Get Mystery Box with random crypto!

PEDAGOGLAR TIBBIY KO‘RIK UCHUN TO‘LOV QILISHLARI KERAKMI? E | MAKTABDA TAʼLIM

PEDAGOGLAR TIBBIY KO‘RIK UCHUN TO‘LOV QILISHLARI KERAKMI?

Eski muammolardan biri bo‘lgan tibbiy ko‘rik muammosi xar yili ko‘tariladi. Ko‘pchilik o‘qituvchilar tibbiy ko‘rikdan o‘tish pedagog xodimlar uchun pullik yoki bepulligi, pullik bo‘lgan taqdirda hamma joyda to‘lov bir xil emasligi, undan tashqari tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun borayotganlardan ko‘rikdan o‘tish jarayonida ishlatiladigan anjomlardan tortib hattoki, tibbiyot perchatkasigacha talab qilinayotganligi haqida shikoyatlar bo‘ladi.

Ana shu muammo bo‘yicha mehnat kodeksining 214-moddasida yozib qo‘yilgan.

Mehnat kodeksining 214-moddasida ish beruvchi mehnat shartnomasi tuzish chog‘ida dastlabki tarzda va keyinchalik (ish davomida) vaqti-vaqti bilan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil qilishi shart bo‘lgan xodimlar ro‘yxati ko‘rsatilgan (bu ro‘yxatga o‘qituvchilar ham kiradi) hamda tibbiy ko‘riklardan o‘tilishi munosabati bilan xodimlar chiqimdor bo‘lmasligi belgilangan.

Eʼtibor bergan bo‘lsangiz, MKning 214-moddasiga binoan tibbiy ko‘rikdan o‘tish munosabati bilan xodimdan pul undirilishi mumkin emas, shuningdek “Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga muvofiq tibbiy ko‘riklarni o‘tkazish vaqtida xodimning ish joyi (lavozimi) va o‘rtacha oylik ish haqi saqlanishi belgilab berilgan.

O‘qituvchilar uchun tibbiy ko‘rik bepul bo‘lishi lozim. O‘qituvchilar uchun qanaqadir qo‘shimcha imtiyozlar so‘ralmayapti. Shunday ekan hech bo‘lmasa, shu tibbiy ko‘rikni bepul qilinishini taʼminlab beraylik.

“Ziyoli Pedagog” kanaliga obuna bo‘ling:
https://t.me/ziyolipedagog