodik xizmatni tashkil eta olgan, ijotkor va tajribali o‘qituvchilardan tayinlanadi.

Umumta’lim maktabining har bir o‘qituvchisi (o‘rindoshlik tariqasida ishlayotgan o‘qituvchilar ham) o‘z yo‘nalishi yoki tegishli fan turkumi bo‘yicha Metodbirlashmaga a’zo bo‘lishlari shart.

Metodbirlashma yig‘ilishi har chorakda kamida bir marta o‘tkaziladi.

“Ziyoli Pedagog” kanaliga a’zo bo‘ling:
https://t.me/ziyolipedagog
2.7K views⸙ꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋFaxriddin TURSUNOVᅠᅠࣩࣩࣩࣩࣩࣧࣧࣧ, 02:01
Ochish/sharhlash