Get Mystery Box with random crypto!

Zakovat intellektual klubi

Telegram kanalining logotibi zakovat — Zakovat intellektual klubi Z
Telegram kanalining logotibi zakovat — Zakovat intellektual klubi
Kanal manzili: @zakovat
Toifalar: Taʼlim , Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 42.21K
Kanalning ta’rifi

RASMIY KANAL. "Zakovat" Intellektual klubiga oid yangiliklar, qiziqarli savollar, turli tanlovlar oʻtkazishga moʻljallangan.
Barcha videolar:
youtube.com/c/ZAKOVATTV
Sayt: zakovatklubi.uz

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2024-01-03 20:57:05
Talabalar o‘rtasida “Qishki sessiya” turniri bo‘lib o‘tadi!

Qishki ta’tilni mazmunli o‘tkazishlarini tashkil etish maqsadida talabalar o‘rtasida “Zakovat” o‘yini bo‘yicha “Qishki sessiya” turniri o‘tkaziladi!

O‘yin 5-yanvar, juma kuni respublikamizning barcha hududida soat 14:00 da boshlanadi.

O‘yin har biri 12ta savoldan iborat bo‘lgan 2 turda o‘tkaziladi.

Hududlardagi o‘yinlarga ro‘yxatdan o‘tish tartibi va o‘yinlarning manzili haqida quyidagi hududiy kanallar orqali ma’lumot beriladi:

Andijon viloyati;
Buxoro viloyati;
Farg‘ona viloyati;
Jizzax viloyati;
Namangan viloyati;
Navoiy viloyati;
Qashqadaryo viloyati;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi;
Samarqand viloyati;
Sirdaryo viloyati;
Surxondaryo viloyati;
Toshkent viloyati;
Toshkent shahri;
Xorazm viloyati.

Hududlardagi o‘yinlarda qatnashmoqchi bo‘lgan jamoalar qo‘shimcha ma'lumot uchun "Zakovat intellektual klubi" NNTning tegishli hududiy koordinatori bilan bog‘lanishlari mumkin. Hududiy koordinatorlar kontaktlarini ushbu havoladan olish mumkin.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
25.9K views17:57
Ochish/sharhlash
2024-01-03 09:46:26
“Zakovat”dan navbatdagi viktorina!

Bugundan kanalimizda “Yangi yilda yangi bilimlar” onlayn “Zakovat” viktorinasi o‘tkaziladi.

3-yanvardan 9-yanvargacha har kuni soat 15:00da bittadan qiziqarli audiosavollarni e’tiboringizga havola qilib boramiz.

Savolga eng birinchi bo‘lib to‘g‘ri javob bergan ishtirokchi kitob bilan taqdirlanadi.

Viktorina savollari “Zakovat intellektual klubi” NNT prezidenti Abdurasul Abdullayev tomonidan o‘qib boriladi.

Savollarga javoblar audiosavol ostidagi izohda yoziladi.

Viktorinada barcha ishtirok etishi mumkin. Viktorina doirasida ko‘proq ishtirokchilarni taqdirlash maqsadida unda bir marta g‘olib bo‘lgan ishtirokchilarning keyingi savollarga bergan to‘g‘ri javoblari inobatga olinmaydi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
25.2K viewsedited  06:46
Ochish/sharhlash
2023-12-31 14:01:38
Intellektual olimpiada taqdirlash marosimidan batafsil videolavha YouTube'dagi rasmiy kanalimizga joylandi





Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
18.7K views11:01
Ochish/sharhlash
2023-12-31 10:33:19
“Zakovat intellektual klubi” NNT jamoasi kirib kelayotgan yangi yilingiz bilan tabriklaydi!

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
16.0K views07:33
Ochish/sharhlash
2023-12-31 08:23:26 Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan “Zakovat” turniri nizomi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | TikTok
14.1K views05:23
Ochish/sharhlash
2023-12-31 08:23:15
Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan “Zakovat” turniri bo‘lib o‘tadi!

2024-yil 10-yanvar kuni Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, Ichki ishlar vazirligi va “Zakovat intellektual klubi” NNT hamkorligida Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan “Zakovat” turniri o‘tkaziladi.

Turnirda O‘zbekiston Respublikasining harbiy va harbiylashtirilgan vazirlik va idoralari hamda ularning tizimidagi oliy ta’lim muassasalari xodimlari hamda kursantlaridan tuzilgan ko‘ngilli jamoalar ishtirok etishi mumkin. Jamoalar tarkibi 6 ta kishidan iborat bo‘ladi.

Turnirda ishtirok etmoqchi bo‘lgan jamoalar o‘z tarkibini turnir nizomida keltirilgan namunaga muvofiq zakovat@exat.uz manziliga jo‘natishi hamda jamoa tarkibini zakovatklubi.uz saytidan ro‘yxatdan o‘tkazishi lozim.

Turnir 3 ta turdan iborat va unda jami 36 ta savol o‘ynaladi.

Turnirda g‘olib bo‘lgan jamoalar smart televizorlar bilan taqdirlanadi!

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
14.0K viewsedited  05:23
Ochish/sharhlash
2023-12-30 06:33:00 ”Zakovat”ga savol yo‘llang va 100 mln so‘m qo‘lga kiriting!

Hurmatli teletomoshabinlar!

“Zakovat” intellektual ko‘rsatuviga savol yo‘llab, katta miqdordagi pul mukofotlarini yutib oling!

