Get Mystery Box with random crypto!

Zakovat intellektual klubi

Telegram kanalining logotibi zakovat — Zakovat intellektual klubi Z
Telegram kanalining logotibi zakovat — Zakovat intellektual klubi
Kanal manzili: @zakovat
Toifalar: Taʼlim , Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 42.21K
Kanalning ta’rifi

RASMIY KANAL. "Zakovat" Intellektual klubiga oid yangiliklar, qiziqarli savollar, turli tanlovlar oʻtkazishga moʻljallangan.
Barcha videolar:
youtube.com/c/ZAKOVATTV
Sayt: zakovatklubi.uz

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2023-11-09 12:43:22
Intellektual olimpiada uchun ro‘yxatdan o‘tgan OTMlar

Endilikda mazkur 135 ta jamoa ishtirokida hududiy saralash bosqichi o‘tkaziladi.

Hududiy saralash bosqichi sanasi keyinroq ma’lum qilinadi.

Intellektual olimpiadaning respublika bosqichiga hududlar kesimida beriladigan kvotalar soni bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
16.9K views09:43
Ochish/sharhlash
2023-11-09 08:18:58
OTMlar o‘rtasidagi Intellektual olimpiadaning respublika bosqichi uchun hududlarga beriladigan kvotalar soni

Intellektual olimpiadada qatnashish uchun respublikamizdagi jami 135 ta OTMdan ariza kelib tushdi.

Turnir nizomiga muvofiq kvotalar hududlardan kelib tushgan arizalar soniga mos ravishda taqsimlab chiqildi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
25.5K views05:18
Ochish/sharhlash
2023-11-08 10:03:28
Ertaga soat 12:00da "Zakovat-Gambit" shaxmat turniri uchun ro‘yxatdan o‘tish yopiladi!

Hurmatli shaxmat ixlosmandlari, "Zakovat-Gambit" shaxmat turniri uchun ro‘yxatdan o‘tish ertaga, 9-noyabr kuni soat 12:00da yopilishini inobatga olib, hali turnir uchun ro‘yxatdan o‘tishga ulgurmagan bo‘lsangiz, tezroq ro‘yxatdan o‘tishingizni so‘raymiz.

Turnirda qatnashish uchun gambit.zakovat.tv veb-saytida ro‘yxatdan o‘tish lozim.

"Zakovat-Gambit" turniriga ro‘yxatdan o‘tish tartibi haqida bu yerdan batafsil ma'lumot olishingiz mumkin.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
15.1K views07:03
Ochish/sharhlash
2023-10-31 10:21:51 ”Zakovat”ga savol yo‘llang va 100 mln so‘m qo‘lga kiriting!

Hurmatli teletomoshabinlar!

“Zakovat” intellektual ko‘rsatuviga savol yo‘llab, katta miqdordagi pul mukofotlarini yutib oling!

2023-yilgi o‘yinlarda savol yo‘llagan hamda bilimdonlar ustidan g‘alaba qozongan teletomoshabinlar quyidagicha rag‘batlantiriladi:

Mavsum o‘yinlarida (mavsum finallari va yil finalidan tashqari):

1-ochko uchun — 1 mln so‘m;
2-ochko uchun — 2 mln so‘m;
3-ochko uchun — 3 mln so‘m;
4-ochko uchun — 4 mln so‘m;
5-ochko uchun — 5 mln so‘m;
6-ochko uchun — 6 mln so‘m.

Mavsum finallari va yil finalida
bilimdonlar tomonidan topilmagan har bir savol uchun savol mualliflari yuqoridagi pul mukofotlarining ikki baravari miqdorida rag‘batlantiriladi.

Eng yaxshi savol mualliflari quyidagicha rag‘batlantiriladi:

Oddiy o‘yinlardagi eng yaxshi savol muallifi uchun — 10 mln so‘m;

Mavsum finallaridagi eng yaxshi savol muallifi uchun — 50 mln so‘m.

Agar savolingiz yil finalida eng yaxshi savol deb topilsa, unda 100 mln so‘m pul mukofoti beriladi.

Savol yo’llaganda quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak:

1. Savol matni;
2. Javob matni va javobga izoh (ko‘pchilik negadir javobini ko‘rsatmaydi);
3. Savol manbasi (qaysi kitob yoki qaysi manbadan olingani aniq ko‘rsatilishi shart);
4. Agar bo‘lsa, savolga zarur bo‘lgan qo‘shimcha atributlar (foto, video yoki boshqa predmetlar);
5. Savol muallifining ism-familiyasi va qisqacha ma’lumot;
6. Muallifning yashash manzili;
7. Muallifning telefon raqami;
8. Muallifning fotosurati.

Savollaringizni quyidagi 2 xil usulda yuborishingiz mumkin:

Toshkent shahri, Mirobod tumani, Sayid Baraka ko‘chasi, 21-uy manziliga xat yuborish orqali. Konvert ustiga "Zakovat" ko'rsatuvi uchun" deb yozish esdan chiqmasin;

savol@zakovat.tv elektron manziliga internet orqali.

Hurmatli savol mualliflari!

Teleo‘yin uchun har kuni yuzlab, har oyda minglab savollar yuborilishi tufayli savollarni ko‘rib chiquvchi muharrirlar guruhi (tahririyat) har bir savolning muallifiga savoli o‘yin uchun olingani yoki olinmagani to‘g‘risida alohida xabar bera olmaydi va tahririyat tomonidan bunday majburiyat olinmagan.

