Get Mystery Box with random crypto!

XALQ TA’LIMI VAZIRLIGINING 2020-YIL 13-AVGUST KUNGI 183-SONLI | MAKTABDA TAʼLIM

XALQ TA’LIMI VAZIRLIGINING 2020-YIL 13-AVGUST KUNGI 183-SONLI BUYRUG‘I ASOSIDA “UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA METODBIRLASHMALAR TO‘G‘RISIDA” NIZOM TASDIQLANDI.

Unga ko’ra quydagilar metodbirlashmaning faoliyatini tashkil qiladi.

Umumta’lim maktablarida boshlang‘ich ta’lim, sinf rahbarlariyo‘nalishi hamda 5-11-sinflarda esa alohida fanlar yoki bir-biriga yaqin bo‘lgan fanlar turkimi bo‘yicha Metodbirlashmalar faoliyat ko‘rsatadi.

Umumta’lim maktablida bitta fan yoki turkum bo‘yicha kamida uchta o‘qituvchi bo‘lsa, Metodbirlashma tashkil etiladi.

Agar tegishli fan bo‘yicha o‘qituvchilar soni uch nafardan kam bo‘lsa, u holda ushbu fan o‘qituvchilari shu turkumdagifan o‘qituvchilari bilan birgalikda bitta Metodbirlashmaga birlashadi.

Metodbirlashma rahbari metodbirlashma a’zolari bilan kelishilgan holda, maktab direktorining buyrug‘i bilan, o‘z yo‘nalishi bo‘yicha metodik ishlarni yaxshi yo‘lga qo‘ygan, doimiy ravishda uzluksiz metodik xizmatni tashkil eta olgan, ijotkor va tajribali o‘qituvchilardan tayinlanadi.

Umumta’lim maktabining har bir o‘qituvchisi (o‘rindoshlik tariqasida ishlayotgan o‘qituvchilar ham) o‘z yo‘nalishi yoki tegishli fan turkumi bo‘yicha Metodbirlashmaga a’zo bo‘lishlari shart.

Metodbirlashma yig‘ilishi har chorakda kamida bir marta o‘tkaziladi.

“Ziyoli Pedagog” kanaliga a’zo bo‘ling:
https://t.me/ziyolipedagog