2023-yilgi o‘yinlarda savol yo‘llagan hamda bilimdonlar ustidan g‘alaba qozongan teletomoshabinlar quyidagicha rag‘batlantiriladi:

Mavsum o‘yinlarida (mavsum finallari va yil finalidan tashqari):

1-ochko uchun — 1 mln so‘m;
2-ochko uchun — 2 mln so‘m;
3-ochko uchun — 3 mln so‘m;
4-ochko uchun — 4 mln so‘m;
5-ochko uchun — 5 mln so‘m;
6-ochko uchun — 6 mln so‘m.

Mavsum finallari va yil finalida
bilimdonlar tomonidan topilmagan har bir savol uchun savol mualliflari yuqoridagi pul mukofotlarining ikki baravari miqdorida rag‘batlantiriladi.

Eng yaxshi savol mualliflari quyidagicha rag‘batlantiriladi:

Oddiy o‘yinlardagi eng yaxshi savol muallifi uchun — 10 mln so‘m;

Mavsum finallaridagi eng yaxshi savol muallifi uchun — 50 mln so‘m.

Agar savolingiz yil finalida eng yaxshi savol deb topilsa, unda 100 mln so‘m pul mukofoti beriladi.

Savol yo’llaganda quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak:

1. Savol matni;
2. Javob matni va javobga izoh (ko‘pchilik negadir javobini ko‘rsatmaydi);
3. Savol manbasi (qaysi kitob yoki qaysi manbadan olingani aniq ko‘rsatilishi shart);
4. Agar bo‘lsa, savolga zarur bo‘lgan qo‘shimcha atributlar (foto, video yoki boshqa predmetlar);
5. Savol muallifining ism-familiyasi va qisqacha ma’lumot;
6. Muallifning yashash manzili;
7. Muallifning telefon raqami;
8. Muallifning fotosurati.

Savollaringizni quyidagi 2 xil usulda yuborishingiz mumkin:

Toshkent shahri, Mirobod tumani, Sayid Baraka ko‘chasi, 21-uy manziliga xat yuborish orqali. Konvert ustiga "Zakovat" ko'rsatuvi uchun" deb yozish esdan chiqmasin;

savol@zakovat.tv elektron manziliga internet orqali.

Hurmatli savol mualliflari!

Teleo‘yin uchun har kuni yuzlab, har oyda minglab savollar yuborilishi tufayli savollarni ko‘rib chiquvchi muharrirlar guruhi (tahririyat) har bir savolning muallifiga savoli o‘yin uchun olingani yoki olinmagani to‘g‘risida alohida xabar bera olmaydi va tahririyat tomonidan bunday majburiyat olinmagan.

Tahririyat o‘yin uchun qaysi savolni tanlab olishni mustaqil hal qiladi va savol mualliflariga savoli nega olinmagani bo‘yicha izoh bermaydi.

Tahririyat tomonidan qaysidir savol tanlab olingan taqdirda, ushbu savol teleo‘yinda o‘ynalganidan keyingina uning muallifiga aloqaga chiqiladi.

Hurmatli savol mualliflari!

Sizdan savolingiz o‘yin uchun olingani yoki olinmagani haqida ma’lumot olishni so‘rab turli ijtimoiy tarmoqlarimizga yoki telefon raqamimizga murojaat bilan chiqmaslikni so‘raymiz. “Zakovat intellektual klubi” NNT yoki tahririyat tomonidan bunday murojaatlarga javob yoki izohlar berilmaydi.

Savollaringizni kutamiz! Unutmang, Sizning savollaringiz “Zakovat”ning eng asosiy ustunidir!

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
17.6K views03:33
Ochish/sharhlash
2023-12-26 17:01:46
Intellektual olimpiada qahramonlari o‘z hududida ham taqdirlandi!

Bugun Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqovning namanganlik yoshlar va sportchilar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Unda joriy yilda bir qator muvaffaqiyatlarga erishib, viloyat nufuzini oshirishga hissa qo‘shgan yigit-qizlar munosib rag‘batlantirildi.

Jumladan, yaqinda oliy ta'lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan Intellektual olimpiadada umumjamoa hisobida 3-o‘rinni egallagan Namangan davlat universiteti jamoasi ham alohida e’tirof etildi.

Viloyat hokimi uchrashuv yakunida yoshlarga Prezident sovg‘asi hamda pul mukofotlarini tantanali ravishda topshirdi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
13.9K views14:01
Ochish/sharhlash
2023-12-07 12:09:22
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31 yilligiga bag‘ishlangan “Zakovat” turnirining 1-o‘rni hamda Konstitutsiya kubogi sohibi - Toshkent davlat yuridik universiteti jamoasi!!!

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
13.0K views09:09
Ochish/sharhlash
2023-11-25 13:52:35
Bugun soat 20:00 da “O‘zbekiston 24” telekanalida “Zakovat” haqida maxsus ko‘rsatuv efirga uzatiladi!

Unda “Zakovat” va boshqa intellektual o‘yinlarning yurtimizda ommaviy-ma’rifiy harakatga aylanayotgani, shu jumladan shaxmatni rivojlantirishda “Zakovat-Gambit” shaxmat turnirining ahamiyati to‘g‘risida so‘z yuritiladi.

Bugun 20:00da, “O‘zbekiston 24” telekanalida!

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
13.7K views10:52
Ochish/sharhlash