Tahririyat o‘yin uchun qaysi savolni tanlab olishni mustaqil hal qiladi va savol mualliflariga savoli nega olinmagani bo‘yicha izoh bermaydi.

Tahririyat tomonidan qaysidir savol tanlab olingan taqdirda, ushbu savol teleo‘yinda o‘ynalganidan keyingina uning muallifiga aloqaga chiqiladi.

Hurmatli savol mualliflari!

Sizdan savolingiz o‘yin uchun olingani yoki olinmagani haqida ma’lumot olishni so‘rab turli ijtimoiy tarmoqlarimizga yoki telefon raqamimizga murojaat bilan chiqmaslikni so‘raymiz. “Zakovat intellektual klubi” NNT yoki tahririyat tomonidan bunday murojaatlarga javob yoki izohlar berilmaydi.

Savollaringizni kutamiz! Unutmang, Sizning savollaringiz “Zakovat”ning eng asosiy ustunidir!

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
13.3K views07:21
Ochish/sharhlash
2023-10-30 16:33:10
Faol “Zakovat” koordinatorlari taqdirlandi!

Kechagi turnir yakunida o‘rta-maxsus va professional ta’lim muassasalarida “Zakovat” klubi faoliyatini yo‘lga qo‘yganligi, har hafta “Zakovat” to‘garaklarini namunali tarzda o‘tkazayotgani, “Zakovat intellektual klubi” nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan o‘tkazilayotgan ko‘plab musobaqalarni, jumladan O‘quvchilar ligasini tumanlarda tashkil qilishda yaqindan yordam berayotganligi va “Zakovat” intellektual o‘yinini aholi orasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirishda qo‘shayotgan hissasi uchun quyidagi faol “Zakovat” koordinatorlari planshetlar bilan taqdirlandi:

1. Salamat Kadirimbetov – O‘zbekston Respublikasi IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi Qoraqalpoq tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi;
2. Husniddin Najmiddinov – Paxtaobod tumani Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi Tarix fani o‘qituvchisi;
3. Baxtiyor Hamidov – IIV Buxoro akademik litseyi Tarix fani o‘qituvchisi;
4. G‘iyos Boymirzayev – Yangiobod kasb-hunar maktabi uslubchisi;
5. Ahror Tursunov – Qo‘qon DPI qoshidagi Akademik litseyi Tarix fani o‘qituvchisi;
6. Yo‘ldoshali Isaqov – IIV Farg‘ona akademik litseyi Tarix fani o‘qituvchisi;
7. Dilshod Murtozoyev – Navoiy viloyati yuridik texnikumi direktor o‘rinbosari;
8. Nasibulla Yorqulov – QarMII akademik litseyi Tarix fani o‘qituvchisi;
9. Yanvar Eshqulov – Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumi Yoshlar masalalari bo’yicha direktor o‘rinbosari;
10. Jasur Javinov – Qo‘shrabot tumanida Volontyor Zakovat koordinatori;
11. Sherzod Yo‘ldoshev – Sirdaryo viloyati yuridik texnikumi Konstitutsiyaviy huquq fani o‘qituvchisi;
12. Azamat Qulliyev – IIV Surxondaryo Akademik litseyi tarix fani oʻqituvchisi;
13. Zufarbek Bekchanov – UrDU akademik litseyi tarix fani o‘qituvchisi;
14. Oltinoy Nasretdinova – Farg‘ona viloyati yuridik texnikumi Yoshlar bilan ishlash bo'yicha direktor o‘rinbosari.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
15.6K views13:33
Ochish/sharhlash
2023-10-22 15:55:45
Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” turniri respublika bosqichining yakuniy natijalari

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
19.5K views12:55
Ochish/sharhlash
2023-10-22 15:47:39
Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” turnirining respublika bosqichining 1-o‘rin sohibi - Pop tumanidagi 67-IDUM jamoasi

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
17.6K views12:47
Ochish/sharhlash
2023-10-22 15:40:04
Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” turnirining respublika bosqichining 2-o‘rin sohibi - G‘ijduvon tumanidagi 47-sonli maktab jamoasi

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
13.9K views12:40
Ochish/sharhlash
2023-10-19 13:30:23
Rubik kubini yig‘ish bo‘yicha O‘zbekiston chempionati uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!

Chempionatda qatnashish uchun dastlab www.worldcubeassociation.org saytida shaxsiy akkaunt yaratish (akkaunt mavjud bo‘lsa, bu talab etilmaydi) va ushbu sayt orqali O‘zbekiston chempionati uchun ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.

Musobaqa ishtirokchilari soni cheklangani sababli tezroq ro‘yxatdan o‘tish tavsiya etiladi.

Bu muhim: Ro‘yxatdan o‘tishda e'tibor berilishi lozim bo‘lgan muhim jihatlar bor. Shu tufayli ro‘yxatdan o‘tish jarayonida xatolikka yo‘l qo‘ymaslik va musobaqadan chetda qolmaslik uchun ro‘yxatdan o‘tish yo‘riqnomasi bilan yaxshilab tanishib chiqish tavsiya etiladi. Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha yo‘riqnoma bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

Chempionatda ro‘yxatdan o‘tish muddati 31-oktabrgacha.

Eslatib o‘tamiz, musobaqa shu yilning 3-5-noyabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
12.7K views10:30
Ochish/sharhlash
2023-10-18 10:33:46
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” turnirining respublika bosqichidan 2-videorolik

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
12.8K views07:33
Ochish/sharhlash