Get Mystery Box with random crypto!

Xalqaro bolalar kuniga bag‘ishlangan “Zakovat” turniri bo‘lib | Zakovat intellektual klubi

Xalqaro bolalar kuniga bag‘ishlangan “Zakovat” turniri bo‘lib o‘tdi!

“Yoshlar oyligi” doirasida o‘tkazilgan ushbu turnirda 7 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalardan tashkil topgan jamoalar ishtirok etdi.

Turnir 2-iyun kuni respublikamizning 11 hududida sinxron tarzda o‘tkazildi va unda 212 ta jamoa hamda 1300 ga yaqin bolalar ishtirok etdi.

Jizzax, Sirdaryo va Xorazm viloyatlarida turnir ertaga 3-iyun kuni o'tkaziladi.

Barcha hududlarda g‘olib jamoalar kitoblar bilan taqdirlandi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok