Get Mystery Box with random crypto!

Zakovat intellektual klubi

Telegram kanalining logotibi zakovat — Zakovat intellektual klubi Z
Telegram kanalining logotibi zakovat — Zakovat intellektual klubi
Kanal manzili: @zakovat
Toifalar: Taʼlim , Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 42.21K
Kanalning ta’rifi

RASMIY KANAL. "Zakovat" Intellektual klubiga oid yangiliklar, qiziqarli savollar, turli tanlovlar oʻtkazishga moʻljallangan.
Barcha videolar:
youtube.com/c/ZAKOVATTV
Sayt: zakovatklubi.uz

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 7

2023-06-05 18:45:07
Detektiv mavzuda “Zakovat Quiz” o‘yini bo‘lib o‘tmoqda!

“Yoshlar oyligi” doirasida tashkil etilgan maxsus o‘yinda 80ga yaqin jamoa ishtirok etmoqda.

Hamkorimiz — "Agrobank" aksiyadorlik tijorat banki.

@zakovatquiz
3.9K views15:45
Ochish/sharhlash
2023-06-05 10:41:25
"Beshikdan qabrgacha ilm izla" turniri haqida

Iyun "Yoshlar oyligi" munosabati bilan tashkil etilayotgan ushbu turnirda bilimdonlar yangi bilimlarni o‘rganishi maqsadida murakkab savollardan iborat savollar to‘plami shakllantiriladi.

Turnir 3 ta turdan iborat, har bir turda 36 tadan savol o‘ynaladi. Ushbu turnirda ixtiyoriy jamoa ishtirok etishi mumkin. "Zakovat intellektual klubi" NNTning Professional liga Bahorgi mavsumida ishtirok etayotgan jamoalar tarkibini o‘zgartirmasdan ishtirok etishlari talab etiladi. Boshqa jamoalar uchun tarkibni shakllantirishda cheklovlar yo‘q.

Turnir 1-turidan ro‘yxatdan o‘tish uchun havola:

https://zakovatklubi.uz/tournaments/310

Mo‘ljal: Beruniy metro bekati.

Lokatsiya

Boshlanish vaqti: 6-iyun (seshanba) 19:00

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
7.0K views07:41
Ochish/sharhlash
2023-06-04 21:18:10
Firibgarlardan ehtiyot bo‘ling!

Ba’zi “Zakovat” muxlislarining ma’lum qilishicha, so‘nggi vaqtlarda internetdan ularga “Zakovat” viktorinasida qatnashib, 30 million so‘m pul yutib olish taklifi kelib tushgan hamda yutuq pulini olish uchun “Zakovat” logosi o‘rnatilgan soxta saytda plastik karta ma’lumotlarini kiritish so‘ralgan.

Bu hech shubhasiz, firibgarlikdir.

“Zakovat intellektual klubi” NNT fuqarolarni internetdagi turli shubhali viktorina va musobaqalarda ishtirok etmaslikka, plastik karta ma’lumotlarini saytlarga kiritmaslikka va begona shaxslarga bermaslikka chaqiradi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
11.7K views18:18
Ochish/sharhlash
2023-06-02 18:01:34
Xalqaro bolalar kuniga bag‘ishlangan “Zakovat” turniri bo‘lib o‘tdi!

“Yoshlar oyligi” doirasida o‘tkazilgan ushbu turnirda 7 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalardan tashkil topgan jamoalar ishtirok etdi.

Turnir 2-iyun kuni respublikamizning 11 hududida sinxron tarzda o‘tkazildi va unda 212 ta jamoa hamda 1300 ga yaqin bolalar ishtirok etdi.

Jizzax, Sirdaryo va Xorazm viloyatlarida turnir ertaga 3-iyun kuni o'tkaziladi.

Barcha hududlarda g‘olib jamoalar kitoblar bilan taqdirlandi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
10.9K views15:01
Ochish/sharhlash
2023-05-21 11:03:01
“Zakovat Intervyu” loyihasining navbatdagi mehmoni - Ravshan Isroilov!

“Zakovat”ning azaliy muxlislariga qadrdon bo‘lgan bilimdon bilan uyushtirilgan intervyuni to‘liq shaklda bugun, kechki soatlarda e’tiboringizga havola etamiz!

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
2.4K views08:03
Ochish/sharhlash
2023-05-20 19:29:10
O‘quvchilar ligasi bahorgi mavsumining 7-turidan keyingi reyting jadvali

7-turda jamoalar egallagan o‘rni va qo‘lga kiritgan ballarini bilmoqchi bo‘lsangiz, ushbu havola ustiga bosing.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
7.0K views16:29
Ochish/sharhlash
2023-05-19 16:03:52
Talabalar ligasi bahorgi mavsumining
8-turidan keyingi reyting jadvali

8-turda jamoalar egallagan o‘rni va qo‘lga kiritgan ballarini bilmoqchi bo‘lsangiz, ushbu havola ustiga bosing.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
8.8K views13:03
Ochish/sharhlash
2023-05-19 15:42:18
Talaba-o‘quvchilar ligasi bahorgi mavsumining 7-turidan keyingi reyting jadvali

7-turda jamoalar egallagan o‘rni va qo‘lga kiritgan ballarini bilmoqchi bo‘lsangiz, ushbu havola ustiga bosing.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
8.3K views12:42
Ochish/sharhlash
2023-05-19 09:13:29
"Zakovat" intellektual o‘yini bo‘yicha Toshkent xalqaro Vestminster universiteti rektori kubogi bo‘lib o‘tadi.

Talabalar o‘rtasida intellektual raqobatni kuchaytirishga qaratilgan ushbu tadbir 27-may kuni Toshkent xalqaro Vestminster universitetida bo‘lib o‘tadi.

Arizalar 24-may sanasigacha qabul qilinadi. G‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun ushbu havola ustiga bosing. To‘liq ro‘yxatdan o‘tish tartibi mana bu yerda ko‘rsatilgan. Shoshiling, ishtirokchilar soni cheklangan!

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
8.3K views06:13
Ochish/sharhlash
2023-05-17 19:06:05
Oliy ta'lim muassasalari talabalari o'rtasida o'tkaziladigan "Intellektual haftalik" doirasidagi"Breyn ring" musobaqasi guruh bosqichida raqib bo'ladigan jamoalar ma'lum bo'ldi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
6.9K views16:06
Ochish/sharhlash