Get Mystery Box with random crypto!

O'quvchi sizni darsda tinglamasa nima qilish kerak? Biz nafaq | MAKTABDA TAʼLIM

O'quvchi sizni darsda tinglamasa nima qilish kerak?

Biz nafaqat kuchli pedagog, balki kuchli psixolog ham bo'lganimizda barcha o'quvchilar diqqatini o'zimizga qarata olamiz.

Agar o'quvchi darsni tinglashdan manfaatdor emasligini ochiq aytsa yoki dars payti atrofidagilarni chalg'itayotganini sezsangiz, ushbu usuldan foydalaning.

Fan tushunchalarini uning ko'ziga qarab aytishni boshlang, diqqatni muhim nuqtaga (uning ko'ziga) qarating, lekin uzoq vaqt qaramang.

Siz o'quvchini qiziqtirish uchun pauza qilishingiz kerak, keyin mavzuni davom ettiring.

Buni tez-tez takrorlash kerak, lekin haddan tashqari oshirib yubormang.

Shunda o'quvchilaringiz juda ehtiyotkor bo'ladi va sizning darsingizga "quloq solishadi''.

Dars vaqtidagi oraliqlarda yengil hazillar, mavzuga oid mashhur shaxslar haqidagi qisqa hikoyalar ham o'quvchi diqqatini darsga doimiy jalb etishga yordam beradi.

“Ziyoli Pedagog” kanaliga obuna bo‘ling:
https://t.me/ziyolipedagog