Get Mystery Box with random crypto!

Zakovat intellektual klubi

Telegram kanalining logotibi zakovat — Zakovat intellektual klubi Z
Telegram kanalining logotibi zakovat — Zakovat intellektual klubi
Kanal manzili: @zakovat
Toifalar: Taʼlim , Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 38.56K
Kanalning ta’rifi

RASMIY KANAL. "Zakovat" Intellektual klubiga oid yangiliklar, qiziqarli savollar, turli tanlovlar oʻtkazishga moʻljallangan.
Barcha videolar:
youtube.com/c/ZAKOVATTV
Sayt: zakovatklubi.uz

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 120

2022-02-25 19:39:42 -raund. Savol muallifi - Joʻrabek Mengliboyev, Termiz shahri.

Boshlovchi:
Zilzilalar tarixiga nazar solinsa, eng qattiq zilzilalardan biri 22-may 1960-yilda roʻy bergan ekan. 9.5 ball yer qimirlashi kuzatilgan. Bu zilzila 2 yildan keyin bu davlatda oʻtishi kutilayotgan yirik bir tadbirni shubha ostiga qoldiradi.

Diqqat savol: Zilzila qaysi davlatda boʻlib oʻtgan?

@zakovat
13.6K views16:39
Ochish/sharhlash
2022-02-25 19:36:17 Javobni Navroʻz Xoʻjayev beradi: Qovunni teng ikkiga boʻlgan, lekin qovun urugʻi 3 qator boʻladi. O‘rtadan bo‘lganda bir tomonda 2 ta, ikkinchi tomonda 1 ta qolgan. Demak, uni teng boʻlishning iloji yoʻq.

To‘g‘ri javob: Qovunning soyada qolib ketgan tomonini teng ikkiga boʻlishi kerak ekanligini aytgan qozi. Savdogar esa qovunning quyosh tushgan tomonini alohida, soyada qolgan tomonini alohida boʻlgan. Bu orqali qozi yigitning adolatli boʻlishiga shubha qilgan va yana uylanishiga ruxsat bermagan.

Hisob: -

Savol muallifi Malohat Bozorova 1 million so‘m pul mukofotini qo‘lga kiritdi.

@zakovat
14.2K views16:36
Ochish/sharhlash
2022-02-22 13:16:29
Juma soat 21:30 da "Milliy" telekanalida Azamat Matkarimov jamoasi 2022-yilning qishki mavsumi final o‘yinida ishtirok etadi.

Shuningdek, muxlislarga qulaylik yaratish maqsadida Juma soat 21:30 dan boshlab @zakovat Telegram kanalida ovozli hamda matnli translyatsiya ham tashkil etiladi. Savollarni birgalikda muhokama qilishingiz mumkin.

Qishki mavsum oldingi o‘yinlarini o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz, quyidagi havolalar orqali Youtube kanalimizda ushbu o‘yinlarni tomosha qilishingiz mumkin:

1. Zafar Rahimov jamoasi o‘yini;
2. Madina Mirzaraxmatova jamoasi o‘yini;
3. Farrux Rafiqov jamoasi o‘yini;
4. Azamat Matkarimov jamoasi o‘yini;
5. Jobir Ahmedov jamoasi o‘yini.

Muxlislar va bilimdonlar o‘rtasidagi shiddatli intellektual bahslarni o‘tkazib yubormang.

@zakovat
15.4K views10:16
Ochish/sharhlash
2022-02-22 09:06:51 «Заковат» клуби «Что? Где? Когда?» телевизион дастурининг лицензиясини харид қилди

Кўпчиликка маълумки, Россия Федерациясининг «Что? Где? Когда?» теледастури 1975 йилдан буён эфирга узатилиб келинади ҳамда кўплаб давлатларда ўзининг миллионлаб мухлисларига эга. Эътиборли томони, «Что? Где? Когда?» дастурининг хориждаги илк аналоги айнан Ўзбекистонда дунё юзини кўрган ҳамда «Заковат» интеллектуал кўрсатуви 2001 йил 25 март санасидан бошлаб 21 йилдан буён доимий эфирга узатилмоқда.

Ўтган давр мобайнида «Заковат» клуби россиялик ҳамкасблари билан доимий алоқада бўлиб келган, аммо молиявий имкониятлар йўқлиги сабабли расмий лицензия шартномаси тузишнинг имкони бўлмаган эди.

2022 йил 20 январь куни «Заковат» интеллектуал ўйинини аҳоли ўртасида оммавий-маърифий ҳаракатга айлантиришга оид Президент қарори қабул қилиниши натижасида интеллектуал клуб фаолияти янги босқичга кўтарилаётганини алоҳида таъкидлаш зарур.

Жумладан, қарор ижросини таъминлаш мақсадида «Заковат» интеллектуал клуби» нодавлат нотижорат ташкилоти ҳамда «Что? Где? Когда?» теледастурининг муаллифлик ҳуқуқи эгаси бўлган Россиянинг «Продюссерский центр «Игра-ТВ» МЧЖ ўртасида шартнома имзоланди.
Мазкур шартнома «Что? Где? Когда?» теледастурининг сценарийсидан фойдаланиш ҳуқуқи, шунингдек иккала томонларнинг келгусидаги ўзаро ҳамкорлигини ўз ичига олади.

Шартнома асосида «Что? Где? Когда?» теледастурининг бир гуруҳ ижодкорлари Тошкент шаҳрига ташриф буюришди.
Телекомпаниянинг лицензия масалалари бўйича ижрочи директори Наталия Кузнецова, теледастур режиссёри Андрей Лысенко, техник директор Алексей Ветюгов ҳамда муҳаррир Дарья Ивашкевичдан иборат делегация «Заковат» кўрсатувининг суратга олиш жараёнларида иштирок этди, иш жараёнлари билан яқиндан танишди, ўзларининг маслаҳат ва тавсиялари билан ўртоқлашди.

Шундай қилиб, 2022 йилнинг баҳорги мавсумидан бошлаб «Заковат» кўрсатуви «Что? Где? Когда?» теледастури лицензияси асосида эфирга кетишни бошлайди.


@zakovat
169.7K viewsedited  06:06
Ochish/sharhlash
2022-02-18 20:45:23 Live stream finished (1 hour)
17:45
Ochish/sharhlash
2022-02-18 20:45:06 ”Zakovat”ga savol yo‘llang va 100 mln so‘m qo‘lga kiriting!

Hurmatli teletomoshabinlar!

Endi “Zakovat” intellektual ko‘rsatuviga savol yo‘llab, katta pul mukofotlari yutib olishingiz mumkin.

2022-yilgi mavsumda savol yo‘llagan hamda bilimdonlar ustidan g‘alaba qozongan teletomoshabinlar quyidagicha rag‘batlantiriladi:

Barcha o‘yinlarda (yil finalidan tashqari):

1-ochko uchun — 1 mln so‘m;
2-ochko uchun — 2 mln so‘m;
3-ochko uchun — 3 mln so‘m;
4-ochko uchun — 4 mln so‘m;
5-ochko uchun — 5 mln so‘m;
6-ochko uchun — 6 mln so‘m.

Oddiy o‘yinlardagi eng yaxshi savol muallifi uchun — 5 mln so‘m.

Mavsum finallaridagi eng yaxshi savol muallifi uchun — 25 mln so‘m.

Agar savolingiz yil finalida eng yaxshi savol deb topilsa, unda 100 mln so‘m pul mukofoti beriladi.

Savol yo’llaganda quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak:

1. Savol matni;
2. Javob matni (ko‘pchilik negadir javobini ko‘rsatmaydi);
3. Savol manbasi (qaysi kitob yoki qaysi manbadan olingani aniq ko‘rsatilishi shart);
4. Agar bo‘lsa, savolga zarur bo‘lgan qo‘shimcha atributlar (foto, video yoki boshqa predmetlar);
5. Savol muallifining ism-familiyasi va qisqacha ma’lumot;
6. Muallifning yashash manzili;
7. Muallifning telefon raqami;
8. Muallifning fotosurati.

Savollaringizni quyidagi 2 xil usulda yuborishingiz mumkin:

Toshkent shahri, Mirobod tumani, Sayid Baraka ko‘chasi, 21-uy manziliga xat yuborish orqali. Konvert ustiga "Zakovat" ko'rsatuvi uchun" deb yozish esdan chiqmasin;

savol@zakovat.tv elektron manziliga internet orqali.

Savollaringizni kutamiz! Unutmang, Sizlarning savollaringiz “Zakovat”ning eng asosiy ustunidir!


@zakovat
9.0K views17:45
Ochish/sharhlash
2022-02-18 20:44:38 Eng yaxshi savol muallifi - Bahriddin Nazarov "Svetofor" haqidagi savoli uchun 5 mln so‘m pul mukofotiga ega boʻldi.

O‘yinning eng faol bilimdoni - Xushnudbek Xudoyberdiyev 5 mln so‘m pul mukofotini qo‘lga kiritdi.

@zakovat
10.3K views17:44
Ochish/sharhlash
2022-02-18 20:42:00 Javobni Xushnudbek Xudoyberdiyev beradi: Ikkita variant bor. Oʻsha paytda skripkani faqat erkaklar chalgan boʻlishi mumkin, yonida turgan. ikkinchisi, bizda ayollarni tugmasi farqlangani kabi oʻsha paytda ayollar chap qoʻl bilan chalish kerak boʻlgandir, bu yerda oʻng bilan chalib turibdi. Oʻshanchun buni yigit deb oʻylashgandir. Demak, oʻsha paytda musiqa asboblari ikkiga boʻlingan: ayollar va erkaklarniki. Erkaklarniki oʻng tomondan chalinadigan, ayollarniki chap tomondan. Bu yerda oʻng tomondan chalinadigan musiqa asbobi turibdi. Balkim, shuning uchundir.

To‘g‘ri javob: XVI-XVII asrlargacha ud sozini faqat erkaklar chalgan. Oʻsha davr tarixini yaxshi biladigan sanʼatshunoslar suratdagi qiz bola emas, yigit deb atashiga sabab shu.

Hisob: -

Savol muallifi Samobek Ibragimov 6 million so‘m pul mukofotini qo‘lga kiritdi.

@zakovat
11.1K views17:42
Ochish/sharhlash
2022-02-18 20:38:59
-raund. Savol muallifi - Samobek Ibragimov, Urganch shahri.

Boshlovchi:
Karavadjo qalamiga mansub surat. Suratning nomi "Ud chalayotgan qiz" deb nomlangan. Bu surat 1596-yilda chizilgan. Lekin oʻsha davr tarixini biladigan sanʼatshunoslar suratdagi qiz bola emas, yigit deb taʼriflashadi.

Diqqat savol: Qanday sabab tufayli uni yigit deb qarashgan? Sababini ayting.

@zakovat
10.4K views17:38
Ochish/sharhlash
2022-02-18 20:38:10 Jamoa “Bor baraka” o‘yinini o‘ynaydi.

O‘yin qoidasi: Jamoada bir ishtirokchi qoladi. Jamoa savolga to‘g‘ri javob bersa 6-0 hisobida g‘alaba qozonadi, aks holda esa 0-6 hisobida yutqazadi.

O‘yinda jamoadan Xushnudbek Xudoyberdiyev qoladi!

@zakovat
9.8K views17:38
Ochish/sharhlash