Get Mystery Box with random crypto!

ISH TAJRIBALARNI OMMALASHTIRISH BOSQICHLARI Ilg‘or ish tajrib | MAKTABDA TAʼLIM

ISH TAJRIBALARNI OMMALASHTIRISH BOSQICHLARI

Ilg‘or ish tajribalarni ommalashtirish ishlari quyidagi bosqichlar ketmaketligida amalga oshiriladi

1. Maktab miqyosida;
2. Tuman (shahar) miqyosida;
3. Viloyat miqyosida;
4. Respublika miqyosida ommalashtiriladi.

MAKTAB MIQYOSIDA OMMALASHTIRISH

Ilg‘or ish tajriba maktab fan metodbirlashmasi tomonidan aniqlanadi, tahlil qilinadi, umumlashtirilib pedagogika kengashining qarori bilan maktab miqyosida ommalashtiriladi.

Tuman ‘miqyosida ommalashtirish uchun maktab pedagogika kengashi qarori, maktab rahbari taqdimnomasi va o‘qituvchining faoliyatiga oid hujjatlar, yaratgan yangiliklari haqida ma’lumot tayyorlanib, tavsiyalari tuman xalq ta’limi bo‘limiga taqdim, etiladi.

TUMAN (SHAHAR) MIQYOSIDA OMMALASHTIRISH

Ilg‘or ish tajriba tuman (shahar)larda tashkil etilgan tayanch maktablari negizida 3 (uch) oy davomida o‘rganib chiqiladi va aprobatsiyadan o‘tkaziladi. Tayanch maktabidan olingan xulosa asosida Metodik kengash muhokamasida ko’rib chiqiladi va tuman (shahar) miqyosida ommalashtirish bo‘yicha qaror qabul qilinadi.

VILOYAT MIQYOSIDA OMMALASHTIRISH

Viloyat miqyosida ommalashtirish uchun taqdim etilgan ish tajribalar viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari huzuridagi O‘quv-metodika kengashi a’zolari tomonidan ikki oy muddat ichida seminar, ochiq dars, taqdimot orqali o‘rganib chiqiladi va O‘quv-metodika kengash qarori bilan viloyat miqyosida ommalashtiriladi.

RESPUBLIKA MIQYOSIDA OMMALASHTIRISH

Respublika ta’lim markaziga taqdim etilgan hujjatlar tegishliligi bo’yicha metodistlar tomonidan ekspertlarni jalb etgan holda 1 chorak (uch oy) davomida o‘rganiladi. O‘rganilgan ish tajribalar fan yo‘nalishidagi Ilmiy metodik kengash yig‘ilishlarida muhokama qilinadi va IMK qarori bilan Respublika miqyosida ommalashtiriladi.

Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisini aniqlash yo‘nalishida o‘tkaziladigan Respublika miqyosidagi tanlov g‘oliblari, final ishtirokchilari hamda onlayn darslarda ishtirok etib, Respublika darajasida 20 va undan ortiq onlayn dars o‘tgan o‘qituvchilarning ilg‘or ish tajribalari Respublikada to‘g‘ridan-to‘g‘ri ommalashtiriladi.

Asos: Respublika ta’lim markazining 2021-yil 26-yanvardagi 01/10-124-sonli xati

“Ziyoli Pedagog” kanaliga obuna bo‘ling:
https://t.me/ziyolipedagog