Get Mystery Box with random crypto!

Firibgarlardan ehtiyot bo‘ling! Ba’zi “Zakovat” muxlislarinin | Zakovat intellektual klubi

Firibgarlardan ehtiyot bo‘ling!

Ba’zi “Zakovat” muxlislarining ma’lum qilishicha, so‘nggi vaqtlarda internetdan ularga “Zakovat” viktorinasida qatnashib, 30 million so‘m pul yutib olish taklifi kelib tushgan hamda yutuq pulini olish uchun “Zakovat” logosi o‘rnatilgan soxta saytda plastik karta ma’lumotlarini kiritish so‘ralgan.

Bu hech shubhasiz, firibgarlikdir.

“Zakovat intellektual klubi” NNT fuqarolarni internetdagi turli shubhali viktorina va musobaqalarda ishtirok etmaslikka, plastik karta ma’lumotlarini saytlarga kiritmaslikka va begona shaxslarga bermaslikka chaqiradi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok