Get Mystery Box with random crypto!

”Zakovat”ga savol yo‘llang va 100 mln so‘m qo‘lga kiriting! H | Zakovat intellektual klubi

”Zakovat”ga savol yo‘llang va 100 mln so‘m qo‘lga kiriting!

Hurmatli teletomoshabinlar!

“Zakovat” intellektual ko‘rsatuviga savol yo‘llab, katta miqdordagi pul mukofotlarini yutib oling!

2023-yilgi o‘yinlarda savol yo‘llagan hamda bilimdonlar ustidan g‘alaba qozongan teletomoshabinlar quyidagicha rag‘batlantiriladi:

Mavsum o‘yinlarida (mavsum finallari va yil finalidan tashqari):

1-ochko uchun — 1 mln so‘m;
2-ochko uchun — 2 mln so‘m;
3-ochko uchun — 3 mln so‘m;
4-ochko uchun — 4 mln so‘m;
5-ochko uchun — 5 mln so‘m;
6-ochko uchun — 6 mln so‘m.

Mavsum finallari va yil finalida
bilimdonlar tomonidan topilmagan har bir savol uchun savol mualliflari yuqoridagi pul mukofotlarining ikki baravari miqdorida rag‘batlantiriladi.

Eng yaxshi savol mualliflari quyidagicha rag‘batlantiriladi:

Oddiy o‘yinlardagi eng yaxshi savol muallifi uchun — 10 mln so‘m;

Mavsum finallaridagi eng yaxshi savol muallifi uchun — 50 mln so‘m.

Agar savolingiz yil finalida eng yaxshi savol deb topilsa, unda 100 mln so‘m pul mukofoti beriladi.

Savol yo’llaganda quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak:

1. Savol matni;
2. Javob matni va javobga izoh (ko‘pchilik negadir javobini ko‘rsatmaydi);
3. Savol manbasi (qaysi kitob yoki qaysi manbadan olingani aniq ko‘rsatilishi shart);
4. Agar bo‘lsa, savolga zarur bo‘lgan qo‘shimcha atributlar (foto, video yoki boshqa predmetlar);
5. Savol muallifining ism-familiyasi va qisqacha ma’lumot;
6. Muallifning yashash manzili;
7. Muallifning telefon raqami;
8. Muallifning fotosurati.

Savollaringizni quyidagi 2 xil usulda yuborishingiz mumkin:

Toshkent shahri, Mirobod tumani, Sayid Baraka ko‘chasi, 21-uy manziliga xat yuborish orqali. Konvert ustiga "Zakovat" ko'rsatuvi uchun" deb yozish esdan chiqmasin;

savol@zakovat.tv elektron manziliga internet orqali.

Hurmatli savol mualliflari!

Teleo‘yin uchun har kuni yuzlab, har oyda minglab savollar yuborilishi tufayli savollarni ko‘rib chiquvchi muharrirlar guruhi (tahririyat) har bir savolning muallifiga savoli o‘yin uchun olingani yoki olinmagani to‘g‘risida alohida xabar bera olmaydi va tahririyat tomonidan bunday majburiyat olinmagan.

Tahririyat o‘yin uchun qaysi savolni tanlab olishni mustaqil hal qiladi va savol mualliflariga savoli nega olinmagani bo‘yicha izoh bermaydi.

Tahririyat tomonidan qaysidir savol tanlab olingan taqdirda, ushbu savol teleo‘yinda o‘ynalganidan keyingina uning muallifiga aloqaga chiqiladi.

Hurmatli savol mualliflari!

Sizdan savolingiz o‘yin uchun olingani yoki olinmagani haqida ma’lumot olishni so‘rab turli ijtimoiy tarmoqlarimizga yoki telefon raqamimizga murojaat bilan chiqmaslikni so‘raymiz. “Zakovat intellektual klubi” NNT yoki tahririyat tomonidan bunday murojaatlarga javob yoki izohlar berilmaydi.

Savollaringizni kutamiz! Unutmang, Sizning savollaringiz “Zakovat”ning eng asosiy ustunidir!

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok