Get Mystery Box with random crypto!

Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan “Zakovat” turniri bo‘ | Zakovat intellektual klubi

Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan “Zakovat” turniri bo‘lib o‘tadi!

2024-yil 10-yanvar kuni Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, Ichki ishlar vazirligi va “Zakovat intellektual klubi” NNT hamkorligida Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan “Zakovat” turniri o‘tkaziladi.

Turnirda O‘zbekiston Respublikasining harbiy va harbiylashtirilgan vazirlik va idoralari hamda ularning tizimidagi oliy ta’lim muassasalari xodimlari hamda kursantlaridan tuzilgan ko‘ngilli jamoalar ishtirok etishi mumkin. Jamoalar tarkibi 6 ta kishidan iborat bo‘ladi.

Turnirda ishtirok etmoqchi bo‘lgan jamoalar o‘z tarkibini turnir nizomida keltirilgan namunaga muvofiq zakovat@exat.uz manziliga jo‘natishi hamda jamoa tarkibini zakovatklubi.uz saytidan ro‘yxatdan o‘tkazishi lozim.

Turnir 3 ta turdan iborat va unda jami 36 ta savol o‘ynaladi.

Turnirda g‘olib bo‘lgan jamoalar smart televizorlar bilan taqdirlanadi!

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok